Tursunova Diloram Alimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida immunoprofilaktikani rivojlantirish strategiyasining ilmiy asoslanishi», 14.00.30 – Epidemiologiya, 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tib744.
Ilmiy maslahatchilar: Atabekov Nurmat Satiniyazovich, tibbiyot fanlari doktori; Yusupaliev Baxodir Kaxramonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Qaxramon Xaldarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Irkutsk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida immunoprofilaktikaning zamonaviy strategiyasini asoslab berish va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qizamiqqa qarshi emlashdan keyingi maxsus IgG miqdorining pasayishi sababli, immunoglobulin miqdorini oshirish maqsadida aholi orasida qizamiqga qarshi revaksinatsiyasi asoslangan;
ilk bor bolalarda Mixed (G1P[8], G2P[4], G3P[8], G4P[8], G9P[8,4]) genotipli rotaviruslar keltirib chiqaradigan rotavirusli diareyani oldini olishda rotavirusning Mixed genotiplarini saqlovchi vaksinalarni qo‘llash kerakligi isbotlangan;
bolalarda yiringli meningitni asosiy sababchilari bo‘lib S.pneumoniae, H.Influenzae ekanligi isbotlangan;
ilk bor respublikada ayollarda bachadon bo‘yni saratonining sababchisi bo‘lgan odam papillovirusiga qarshi emlash asoslangan;
o‘z vaqtida emlanmaslikning asosiy sabablaridan biri, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda tibbiy cheklovlar hisoblansa, olti yoshlilarda esa ota-onalarning vaksinalarga ishonchi pastligi ekanligi asoslangan; 
bolalarni rejali emlash jarayonida ushbu kasalliklarni epidemik ko‘tarilishida aholining emlashdan bosh tortishi, asoslanmagan tibbiy cheklovlar kabi asosiy omillar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasida immunoprofilaktikani takomillashtirish strategiyasini asoslash uchun olingan ilmiy natijalar asosida:
immunizatsiya dasturlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Immunizatsiya dasturlarida xavfsizlikni ta’minlash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 6 oktyabrdagi 8n-d/523-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma vaksinalarni tashish, saqlash va emlash vaqtida xavfsizlikni ta’minlashda emlash dasturini takomillashtirishga xizmat qilish imkonini bergan;
emlash dasturini tashkil etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi» nomli Sanitariya qoida, me’yorlari va gigiena normativlari tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi tomonidan 2021 yil 17 iyulda tasdiqlangan 0239-07/4-son SanQvaM). Ushbu SanQvaM respublikada immunizatsiya dasturini tashkil etish va amalga oshirishga xizmat qilish imkonini bergan;
 immunoprofilaktika strategiyasini optimallashtirishni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlashda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining viloyat boshqarmalari va tuman bo‘limlari amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 13 fevraldagi 08-03508-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi respublikada immunizatsiya dasturi sifatining oshishiga, davlat mablag‘larini iqtisod qilishga, kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining qisqarishiga, hayot sifatining yaxshilashga, nogironlikning qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish