Mullajonova Fotima Tuychibayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Harorat signallariga raqamli ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmuasini yaratish», 05.01.04–Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T686
Ilmiy rahbar: Zaynidinov Xakimjon Nasridinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamediyeva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor;
Kuchkorov Temurbek Ataxonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Harorat sensorlaridan olingan signallarni qayd qilish, veyvlet usullari yordamida raqamli ishlash, dastlabki tibbiy tashxis qo‘yish algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Dobeshi veyvleti yordamida inson tanasining bir nechta nuqtalariga o‘rnatilgan harorat sensorlaridan olingan signallarga raqamli ishlov berish algoritmi ishlab chiqilgan;
inson tanasining bir nechta nuqtasiga o‘rnatilgan harorat sensorlaridan olingan signallarga raqamli ishlov berish natijasida diagnostik parametrlar aniqlash algoritmi taklif etilgan;
inson tanasining bir nechta nuqtasiga o‘rnatilgan harorat sensorlaridan olingan signallarni qayd qilish va vizuallashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
inson tanasining bir nechta nuqtalariga o‘rnatilgan harorat sensorlaridan olingan signallarni qayd qilish, shovqindan tozalash va vizuallashtirish dasturlarini o‘zaro munosabatlarni tashkillashtirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiya doirasida inson tanasining bir nechta nuqtalariga o‘rnatilgan sensorlardan olingan signallarni monitoring qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida taklif etilgan apparat-dasturiy majmua asosida:
inson tanasining bir nechta nuqtalariga o‘rnatilgan sensorlardan olingan signallarga raqamli ishlov berishning veyvlet usullari, algoritmlari va apparat-dasturiy majmua «Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi»ga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 1-iyuldagi 08-19149 son ma’lumotnomasi). Natijada inson tanasining bir nechta nuqtalariga o‘rnatilgan sensorlardan olingan signallarni informativligi, aniqligi va ishonchliligini oshirdi, hamda xatoliklarni kamaytirilishiga olib keldi. Hisoblashga ketadigan vaqt 34% ga va hatolik 10-12% ga kamaydi, mehnat unumdorligi esa 20-25% ga oshish imkonini bergan;
inson tanasining bir nechta nuqtalariga o‘rnatilgan sensorlardan olingan signallarni monitoring qilish apparat-dasturiy majmua «Namangan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi»ga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022- yil 1-iyuldagi 08-19149 son ma’lumotnomasi). Natijada, insonning tana haroratini doimiy ravishda kuzatib borish, qon aylanish tizimining faoliyatini nazorat qilish, bezgak tutishi holatlarining oldini olish uchun erta tashxis qo‘yish, mehnat unumdorligini o‘rtacha 15-20% oshish imkonini bergan;
foydalanish uchun qulay, kichik o‘lchamli, ixcham (barcha sensorlar faqat bitta kabelga ulangan) apparat-dasturiy majmua «Respublika Ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali» ga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 1-iyuldagi 08-19149 son ma’lumotnomasi). Natijada shifokor va hamshiralar vaqtini tejash hisobiga mehnat unumdorligini oshishiga, bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatining 10-12% ga oshish imkonini bergan.