Abdullaeva Barno Qodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
“Qissa-dostonlarda mumtoz poetika sintezi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2726.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: G‘ayipov Dilshod Qadambaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02. 
Rasmiy opponentlar: Karuenov Turgenbay Arazmedovich, filologiya fanlari doktori, dotsent;  Otajonova Manzura Omanbaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm qissa-dostonlarida mumtoz poetika sintezi masalasini lirik she’rlar va fol`klorga oid janrlar badiiy-estetik funksiyasi, nasr poetikasi hamda obrazlar tizimi va badiiyati kesimida ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi 
doston tarkibidagi masnaviy, murabba’, muxammas, musaddas, g‘azal, tarkibband kabi lirik janr namunalari tasodifiy emas, balki shakl va mazmunga uyg‘un tarzda keltirilishi, jumladan, g‘azal shodlik, go‘zallik, xushchaqchaqlikni ifodalasa, murabba’ qahramonlarning ruhiy kechinmalarini, muxammas va musaddaslar g‘am-anduhini tasvirlashi, tarkibbandlar esa asosan lirik qahramonning monologidan iborat bo‘lishi asoslangan; 
qissa-dostonlar tarkibidagi nasr asar qahramonlarining sarguzashtlari bilan bog‘liq voqea-hodisalarni muayyan bir tizimga solishi, ularni tashbeh, mubolag‘a, istiora, parallelizm, kinoya kabi ta’sirchan va bo‘yoqdor nutqiy vositalar bilan ifodalashi, monolog, dialoglar orqali qahramon nutqi individuallashtirilishi isbotlangan;
Xorazm qissa-dostonlarida go‘zallikni ifodalovchi, yuksak his-tuyg‘u va hayajonni aks ettiruvchi, salbiy obrazlarga nisbatan qo‘llanuvchi, masxaralash va yumorga monandlikni bildiruvi “og‘zi kapaday”, “qildan qiyiq qirqqan” kabi iboralarning, g‘am, alam va qo‘rquv hissiyotlarini talqin etuvchi lirik ifodalarning, shuningdek, yalpiz, o‘sma, yantoq, lola, rayhon kabi o‘simlik dunyosiga, bo‘ri, ot, tulki, arslon, tuya singari turli hayvonlarga, oy, quyosh, yulduz, sayyoralar kabi osmon jismlariga, oq, qizil, qora, yashil singari ranglarga qiyosan yuzaga kelgan o‘xshatishlarning adabiy-estetik funksiyasi aniqlangan;
qissa-dostonlardagi obrazlar, jumladan, Go‘ro‘g‘li, Avazxon kabi etnos qahramonlari adolat, mardlik va jasorat timsoli sifatida tasvirlanishi, Tohir, Majnun kabi oshiqlar obrazi sadoqat v vafo ramzi bo‘lib kelishi, gul, bulbul, binafsha, lola, sunbula, sanobar, mushk, malak, soqiy, may, vola singari majoziy obrazlar esa asar badiiyatini yuzaga chiqaruvchi bosh omil ekani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qissa-dostonlarda mumtoz poetika sintezi” tadqiqot ishi bo‘yicha olingan  ilmiy natijalardan: 
doston tarkibidagi masnaviy, murabba’, muxammas, musaddas, g‘azal, tarkibband kabi lirik janr namunalari tasodifiy emas, balki shakl va mazmunga uyg‘un tarzda keltirilishi, jumladan, g‘azal shodlik, go‘zallik, xushchaqchaqlikni ifodalasa, murabba’ qahramonlarning ruhiy kechinmalarini, muxammas va musaddaslar g‘am-anduhini tasvirlashi, tarkibbandlar esa asosn lirik qahramonning monologidan iborat bo‘lishi asoslangani bilan bog‘liq xulosalardan 2017–2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqoti loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 10 oktyabrdagi 285-son ma’lumotnomasi). Natijalar epos genezisida nazmning mavqeyini  aniqlash orqali xalq og‘zaki ijodi bilan yozma adabiyot aloqalarini o’rganish adabiyotshunoslik uchun muhim degan xulosaga kelishga asos bo‘lgan;
qissa-dostonlar tarkibidagi nasr asar qahramonlarining sarguzashtlari bilan bog‘liq voqea-hodisalarni muayyan bir tizimga solishi, ularni tashbeh, mubolag‘a, istiora, parallelizm, kinoya kabi ta’sirchan va bo‘yoqdor nutqiy vositalar bilan ifodalashi, monolog, dialoglar orqali qahramon nutqini individuallashtirishi isbotlangani xususidagi xulosalardan 2017–2020-yillarda amalga oshirilgan F3-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental tadqiqoti loyihasining nazariy qismida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 24 oktyabrdagi 286-son ma’lumotnomasi). Natijada qissa-dostonlar nasridagi mumtoz poetika sintezi ilmiy muammosini o‘rganish adabiyot nazariyasi uchun zarur, degan xulosaga kelingan;
Xorazm qissa-dostonlarida go‘zallikni ifodalovchi, yuksak his-tuyg‘u va hayajonni aks ettiruvchi, salbiy obrazlarga nisbatan qo‘llanuvchi, masxaralash va yumorga monandlikni bildiruvi “og‘zi kapaday”, “qildan qiyiq qirqqan” kabi iboralarning, g‘am, alam va qo‘rquv hissiyotlarini talqin etuvchi lirik ifodalarning, yalpiz, o‘sma, yantoq, lola, rayhon kabi o‘simlik dunyosiga, bo‘ri, ot, tulki, arslon, tuya singari turli hayvonlarga, oy, quyosh, yulduz, sayyoralar kabi osmon jismlariga, oq, qizil, qora, yashil singari ranglarga qiyosan yuzaga kelgan o‘xshatishlarning adabiy-estetik funksiyasi aniqlangan, qissa-dostonlardagi obrazlar, jumladan, Go‘ro‘g‘li, Avazxon kabi etnos qahramonlari adolat, mardlik va jasorat timsoli sifatida tasvirlanishi, Tohir, Majnun kabi oshiqlar obrazi sadoqat v vafo ramzi bo‘lib kelishi, gul, bulbul, binafsha, lola, sunbula, sanobar, mushk, malak, soqiy, may, vola singari majoziy xarkterdagi obrazlar esa asar badiiyatini yuzaga chiqaruvchi bosh omil ekani dalillangani bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Xorazm” telekanalining “Assalom, Xorazm” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 5 dekabrdagi 306-son ma’lumotnomasi.) Natijada teletomoshabinlarning folklor va yozma adabiyot munosabatlari borasidagi bilimlari boyishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish