Haydarov Ramozon Mamayusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped1126.
Ilmiy rahbar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumayevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Dusyarov Xudoymurod Chorshanbiyevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini texnologiya ta’limi praktikumi fanini o‘qitish asosida rivojlantirishning ilmiy- metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi tarkibiy tuzilmasi talabalarning o‘quv va ta’lim-tarbiyaviy faoliyati mazmun-mohiyatini tahlil qilish hamda kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning xulosalay olish funksiyalari mutanosib tarzda takomillashgan integrativ yondashuvini transformatsiyalash orqali mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishning o‘quv-didaktik vositalariga asoslanib optimallashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning mazmuni multipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillari (ijtimoiy buyurtma, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlar), pedagogik jarayon (kasbiy kompetentlikning tarkibiy qismlari, mazmun, shakl, vosita va baholash mezonlari) hamda natijaviy komponentlariga ustuvorlik berish asosida faoliyatli model takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish mutaxassislik fanlarini o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalarini (“Smart master”, “Upgrade”) qo‘llash va dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish orqali innovatsion kasbiy faoliyatiga tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minot mazmuni ta’lim oluvchining texnik va texnologik imkoniyatlarini hisobga oluvchi hamda reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini aniqlovchi ijodkorlik xarakteridagi topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi tarkibiy tuzilmasi talabalarning o‘quv va ta’lim-tarbiyaviy faoliyati mazmun-mohiyatini tahlil qilish hamda kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning xulosalay olish funksiyalari mutanosib tarzda takomillashgan integrativ yondashuvini transformatsiyalash orqali mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishning o‘quv-didaktik vositalariga asoslanib optimallashtirishgan takliflardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2020-yillar doirasidagi AIF-2/19-20 “Kasbga yo‘naltirish, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv ishlab chiqarish tizimida milliy, an’anaviy negizini hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 89-03-5574-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalar 60112300-Texnologik ta’lim yo‘nalishining o‘quv-me’yoriy xujjatlari mazmuniga singdirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning mazmuni multipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillari (ijtimoiy buyurtma, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlar), pedagogik jarayon (kasbiy kompetentlikning tarkibiy qismlari, mazmun, shakl, vosita va baholash mezonlari) hamda natijaviy komponentlariga ustuvorlik berish asosida faoliyatli modelini takomillashtirishga oid tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2019-2022-yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-2019-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli PAWER – “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022-yil 5-avgustdagi 02/02-01-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yondashuvlar bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning sifat va samaradorligi ta’minlagan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish mutaxassislik fanlarini o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalarini (“Smart master”, “Upgrade”) qo‘llash va dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish orqali innovatsion kasbiy faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga oid tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2019-2022-yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-2019-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli PAWER – “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022-yil 5-avgustdagi 02/02-01-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalardan bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minot mazmuni ta’lim oluvchining texnik va texnologik imkoniyatlarini hisobga oluvchi hamda reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini aniqlovchi ijodkorlik xarakteridagi topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2020-yillar doirasidagi AIF-2/19-20 “Kasbga yo‘naltirish, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv ishlab chiqarish tizimida milliy, an’anaviy negizini hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022-yil 30-dekabrdagi 02/01-01-123-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Texnologik ta’lim praktikumi» fanini o‘qitish va innovatsion yondoshuv asosida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasi samaradorligining ortishiga erishilgan.