Choriyeva Madina Aliyevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarida falsafiy ta’limotlar tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal808.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Husenova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08. 
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Maxmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abulqosim Firdavsiy falsafiy ta’limotining asosiy g‘oyalarini “Shohnoma” dostoni asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Firdavsiyning musulmon Sharqi falsafiy ta’limoti tarixida tutgan o‘rni va roli nazariy va uslubiy jihatdan aniqlanib, Abulqosim Firdavsiy falsafiy qarashlari shakllanishining tarixiy-siyosiy shart-sharoitlardagi ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotda o‘zining kimligini anglash va shonli tarixni tiklashga intilish kabi umumiy va dinni ideallashtirmaslik, Vatanini yuksaltirish, xalqi tarixini ommalashtirish kabi farqli jihatlari ochib berilgan;
“Shohnoma”da keltirilgan falsafiy va diniy e’tiqodlarning qadimiy afsonaviy e’tiqodlarda ilgari surilgan xalqning ko‘p asrlik tarixi, urf-odat va an’analari, qahramonlik ruhi, voqea va hodisalari bilan qayta tiklashdagi roli, diniy ta’limotlarning aql-zakovat, mehr-oqibat, xayrixohlik, kabi eng yaxshi fazilatlarni ulug‘lash, badxulqlikni qoralashga oid talqini asoslab berilgan;
Abulqosim Firdavsiyning ijodi, hayoti va faoliyati davridagi real voqealar orqali ta’limotining tuzilishi konsepsiyasi aql, ezgulik, antropologik va ijtimoiy g‘oyalarining vatanni ulug‘lash, millat farzandlarini vasf etish, markazlashgan davlat qurishga chaqirish, mehnatni tarannum etib, adolatsizlik, munofiqlikni qoralash tamoyillarining ahamiyati “Abulqosim Firdavsiy falsafasida uch asosiy g‘oya” tushunchasi asosida aniqlashtirilgan;
“Shohnoma” dostoni asosini tashkil etuvchi axloqiy ideallarning bugungi kunda odil fuqaro, insonparvar va vatanparvar fazilatli komil insonni tarbiyalashdagi roli aniqlanib, ushbu qadriyatlarning hozirgi Uchinchi renessans sharoitida jamiyatda estetik prinsiplarni targ‘ib qilishda tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirish, kambag‘allik va savodsizlikni tugatishda muhim omil bo‘lishi sababli dolzarb ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asaridagi falsafiy ta’limotlar tahlili mavzusini tadqiq etish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Firdavsiyning musulmon Sharqi falsafiy ta’limoti tarixida tutgan o‘rni va roli nazariy va uslubiy jihatdan aniqlanib, Abulqosim Firdavsiy falsafiy qarashlari shakllanishining tarixiy-siyosiy shart-sharoitlardagi ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotda o‘zining kimligini anglash va shonli tarixni tiklashga intilish kabi umumiy va dinni ideallashtirmaslik, Vatanini yuksaltirish, xalqi tarixini ommalashtirish kabi farqli jihatlariga oid nazariy xulosa va umumlashmalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Ustavining 2022-yil 20-maydagi 278-son “d” bandida belgilangan asosiy maqsadlarni ishlab chiqishda foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 26 dekabrdagi 01-13/4496-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy tadqiqot asosida olingan ilmiy ma’lumotlar va ularning tahlili natijalaridan resurs mahsulotlarini nashr ettirish, ularni ommaviy axborot vositalari va global internet axborot tarmog‘ida keng targ‘ib etishda foydalanilgan;
“Shohnoma”da keltirilgan falsafiy va diniy e’tiqodlarning qadimiy afsonaviy e’tiqodlarda ilgari surilgan xalqning ko‘p asrlik tarixi, urf-odat va an’analari, qahramonlik ruhi, voqea va hodisalari bilan qayta tiklashdagi roli, diniy ta’limotlarning aql-zakovat, mehr-oqibat, xayrixohlik, kabi eng yaxshi fazilatlarni ulug‘lash, badxulqlikni qoralashga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106-sonli “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2021-2022 yy) mavzuidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 28-yanvardagi 04\11-401-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini yanada takomillashtirishga hamda Abulqosim Firdavsiyning hayoti va ma’naviy merosiga bo‘lgan qiziqishini ortishiga, yoshlarning ma’rifiy-madaniy va ilmiy salohiyatini oshirishga hamda dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan. 
Abulqosim Firdavsiyning ijodi, hayoti va faoliyati davridagi real voqealar orqali ta’limotining tuzilishi konsepsiyasi aql, ezgulik, antropologik va ijtimoiy g‘oyalarining vatanni ulug‘lash, millat farzandlarini vasf etish, markazlashgan davlat qurishga chaqirish, mehnatni tarannum etib, adolatsizlik, munofiqlikni qoralash tamoyillarining ahamiyati «Abulqosim Firdavsiy falsafasida uch asosiy g‘oya» tushunchasi asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respyblikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, bibliografik to‘plamlar, kataloglar, kitob-albomlar, axborot byulletenlarida nashr etish, ommaviy axborot vositalari va internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritishga qaratilgan faoliyatida foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 2 fevraldagi 02/43-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida keltirilgan beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha yoshlarga oid davlat siyosatining, shuningdek, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!” shiori ostida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va islohotlar keng jamoatchilikka mazmun-mohiyatini ochib berish imkonini bergan;
“Shohnoma” dostoni asosini tashkil etuvchi axloqiy ideallarning bugungi kunda odil fuqaro, insonparvar va vatanparvar fazilatli komil insonni tarbiyalashdagi roli aniqlanib, ushbu qadriyatlarning hozirgi Uchinchi renessans sharoitida jamiyatda estetik prinsiplarni targ‘ib qilishda tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirish, kambag‘allik va savodsizlikni tugatishda muhim omil bo‘lishiga doir xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida efirga uzatilgan “Assalom, Buxoro”, “Ta’lim va taraqqiyot” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydanilgan. (Buxoro viloyat teleradiokompayasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 582-son ma’lumotnomasi). Natijada mutafakkir ta’limotidagi inson kamoloti g‘oyalari zamonaviy avlodni tarbiyalash, xalqimizning bebaho merosimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, Abulqosim Firdavsiy qarashlarini o‘rganishda yangicha ilmiy-ommabop yondashuvni shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish