Xolibekova Omongul Kenjaboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida zoonim va fitonim komponentli frazeologik birliklarning semantik-struktur, lingvomadaniy tadqiqi”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1388.
Ilmiy rahbar: Murodova Nigora Kullievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xolmatova Vazira Narzullaeva, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida zoonim va fitonim komponentli frazeologizmlarning semantik xususiyatlari, struktural tarkibi va milliy-madaniy o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
zoonim va fitonim komponentli frazeologik birliklarning leksik-semantik maqomini aniqlash mezonlari ularning tuzilishi, semantikasi kabi o‘zaro farqlovchi xususiyatlar tarkibini aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillar kesimida zoonim va fitonim komponentli frazeologik birliklarning semantik xususiyatlari va konnotativ-baho munosabatlari ochib berilib, ular semantik-tematik tasnifiga ko‘ra turlicha bo‘lishi aniqlangan;
zoonim va fitonim komponentli frazeologik birliklarning struktural tarkibi ochib berilib, ularning so‘z birikmasiga, sodda va qo‘shma gapga teng turlarini morfologik hamda komponent tahlilga tortish orqali mushtarak va farqli jihatlari borligi dalillangan;
kontekstlar asosida ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llaniladigan zoonim va fitonim komponentli frazeologik birliklarning lingvopragmatik xususiyatlari asoslanib, ulardagi obrazlilikning milliy-lisoniy omillari isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida zoonim va fitonim komponentli frazeologik birliklarining semantik-struktur xususiyatlarini qiyosiy jihatdan tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
zoonim va fitonim komponentli frazeologik birliklarning leksik-semantik maqomini aniqlash mezonlari, ularning tuzilishi, semantikasi kabi o‘zaro farqlovchi xususiyatlar tarkibini aniqlashtirish asosida olingan xulosalardan «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish» mavzusidagi FA - F - 1-005 fundamental tadqiqot loyihasida o‘z ifodasini topdi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi 2021 yil 20 oktyabrdagi 17-01-283-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental` loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda fol`klor asarlarining til xususiyatlarini o‘rganishga oid olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillar kesimida zoonim va fitonim komponentli frazeologik birliklarning semantik xususiyatlari va konnotativ-baho munosabatlari yoritilgan hamda semantik-tematik tasnifiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linishi aniqlanganligi haqida fikrlardan Evropa Ittifoqining Tempus dasturi 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” nomli xalqaro tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat 
chet tillar institutining 2021 yil 12 noyabrdagi 2877/30.02.01-son
ma’lumotnomasi). Natijada, chog‘ishtirilayotgan tillar kesimida zoonim va fitonim komponentli frazeologik birliklarning semantik xususiyatlari va konnotativ-baho munosabatlari tillararo muloqot madaniyatini shakllantirish kompetensiyalarini rivojlantirishda, loyiha treninglari uchun mo‘ljallangan maqsadli ishchi dastur va dars ishlanmalarini shakllantirishda nazariy asos bo‘lgan; 
kontekstlar asosida ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llaniladigan zoonim va fitonim komponentli frazeologik birliklarning lingvopragmatik xususiyatlari asoslangan hamda ulardagi obrazlilikning milliy-lisoniy omillari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy tahlillardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 29 oktyabrdagi 04-25/1691-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning ikki xalq madaniyati haqidagi bilimlari oshishiga erishilgan. 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish