Ulug‘boev Axmadjon Yoqubjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Namangan viloyati tuproq iqlim sharoitida steviya (Stevia Rebaudiana bertoni) dan yuqori hosil etishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx714.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostanaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ro‘zimov Umid Ismoilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Namangan viloyatining oziqa unsurlari bilan kam darajada ta’minlangan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida steviya o‘simligidan yuqori va sifatli hosil etishtirishda maqbul ekish muddatlari, ko‘chat qalinliklari hamda fosforli o‘g‘itlarni qo‘llashning samaradorligini aniqlash va ishlab chiqarishga ilmiy asoslangan tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Namangan viloyatining qadimdan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida dorivor steviya o‘simligining maqbul ekish muddati (1-15 aprel`), ekish tizimi va ko‘chat qalinligi (60x15-1 tizimda 111,0 ming tup/ga) hamda fosforli o‘g‘itni maqbul (N50P175K50) qo‘llash me’yori aniqlangan;
och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida steviya o‘simligi 1-15 aprelda, 60x15-1 tizimda gektariga 111,0 ming tup ko‘chat qoldirib parvarishlanganda eng yuqori (35,1 s/ga) barg hosili olishga erishish mumkinligi isbotlangan;
steviya o‘simligiga N50K50 kg/ga me’yorlarda qo‘llanilgan fonda fosforli o‘g‘it bilan 175 kg/ga me’yorda oziqlantirish evaziga yuqori natijalarga erishilib, o‘simlik bo‘yi 105,2 sm ni, barglar soni 58,3 donani, barg yuzasi 2959 sm2 ni, uning quruq massasi 11,2 g. ni va barg hosildorligi 31,0 s/ga bo‘lganligi aniqlangan;
fosforli oziqlantirish hisobiga barg tarkibidagi steviozid miqdori nazoratga hamda fosforsiz variantga nisbatan oshib, shirinlik darajasi 280 kkal ni, namligi 3,0% ni, steviozid miqdori 92,0% ni, kul miqdori 0,16% ni, oqsil 11,6% ni, yog‘ 1,5% ni, glikozidlar 39,1% ni, to‘qima 15,2% ni tashkil etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Namangan viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida dorivor o‘simlik steviyaning barg hosilini oshirishda maqbul ekish muddatlari, tizimlari, ko‘chat qalinliklari va fosforli oziqlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Steviya (Stevia rebaudiana Bertoni) dan yuqori hosil etishtirish agrotexnologiyasi” bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15-dekabrdagi №07/21-9389 son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomadan amaliyotda cteviya o‘simligini etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
steviyani etishtirish agrotexnologiyasi Namangan viloyatining Uychi tumani “Ulug‘bek” fermer xo‘jaligida 2,0 ga, “G‘olib” fermer xo‘jaligida 1,0 ga, “Boyag‘on nuri ipakchisi” fermer xo‘jaligida 1,5 ga jami 4,5 gektarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil, 15-dekabrdagi №07/21-9389 son ma’lumotnomasi). Natijada, steviya o‘simligi aprel` oyining birinchi yarmida (1-15 aprel`) ekilib, N50K50 fonida fosforli o‘g‘itlar 175 kg/ga me’yorda qo‘llanganda o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi, asosiy poya balanligi, yon shoxlarining va umumiy barg sathi yuzasining shakllanishi yuqori bo‘lib, 32,2 s/ga hosil olingan;
steviyani o‘rmon xo‘jaliklarida etishtirish agrotexnologiyasi 8,1 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respubliksi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15-dekabrdagi №07/21-9389 son ma’lumotnomasi). Natijada, steviya o‘simligidan 31,8 s/ga hosil olingan, rentabellik darajasi 53,5 % ni tashkil etgan.