Sharipov Bobur Anvar O‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Kichik biznes sohasining iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini statistik baholash (Toshkent viloyati misolida)”, 08.00.06 - Ekonometrika va statistika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1687
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01. Rasmiy opponentlar: Mirzaev Imomnazar Kalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Baquyev Xusan Nuriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi, asosiy tendensiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillarni statistik usullardagi tahlilini amalga oshirish, ekonometrik modellarini tuzish hamda prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hududlardagi kichik biznes sohasida tashqi savdoning iqtisodiy rivojlanishi va uning samaradorligini baholovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimi doirasini kengaytirish maqsadida “tashqi savdoda nisbiy ustunlik”, “eksportga ixtisoslashuv”, “eksport diversifikatsiyasi” kabi indekslar taklif etilgan;
hududlardagi kichik biznes sohasi korxonalarining iqtisodiy rivojlanishi va demografik holatini statistik baholash maqsadida viloyatning tuman va shaharlari kesimida kichik korxona va mikrofirmalar faoliyatini tavsiflovchi integral ko‘rsatkichlar (“yashovchanlik darajasi”, “yaratilish”, “tugatish” hamda “sof yashovchanlik” koeffisientlari) ishlab chiqilgan;
iqtisodiyot tarmoqlari kesimida kichik biznes salohiyatini iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini aniqlash maqsadida kichik tadbirkorlik faoliyatini rivojlanish darajasi, ularga ta’sir qiluvchi omillar, mezonlar, tamoyillar hamda tashkiliy –iqtisodiy mexanizmlar kompleks statistik baholangan;
hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha ekonometrik modellarni tuzish asosida ko‘p variantli prognozlar (2022-2026 yy) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududiy tadbirkorlik faoliyatini statistik usullardagi tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlardagi kichik biznes sohasida tashqi savdoning iqtisodiy rivojlanishi va uning samaradorligini baholovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimi doirasini kengaytirish maqsadida “tashqi savdoda nisbiy ustunlik”, “eksportga ixtisoslashuv”, “eksport diversifikatsiyasi” kabi indekslar taklif etilgan ushbu ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Tashqi iqtisodiy faoliyati va savdo statistikasi boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023 yil 24 fevraldagi №01/1-04-18/2-44 –sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar hududiy statistika organlar tomonidan hududlarda kichik biznesda tashqi savdo statistikasini iqtisodiy indekslar usulidan foydalanib, statistik ko‘rsatkichlar tizimini ko‘p omilli tahlil qilish imkoniyatini oshirgan;
hududlardagi kichik biznes sohasi korxonalarining iqtisodiy rivojlanishi va demografik holatini statistik baholash maqsadida viloyatning tuman va shaharlari kesimida kichik korxona va mikrofirmalar faoliyatini tavsiflovchi integral ko‘rsatkichlar (“yashovchanlik darajasi”, “yaratilish”, “tugatish” hamda “sof yashovchanlik” koeffisientlari) ishlab chiqilgan bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023 yil
24 fevraldagi №01/1-04-18/2-44 –sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar natijasida hududlarda kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faollik darajasini, demografik holatini nisbiy va o‘rtacha o‘zgarishini Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasining press-relizlarida foydalanish hamda hududiy statistika organlar tomonidan amalga oshiriladigan statistik tahlil va baholash imkoniyatlarini kengaytirgan;
iqtisodiyot tarmoqlari kesimida kichik biznes salohiyatini iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini aniqlash maqsadida kichik tadbirkorlik faoliyatini rivojlanish darajasi, ularga ta’sir qiluvchi omillar, mezonlar, tamoyillar hamda tashkiliy –iqtisodiy mexanizmlar kompleks statistik baholangan bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi amaliy faoliyatiga (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023 yil 24 fevraldagi №01/1-04-18/2-44 –sonli ma’lumotnomasi) hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi amaliy faoliyatiga qo‘llash uchun tadbiq etilgan (Toshkent viloyati statistika boshqarmasining 2022 yil 2 fevraldagi №01/2-02-10/2-175 –sonli ma’lumotnomasi). Ushbu baholash hudud iqtisodiyoti va tarmoqlari tuzilmalariga kichik biznes sohasining ta’sirini kompleks statistik baholash hamda davriy oraliqlardagi statistik tebranish va o‘zgaruvchanliklarni aniqlash imkoniyatini kengaytirgan;
hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha ekonometrik modellarni tuzish asosida ko‘p variantli prognozlar (2022-2026 y) ishlab chiqilgan bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistika tadqiqotlari instituti o‘quv-ilmiy faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistika tadqiqotlari institutining 2021 yil 2 fevraldagi №01/1-01-15/2-31 –sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy takliflar viloyat va uning hududlarida kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy faoliyatini boshqarish bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarni asoslab berish imkonini kengaytirgan.