Malikova Xurshida Ikramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak surdopedagoglarni metodik kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3078.
Ilmiy rahbar: Mamarajabova Zulfiya Narbayevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Arslanova Madina Mansurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak surdopedagoglarni metodik kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak surdopedagoglar metodik kompetensiyalarini rivojlantirish mezonlari protsessual va mazmuniy o‘zaro bog‘liqlik darajasini shaxsga yo‘naltirilgan va integratsiyalashgan faoliyat ta’sirchanligini intensiv oshirib borish hamda korreksion-metodik harakatlarni adekvat bajarish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak surdopedagoglar metodik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni pedagogik faoliyat va kasbiy rivojlantirish kombinatsiyasini jadallashtirishga qaratilgan va qayta aloqani ta’minlash produktivligini oshirishga yo‘naltirilgan sub’ekt-ob’ekt munosabatlari integratsiyasi barqarorligi va yaxlitligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak surdopedagoglarning metodik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi ruhiy rivojlanish, ularning ehtiyoj va imkoniyatlarini bosqichma-bosqich aniqlash hamda shaxsga yo‘naltirilgan va interaktiv amaliyot imkoniyatlarini ta’limiy natijalariga progressiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak surdopedagoglarni metodik kompetensiyalarini rivojlantirishning modeli predmetli, ijtimoy-psixologogik, pedagogik aspektlar asosida Mozaika”, “3-qadam”, “2-qismli kundalik”, “Ijodkor surdopedagog”, “Tushunchalar”, “T – jadval”, “Venn diagrammasi”, “FSMU” “O‘zini o‘zi baholash”,“Tegirmon”, “Burchaklar” texnologiyalariga mos shakllantirilgan intellektual-ijodiy va korreksion-rivojlantiruvchi vizual xarakterdagi mashg‘ulotlarni tashkil etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak surdopedagoglarni metodik kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari: 
bo‘lajak surdopedagoglar metodik kompetensiyalarini rivojlantirish mezonlari protsessual va mazmuniy o‘zaro bog‘liqlik darajasini shaxsga yo‘naltirilgan va integratsiyalashgan faoliyat ta’sirchanligini intensiv oshirib borish hamda korreksion-metodik harakatlarni adekvat bajarish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Surdopedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va inovvatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68-sonli buyrug‘i asosan berilgan 68-330 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishda talabalari uchun takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
bo‘lajak surdopedagoglar metodik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni pedagogik faoliyat va kasbiy rivojlantirish kombinatsiyasini jadallashtirishga qaratilgan va qayta aloqani ta’minlash produktivligini oshirishga yo‘naltirilgan sub’ekt-ob’ekt munosabatlari integratsiyasi barqarorligi va yaxlitligini ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Surdopedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va inovvatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68-sonli buyrug‘i asosida berilgan 68-330 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida ona tili o‘qitish maxsus metodikasiga oid fanlar bo‘yicha malaka talablari, fan dasturlari mazmuni va bo‘lajak surdopedagoglarining metodik tayyorgarligi zamonaviy talablar darajasida takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak surdopedagoglarning metodik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi ruhiy rivojlanish, ularning ehtiyoj va imkoniyatlarini bosqichma-bosqich aniqlash hamda shaxsga yo‘naltirilgan va interaktiv amaliyot imkoniyatlarini ta’limiy natijalariga progressiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Surdopedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va inovvatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68-sonli buyrug‘i asosan berilgan 68-330 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak surdopedagoglarni kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish mexanizmini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak surdopedagoglarni metodik kompetensiyalarini rivojlantirishning modeli predmetli, ijtimoy-psixologogik, pedagogik aspektlar asosida Mozaika”, “3-qadam”, “2-qismli kundalik”, “Ijodkor surdopedagog”, “Tushunchalar”, “T – jadval”, “Venn diagrammasi”, “FSMU” “O‘zini o‘zi baholash”,“Tegirmon”, “Burchaklar” texnologiyalariga mos shakllantirilgan ntellektual-ijodiy va korreksion-rivojlantiruvchi vizual xarakterdagi mashg‘ulotlarni tashkil etish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Surdopedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va inovvatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68-sonli buyrug‘i asosida berilgan 68-330 raqamli narsh ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak surdopedagoglarni metodik kompetensiyalari rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish