Adilov Nabijon Xursanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD /Ped3067. 
Ilmiy rahbar: Xalikov Azam Absalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Guljaxon Ermekbayevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kurbanov Mirzaaxmad, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muxandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligi fanlararo aloqalar integratsiyasi validligini izchil ta’minlash, axboriy modellarni ta’lim maqsadlariga mos prognozlash hamda amaliy va kasbiy masalalarini echish usularining didaktik mazmuni refleksivligini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muxandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi ta’lim mazmunini murakkablik darajasiga ko‘ra defferensiyalashtirish, faoliyatli-mobil ijodiy muhitni yaratish hamda integrativ-modulli modellashtirishning didaktik progressivligini intensiv ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muxandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligi o‘quv modillari mazmuniga inregrallashgan ta’sir etuvchi didaktik omillar, fikrni erkin ifodalashga qaratilgan individual hayotiy tajriba va bilimlar yaxlitligini ta’minlash hamda integratsiyalashuv tendensiyasini ierarxik modellashtirish va mavzulararo bog‘lanishlar tarkibiy komponentlarining yaxlitligini barqarorlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muxandislarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini baholash mezonlari fanga oid tushunchalar va bilimlar idientivligini qat’iy qaror toptirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalirini rivojlantirishning didaktiv imkoniyatlarini qiyosiy aniqlashga qaratilgan mantiqiy mashqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muxandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligi fanlararo aloqalar integratsiyasi validligini izchil ta’minlash, axboriy modellarni ta’lim maqsadlariga mos prognozlash hamda amaliy va kasbiy masalalarini echish usularining didaktik mazmuni refleksivligini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 5-maydagi 02-07-1631/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada muhandislik fanlarni boshqa fanlar bilan integratsiyalashning mezonlari va shart sharoitlarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak muxandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi ta’lim mazmunini murakkablik darajasiga ko‘ra defferensiyalashtirish, faoliyatli-mobil ijodiy muhitni yaratish hamda integrativ-modulli modellashtirishning didaktik progressivligini intensiv ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YOA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 5-maydagi 02-07-1631/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ishlab chiqarish jarayoniga integrativ yondashuvning tuzilishi va mazmuniga qo‘yiladigan pedagogik talablarni faollashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak muxandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligi o‘quv modillari mazmuniga integrallashgan ta’sir etuvchi didaktik omillar, fikrni erkin ifodalashga qaratilgan individual hayotiy tajriba va bilimlar yaxltiligini ta’minlash hamda integratsiyalashuv tendensiyasini ierarxik modellashtirish va mavzulararo bog‘lanishlar tarkibiy komponentlarining yaxlitligini barqarorlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 5-maydagi 02-07-1631/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘qitishning ishlab chiqarish jaryoniga mos ta’lim metodikasini optimallashtirish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak muxandislarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini baholash mezonlari fanga oid tushunchalar va bilimlar idientivligini qat’iy qaror toptirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalirini rivojlantirishning didaktiv imkoniyatlarini qiyosiy aniqlashga qaratilgan mantiqiy mashqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar YOA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 5-maydagi 02-07-1631/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ishlab chiqarishda mavjud uskunalarda bo‘ladigan jarayonlarning mazmuni, mohiyatini didaktik elektron qurilmalar vositasida takomillashtirish smaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish