Boltayev Shavkat Sharipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida tejamkorlikka erishish va samaradorlikni oshirish yo‘llari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1657.
Ilmiy rahbar: Pardayev Mamayunus Karshibayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Tangirbergen Doschanov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdumalik Bektemirov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida tejamkorlikka erishish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy-nazariy va ilmiy-uslubiy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiy faoliyat va jarayonlarning muayyan belgilangan me’yorlar chegarasida amalga oshirilishini ifodalovchi “tejamkorlik” tushunchasining ta’rifi mamlakat, hudud (korxona)ning iqtisodiy faoliyatida muayyan natijaga erishishni to‘liq ta’minlagan holda, mazkur jarayonda vaqt, xarajat va resurslarning ortiqcha sarfiga yo‘l qo‘ymasdan, ehtiyot qilib ishlatish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi tejamkorlikni uning iqtisodiy samaradorlik, xodimlar manfaatdorligi va aholi farovonligi darajalari bilan o‘zaro bog‘liqligi ta’minlash orqali rag‘batlantirish taklifi ishlab chiqilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasidagi tejamkorlik darajasiga doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar hamda o‘zgaruvchi xarajatlarning jami xarajatlardagi hissasining o‘zgarishi bilan bog‘liq omillarning multiplikativ modeli asosidagi ta’sirini iqtisodiy tahlilning indeks va zanjirli almashtirish usullarini qo‘llagan holda aniqlash yo‘llari ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasidagi tejamkorlikning uzoq muddatli tendensiyasi asosida 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmat ko‘rsatish sohasida tejamkorlikka erishish va samaradorlikni oshirish yo‘llarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiy faoliyat va jarayonlarning muayyan belgilangan me’yorlar chegarasida amalga oshirilishini ifodalovchi “tejamkorlik” tushunchasining mamlakat, hudud (korxona)ning iqtisodiy faoliyatida muayyan natijaga erishishni to‘liq ta’minlagan holda, mazkur jarayonda vaqt, xarajat va resurslarning ortiqcha sarfiga yo‘l qo‘ymasdan, ehtiyot qilib ishlatish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan ta’rifi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalar va bo‘lajak mutaxassislarda iqtisodiy faoliyat va jarayonlarning muayyan belgilangan me’yorlar chegarasida amalga oshirilishini ifodalovchi “tejamkorlik” tushunchasi bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi tejamkorlikni uning iqtisodiy samaradorlik, xodimlar manfaatdorligi va aholi farovonligi darajalari bilan o‘zaro bog‘liqligi ta’minlash orqali rag‘batlantirish taklifi Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish Milliy ofisi amaliyotida foydalanilgan (Turizm va sport vazirligining 2021 yil 20 sentyabrdagi 03-17-02/6491-son, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 04/22-01-10/10-5502-son, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish Milliy ofisining 2022 yil 2 avgustdagi 02-02/231-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi tejamkorlikning samaradorlikka olib kelishi, bu esa korxonalardagi barcha xodimlar va butun jamiyatning manfaatdorligiga xizmat qilishi va natijada farovonlikka erishishga xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasidagi tejamkorlik darajasiga doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar hamda o‘zgaruvchi xarajatlarning jami xarajatlardagi hissasining o‘zgarishi bilan bog‘liq omillarning multiplikativ modeli asosidagi ta’sirini iqtisodiy tahlilning indeks va zanjirli almashtirish usullarini qo‘llagan holda aniqlash taklifi Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish Milliy ofisi amaliyotida foydalanilgan (Turizm va sport vazirligining 2021 yil 20 sentyabrdagi 03-17-02/6491-son, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 04/22-01-10/10-5502-son, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish Milliy ofisining 2022 yil 2 avgustdagi 02-02/231-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mehmonxona xo‘jaliklarida sarflangan xarajatlar samaradorligi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 0,118 mln. so‘mga oshgan. Ushbu usulning amaliyotda qo‘llanilishi mehmonxona xo‘jaliklarida asosiy vositalar va mehnat resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini yaratgan;
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasidagi tejamkorlikning uzoq muddatli tendensiyasi asosida 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish Milliy ofisi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish Milliy ofisining 2022 yil 2 avgustdagi 02-02/231-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi sinergetik samaraning uch yo‘nalishi ta’sirida kunlik mablag‘ni tejash, xizmat sifatini oshirish hisobidan vaqtni tejash hamda sarflanadigan energiya resurslarini tejash imkonini berishi asoslab berilgan.