Achilov Uyg‘unjon Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimi muammolari va hal etish yo‘llari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt946.
Ilmiy rahbar: Mamatov Baxadir Safaraliyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jumayev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimidagi muammolarni bartaraf etish va pensiya tizimini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning daromadlarini inflyasiya darajasiga qarab indeksatsiyalab borish maqsadida yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdorini 12 foizga oshirish asoslangan;
yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilish taklif etilgan;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish, tizimning ijtimoiy adolatliligini saqlab qolish maqsadida nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdoridan past bo‘lgan nogironlik pensiyalari miqdorini 698 ming so‘mgacha yetkazish orqali nogironlik pensiyalari miqdorini nogironlik nafaqasi bilan tenglashtirish taklif etilgan;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqtni ish stajiga qo‘shib hisoblash va pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqishning maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pensiya ta’minoti tizimidagi muammolarni hal etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning daromadlarini inflyasiya darajasiga qarab indeksatsiyalab borish maqsadida yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdorini 12 foizga oshirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-son «Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 16-noyabrdagi 32/11370-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida pensionerlarning real daromadlari oshirilgan hamda ijtimoiy to‘lovlar miqdorining minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lmasligi ta’minlangan;
yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-apreldagi PQ-198-son «Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 16-noyabrdagi 32/11370-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu qo‘shimcha to‘lovlarni moliyalashtirish uchun 2022-yilda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (168,6 mlrd. so‘m) va respublika byudjetidan (42,6 mlrd. so‘m) jami 211,2 mlrd. so‘m miqdoridagi qo‘shimcha mablag‘larning ajratilishi pensionerlarning real daromadlarini oshirish va ijtimoiy himoyalanishini kuchaytirish imkoniyatini yaratgan;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish, tizimning ijtimoiy adolatliligini saqlab qolish maqsadida nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdoridan past bo‘lgan nogironlik pensiyalari miqdorini 698 ming so‘mgacha yetkazish orqali nogironlik pensiyalari miqdorini nogironlik nafaqasi bilan tenglashtirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 16-noyabrdagi 32/11370-son ma’lumotnomasi). Natijada, nogironlik pensiyasini oluvchi 133 ming shaxslarning pensiya miqdori o‘rtacha 29 foizga oshirilgan hamda mazkur chorani amalga oshirishga 2022-yilda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan qo‘shimcha 140 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar nogironligi bo‘lgan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqtni ish stajiga qo‘shib hisoblash va pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqishning maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktyabrdagi O‘RQ-795-son ««Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 16-noyabrdagi 32/11370-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1994-2022 yillarda mehnat qilgan 75 ming nafar nogironligi bor shaxslarning pensiyasiga o‘rtacha 300 ming so‘m qo‘shilishi evaziga ularning daromadlarini oshirish hamda mehnatini munosib qadrlash ta’minlangan.