Ruzmetova Sayyorahon Timurxanovnaning 
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 
“Talabalar bilimi transformatsiyasida raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedogogik shart-sharoitlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2022.2.PhD/Ped3433.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Shahzoda Abdullayevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ruzmetova Dildora Adilbekovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalar bilimi transformatsiyasida raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar bilimi transformatsiyasida raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik mexanizmlari STRIMING, SCAMPER kabi raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini didaktik jarayonlarda talabalar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish shakllari, texnologiyalari va vositalariga modul texnologiyalari vositasida integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
talabalar bilimini transformatsiyalashning kreativ, mustaqil va refleksiv bosqichlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish texnologiyalari bilimlar transformatsiyasida raqamli texnologiyalardan foydalanish shart-sharoitlarini zamonaviy ta’lim paradigmalariga funksional tarkibiy model orqali moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalar tomonidan transformatsiyalanayotgan kinestetik, divergent, audiovizual bilimlar majmui o‘zlashtirishining hissiy-emotsional, motivatsion-kognitiv darajalarini talabalarning individual ta’lim traektoriyasiga vertikal integrsiyalash hamda rivojlanish vektoriga nisbatan adaptiv qo‘llash orqali aniqlashtirilgan;
raqamli texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga joriy etishda talabalar bilimi transformatsiyasida o‘quv materialini o‘zlashtirishning motivatsion, ilmiy-pedagogik va o‘quv kontenti hamda ta’lim samaradorligini aniqlash texnologiyalarini qo‘llashning amaliy mexanizmlari o‘zlashtirilgan bilimlarning ta’limning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga muvofiq produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirigan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar bilimi transformatsiyasida raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari:
STRIMING, SCAMPER kabi raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini didaktik jarayonlarda talabalar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish shakllari, texnologiyalari va vositalariga modul texnologiyalari vositasida integratsiyalash asosida takomillashtirilgan talabalar bilimi transformatsiyasida raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik mexanizmlariga oid tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-093160552 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim modulli o‘qitish jarayonini texnologik ta’minlash mexanizmlari” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 7 noyabrdagi 01/15-09/257-son ma’lumotnomasi) Natijada, raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini ilmiy jihatdan asoslashga imkoniyat yaratilgan;
o‘zlashtirishining hissiy-emotsional, motivatsion-kognitiv darajalarini talabalarning individual ta’lim traektoriyasiga vertikal integrsiyalash hamda rivojlanish vektoriga nisbatan adaptiv qo‘llash orqali aniqlashtirilgan talabalar tomonidan transformatsiyalanayotgan kinestetik, divergent, audiovizual bilimlar majmui, o‘zlashtirilgan bilimlarning ta’limning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga muvofiq produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirigan raqamli texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga joriy etishda talabalar bilimi transformatsiyasida o‘quv materialini o‘zlashtirishning motivatsion, ilmiy-pedagogik va o‘quv kontenti hamda ta’lim samaradorligini aniqlash texnologiyalarini qo‘llashning amaliy mexanizmlari bo‘yicha xulosa va takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan I-OT-2019-8 rqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayonida joriy etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 26 dekabrdagi 02-07-4706/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalari uchun “Mutaxassisga deentologik ko‘rsatmalar” nomli o‘quv-metodik qo‘llanma ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan va talabalar bilim o‘zlashtirish bosqichlari takomillashtirilgan;
bilimlar transformatsiyasida raqamli texnologiyalardan foydalanish shart-sharoitlarini zamonaviy ta’lim paradigmalariga funksional tarkibiy model orqali moslashtirish asosida takomillashtirilgan talabalar bilimini transformatsiyalashning kreativ, mustaqil va refleksiv bosqichlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish texnologiyalariga doir xulosa va tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan I-OT-2019-8 rqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayonida joriy etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 26 dekabrdagi 02-07-4706/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar tomonidan bilimlarni (kinestetik, divergent, audiovizual) o‘zlashtirishning hissiy-emotsional faoliyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish