Xusanova Xayriniso Tayirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashning konseptual asoslari va innovatsion tendensiyalari», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sostiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/S20. 
Ilmiy maslahatchi: Sodiqova Shoxida Marxabayevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Anvar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor; Hayitov Oybek Eshboyevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashda samaradorlik omillarini sotsiologik baholash orqali ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining ehtiyojmandlik darajasini Bartel shkalasi bo‘yicha aniqlash orqali sotsiologik baholash mezonlari (salomatlik, maishiy ijtimoiylashuv, ichki sub’ektiv zahiralarni faollashtirish, jamiyatdagi o‘rni, maqomi) ishlab chiqilgan;
jamiyat ijtimoiy tuzilmasida ehtiyojmand aholi qatlamlarining hayot faoliyatini tashkil etish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga yo‘naltirilgan davlat, nodavlat, xususiy sektor hamda mahalla faoliyatini muvofiqlashtirish asosida yagona ijtimoiy ekotizimni yo‘lga qo‘yilishi asoslantirilgan;
ehtiyojmand aholi qatlamlari uchun qulay sharoit yaratishda ularning ijtimoiy mehnatda band bo‘lganlariga barqaror daromad va tibbiy xizmatni kafolatlaydigan ijtimoiy shartnomalar tuzish imkoniyatlarining sotsiologik jihatlarini kengaytirish tizimining yaratilishi asoslangan; 
og‘ir sharoitli oilalarda latent muammolarni yakka tartibda aniqlab, ularda ijtimoiy faollikni mahallalarda shakllantirish orqali ijtimoiy sotsiologik tizimini (tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, bepul dori-darmon, statsionar sharoitda sog‘liqlari tiklanishi va tibbiy-ijtimoiy patronaj xizmatlari, sihatgoh va dam olish uylariga yo‘llanmalar ajratish) tashkil etilishi asoslangan;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining hayotiy ehtiyojlarini qondirishga hamda mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan milliy ijtimoiy sug‘urta xizmatlaridagi oilaviy ko‘mak, «manfaatli taklif» loyihalarini jamoatchilik nazorati asosida yo‘lga qo‘yilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashning konseptual asoslari va innovatsion tendensiyalarini tahlil qilish asosida:
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining ehtiyojmandlik darajasini Bartel shkalasi bo‘yicha aniqlash orqali sotsiologik baholash mezonlari (salomatlik, maishiy ijtimoiylashuv, ichki sub’ektiv zahiralarni faollashtirish, jamiyatdagi o‘rni, maqomi) ishlab chiqilganligiga oid taklifidan O‘zbekistonda ijtimoiy himoya mexanizmlarini takomillashtirish va kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha tayyorlangan axborot-tahliliy hujjatlarda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2023 yil 25 yanvardagi №04-1/47-sonli ma’lumotnomasi). Bunda, ijtimoiy nochor qatlamlarda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan moddiy yordamga passiv da’vogarlik va boqimandalik kayfiyatiga tushib qolishning oldini olish hamda ularni ijtimoiy faollikka rag‘batlantirishning asosiy yo‘nalishlari ochib berilgan; 
jamiyat ijtimoiy tuzilmasida ehtiyojmand aholi qatlamlarining hayot faoliyatini tashkil etish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga yo‘naltirilgan davlat, nodavlat, xususiy sektor hamda mahalla faoliyatini muvofiqlashtirish asosida yagona ijtimoiy ekotizimni yo‘lga qo‘yilishi asoslantirilganligiga oid takliflaridan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi «Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5667-sonli farmonining 2 bandidagi «aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirish» maqsadida Markaz tomonidan 2021 yil barcha viloyatlarda «O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash: mavjud holat, kutilmalar va istiqbollari» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovda ilk bor eksperimental tarzda foydalanildi. Natijada, aholini ijtimoiy himoyalash tizimini preventiv pozisiya va differensiallashgan protseduralar asosida sotsiologik baholash orqali ushbu tizimni yanada takomillashtirish imkonini bergan. Shuningdek, mazkur taklif 2021 yil 17 sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 575-sonli qarorining «Ijtimoiy-psixologik kuzatuvni tashkil etish» deb nomlangan 6-bobini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining 2022 yil 30 dekabrdagi 02-02-12/2243-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tashxis, psixologik-profilaktik, korreksiya, maslahat va reabilitatsiya ishlarini amalga oshirish hamda tibbiy-ijtimoiy-psixologik muammolarni tizimli aniqlash tartibini takomillashtirish imkonini bergan;
ehtiyojmand aholi qatlamlari uchun qulay sharoit yaratishda ularning ijtimoiy mehnatda band bo‘lganlariga barqaror daromad va tibbiy xizmatni kafolatlaydigan ijtimoiy shartnomalar tuzish imkoniyatlarining sotsiologik jihatlarini kengaytirish tizimining yaratilishi asoslanganligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining «Mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va shu orqali 2026 yil yakuniga qadar kambag‘allikni kamida 2 barobarga qisqartirish» deb nomlangan 311-bandi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy tadqiqot institutining 2023 yil 4 yanvardagi 01-09/1288-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan oilalar hamda shaxslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish tartibini takomillashtirishga xizmat qilgan.
og‘ir sharoitli oilalarda latent muammolarni yakka tartibda aniqlab, ularda ijtimoiy faollikni mahallalarda shakllantirish orqali ijtimoiy sotsiologik tizimini (tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, bepul dori-darmon, statsionar sharoitda sog‘liqlari tiklanishi va tibbiy-ijtimoiy patronaj xizmatlari, sihatgoh va dam olish uylariga yo‘llanmalar ajratish) tashkil etilishi asoslanganligiga oid xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi buyurtmasiga binoan 2021-2022 yillarda Toshkent shahar, Toshkent viloyati tuman (shahar) hokim o‘rinbosarlarini sohalar bo‘yicha malaka oshirish kurslarida amaliyot moduli (30 soat) shaklida malaka oshirish kurslarining o‘quv rejasiga kiritildi va yuqorida qayd etilgan rahbarlarning amaliy faoliyatiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining 2023 yil 7 fevraldagi №04-152-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatlar, tuman (shahar) hokim o‘rinbosarlarining mahallalarda «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ga kiritilgan toifalar bilan ishlash jarayonida latent muammolarni kompleks-tizimli aniqlab, ularga ijtimoiy ko‘mak va ijtimoiy xizmat birligi asosida ko‘rsatilayotgan yordamning kompensatorlik hamda stimulyatorlik ko‘rsatkichlarini muntazam baholab borishga xizmat qilgan; 
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining hayotiy ehtiyojlarini qondirishga hamda mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan milliy ijtimoiy sug‘urta xizmatlaridagi oilaviy ko‘mak, «manfaatli taklif» loyihalarini jamoatchilik nazorati asosida yo‘lga qo‘yilishi asoslantirilganligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bajarilgan «Zamonaviy chet ellik va o‘zbek yoshlarining oilaga qarashlarini qiyosiy tahlil qilish» mavzusidagi ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy tadqiqot institutining 2023 yil 4 yanvardagi 01-09/1288-sonli ma’lumotnomasi). Shuningdek, mazkur taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining «Mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va shu orqali 2026 yil yakuniga qadar kambag‘allikni kamida 2 barobarga qisqartirish» deb nomlangan 311-bandi hamda «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash» deb nomlangan 69-maqsadining «Ayollar daftari»ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish» deb nomlangan 254-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy tadqiqot institutining 2023 yil 4 yanvardagi 01-09/1288-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan oilalar hamda shaxslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish tartibini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish