Qodirova Xurshida Marselovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Xorazm shevalaridagi laqablarning struktur-semantik va funksional xususiyatlari” 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1257.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Primov Azamat Iskandarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Yuldash Matkarimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Uluqov Nosirjon Muxammadaliyevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi Xorazm shevalaridagi laqablarning struktur-semantik va funksional xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyatining o‘g‘uz va qipchoq lahjalariga mansub shevalardagi laqablar asosida ularning lisoniy maqomi, ushbu birliklar shaxsning qo‘shimcha norasmiy identifikatori ekanligi, Xorazm shevalaridagi laqablar va shaxs nomlari munosabati hamda laqablarning shakllanish xususiyatlari asoslangan; 
Xorazm shevalariga xos laqablar o‘zining shakli va ma’no nozikliklari bilan boshqa shevalarga xos laqablardan tubdan farqlanishi tarkiban bir asosli va birdan ortiq asosli laqablar asosida dalillanib, laqablar orqali idrok etilgan obyektiv haqiqat, laqabga aylanishidan oldin jamiyatda shakllangan qadriyatlar tizimiga muvofiq qayta ishlanishi va umumlashtirilishi, natijada jamoaviy idealga mos kelishi ularning insonlar ma’naviy-ruhiy olamiga qanday ta’sir qilishi aniqlangan;
laqablar boshqa antroponimik birliklarga nisbatan hududiy jihatdan chegaralanganligi bilan ajralib turishi, bu xususiyati jihatidan apellyativ so‘zlarga yaqinligi bilan xarakterlanishi, laqablarning har bir hududning o‘ziga xos madaniyati, turmush tarzi, urf-odatlari va nom qo‘yish qonuniyatlarini o‘zida aks ettiruvchi lingvomadaniy birliklar ekanligi asoslab berilgan;
apellyativning goh denotativ, goh konnotativ ma’nolariga asoslanuvchi muayyan assotsiativ fonning tashuvchisi sifatida o‘ziga xos ensiklopedik ma’no ifodalashi Xorazm shevalarining, shu bilan birga, ayrim materiallar qiyoslanishi jarayonida ba’zi turkiy tillar, xususan, qoraqalpoq tilining yuksalish darajasini aniqlashdagi roli dalillangan;
o‘zbek va ayrim turkiy tillarda yaratilgan og‘zaki va yozma adabiyotga oid matnlardagi ba’zi laqablarning lug‘aviy, ma’noviy hamda etimologik xususiyatlari asosida laqablar o‘zining atash, farqlash, ogohlantirish, kinoyaviy va baholash vazifalari bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm shevalaridagi laqablarning struktur-semantik va funksional xususiyatlari tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
laqablarning struktur-semantik tahlili natijasida chiqarilgan xulosalaridan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligini tadqiq etish” (2017–2020) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 26-yanvardagi 33/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot materiallari o‘zbek tilining, shu bilan birga, ayrim materiallar qiyoslanishi jarayonida qoraqalpoq tilining yuksalish darajasini aniqlashda laqablarning o‘ziga xos ichki ma’nolarini tahlil qilish jarayoni takomillashgan;
laqablarning funksional-diskursiv xususiyatlari tadqiqi natijalaridan FA-F1-G002 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012–2016) va F1-FA-0-13229 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (2012–2016) mavzularidagi fundamental ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 12-apreldagi 134/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilida yaratilgan og‘zaki va yozma adabiyotga oid matnlardagi ayrim laqablarning lug‘aviy, ma’noviy hamda etimologik xususiyatlarini yoritish imkonini bergan;
Xorazm shevalaridagi laqablarning Xiva arxiv hujjatlaridagi tahlillaridan A-FA-2019-9 shifrli “Qadimiy yozma noyob qo’lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022-yil 25-apreldagi 85/1-22-son ma’lumotnomasi). Natijada grant bazasiga kiritilgan qo’lyozma va hujjatlar tadqiqida sheva materiallari asosli manba bo’lib xizmat qilishi dalillangan;
Xorazm shevalarida uchrovchi laqablarning motivativ ma’nolari, struktur-semantik va funksional xususiyatlari yuzasidan bildirilgan nazariy xulosalari va materiallaridan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2021-yil 17-fevral kuni efirga uzatilgan “Tilimizni o‘rganamiz” dasturida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 06-fevraldagi 2023-06-02, 144-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturda laqablarning lingvomadaniy va funksional o‘ziga xosliklari kengroq ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish