Xakimov Shaxruz Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moy ishlab chiqarishda paxta chigitiga dastlabki ishlov berishni takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3452.
Ilmiy rahbar: Majidov Kaxramon Xalimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor; Ro‘ziboev Akbarali Tursunovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: moy ishlab chiqarishda yuqori qoldiq tukli paxta chigitiga dastlabki ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish va ishlab chiqariladigan mahsulotni sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
past navli va yuqori qoldiq tukli paxta chigitlarining kimyoviy tarkibi va xususiyatlari aniqlangan;
yuqori qoldiq tukli paxta chigitlariga infraqizil nuri ta’sirida ishlov berish usuli xomashyoning fizik-kimyoviy xossalariga ta’sir ko‘rsatmay, urug‘ning qoldiq tuklilik darajasini pasaytirishi, paxta chigitlaridan moy chiqishini qisman (2-3% ga) oshirishi ilmiy asoslanib, infraqizil nuri bilan ishlov berishning maqbul davomiyligi xomashyoni 80-850S haroratda isitishda 30-45 sekundga tengligi aniqlangan;
past navli va yuqori qoldiq tukli paxta chigitlariga dastlabki ishlov berishda ularga infraqizil nuri ta’sir etishning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
xomashyoga va xom o‘simlik moylariga dastlabki elektrofizik ishlov berish usullaridan foydalanishning yangi ilmiy asoslangan texnologiyalari ishlab chiqilgan;
rafinasiyalangan paxta moyining sifat va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini shakllantirish uchun elektromagnit ishlov berish usullarini tanlashda yangi ilmiy asoslangan yondashuv ishlab chiqilgan;
tozalangan paxta moyi sifat va tarkib ko‘rsatkichlarini xomashyoga elektrofizik ishlov berish usullariga bog‘liqligi aniqlangan;
elektromagnit maydoni kuchlanganlik ko‘rsatkichini rafinasiyalanadigan paxta moyining sifat va fizik-kimyoviy xossalariga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moy ishlab chiqarishda paxta chigitiga dastlabki ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
past navli va nostandart paxta chigitlarini tuklilik darajasini kamaytirish maqsadida xomashyoga infraqizil nurlar bilan ishlov berish usuli “Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi” AJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zpaxtayog‘” AJning 2018 yil 3 maydagi MS/2-1132-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik moyi ishlab chiqarishning hajmini 1-3% ga oshirish, moyli urug‘larni tuklilik miqdori dastlabki ko‘rsatkichga nisbatan 30-50% ga kamaytirilib, xomashyo sarfini 10-15% ga, energiya sarfini 17-25% ga kamaytirish imkonini bergan;
tukliligi kamaytirilgan chigitlardan olingan moylarni rafinasiyalash texnologiyasida ishqor eritmalarini elektromagnit maydoni kuchlanganligi ta’sirida ishlov berish texnologiyasi “Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi” AJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zpaxtayog‘” AJning 2018 yil 3 maydagi MS/2-1132-son ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonni davomiyligini kamaytirish, rafinasiyalash texnologiyasida natriy ishqori eritmasining sarfini 15-25 %ga kamaytirish imkonini bergan.