Djalilov Dostonbek Abduazizovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekistonda potensial yalpi ichki mahsulotni ekonometrik tadqiq qilishning uslubiy asoslari” 08.00.06 - Ekonometrika va statistika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2161
Ilmiy rahbar: Nasretdinova Shaxnoza Saidakmalovna, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzayev Imomnazar Qalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamajonov Abrorali Ashiralievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Toshkent Moliya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda potensial yalpi ichki mahsulotni ekonometrik tadqiq etish va istiqbollarini o‘rta muddatli prognozllash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalqaro uslubiyotga asoslangan holda davriy tebranishlar qonuniyatlari bo‘yicha YAIMni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro aloqadorligini hisobga olib, milliy iqtisodiyot xususiyatlaridan kelib chiqib, potensial yalpi ichki mahsulotni uslubiy jihatdan hisoblashning ko‘rsatkichlar tizimi, usullari, tamoyillari, mezonlari va bosqichlari majmuaviy baholangan;
Kobb–Duglas ishlab chiqarish funksiyasini tuzish asosida ishlab chiqarish omillarini potensial darajasidan chetlanishini milliy iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulot uzilishiga ta’siri uslubiy jihatdan takomillashtirilib, omillarning potensial darajasidan chetlanishini inflyasiyaga ta’sirini baholash taklif qilingan;
ishlab chiqarishning neoklassik modelida texnologik rivojlanish sifatida tasniflangan yalpi omillar samaradorligi (ilmiy tadqiqot ishlarida band bo‘lganlar soni, chet el investisiyalari va kreditlari hajmi, axborot va aloqaga kiritilgan investisiyalar, iqtisodiy erkinlik indeksi)ni kompleks qo‘llash hisobiga milliy iqtisodiyotda potensial YAIMni barqaror o‘sishini ta’minlash hamda ko‘p omilli ekonometrik modellarini tuzish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
inersion, bazaviy va mobilizatsion ssenariy usullarini kompleks qo‘llash hisobiga istiqbolda potensial YAIMni o‘zgarish tendensiyalarini ekonometrik baholash maqsadida o‘rta muddatli (2023-2026 yy.) ko‘p variantli prognozlari tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun potensial YAIMni ekonometrik usullar bilan baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalqaro uslubiyotga asoslangan holda davriy tebranishlar qonuniyatlari bo‘yicha YAIMni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro aloqadorligini hisobga olib, milliy iqtisodiyot xususiyatlaridan kelib chiqib, potensial yalpi ichki mahsulotni uslubiy jihatdan hisoblashning ko‘rsatkichlar tizimi, usullari, tamoyillari, mezonlari va bosqichlari majmuaviy baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 30 dekabrdagi 02-21-3/10-6991-sonli ma’lumotnomasi).Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi potensial yalpi ichki mahsulotni kompleks statistik usullarda baholash va tahlil etish imkoniyatlarini oshirgan;
Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasini tuzish asosida ishlab chiqarish omillarini potensial darajasidan chetlanishini milliy iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulot uzilishiga ta’siri uslubiy jihatdan takomillashtirilib, omillarning potensial darajasidan chetlanishini inflyasiyaga ta’sirini baholash bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 30 dekabrdagi 02-21-3/10-6991-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi milliy iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulot o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik usullarda baholash imkoniyatini kengaytirgan;
ishlab chiqarishning neoklassik modelida texnologik rivojlanish sifatida tasniflangan yalpi omillar samaradorligi (ilmiy tadqiqot ishlarida band bo‘lganlar soni, chet el investisiyalari va kreditlari hajmi, axborot va aloqaga kiritilgan investisiyalar, iqtisodiy erkinlik indeksi)ni kompleks qo‘llash hisobiga milliy iqtisodiyotda potensial YAIMni barqaror o‘sishini ta’minlash hamda ko‘p omilli ekonometrik modellarini tuzish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 30 dekabrdagi 02-21-3/10-6991-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi yalpi omillar samaradorligini statistik usullarda tahlil qilish va tizimli baholash imkonini bergan;
inersion, bazaviy va mobilizatsion ssenariy usullarini kompleks qo‘llash hisobiga istiqbolda potensial YAIMni o‘zgarish tendensiyalarini ekonometrik baholash maqsadida o‘rta muddatli (2023-2026 yy.) ko‘p variantli prognozlarni tuzish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 30 dekabrdagi 02-21-3/10-6991-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy qilinishi prognoz natijalarini ishonchliligini oshirib, o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish