Xakimova Fazilat Abdusobirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tashqi savdo tovarlarini sertifikatlashning to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash usullari hamda algoritmlari», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/T559.
Ilmiy maslahatchi: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat univarsiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Axmadaliev Maxammadjon Axmadalievich, texnika fanlari doktori, professor; Shamsiddinov Isroiljon, texnika fanlari doktori, professor; Yulchiev Aslbek Baxtiyorbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyoviy va matematik modellashtirish usullaridan foydalangan holda tovarlarni ekspertizadan o‘tkazish va masofadan sertifikatlash jarayoni uchun inson-mashina boshqaruv tizimini algoritmik modellari, usullari va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashqi savdoni notarif tartibga solish choralari sifatida tovarlarni sertifikatlashning masofadan tovarlarni sertifikatlashning «Yagona darcha» mexanizmi etalon modeli ishlab chiqilgan;
yagona uyg‘unlashgan “A” xujjatning standart tavsifi hamda unga asoslangan tashqi savdo tovarlarini masofaviy sertifikatlashtirish jarayonini boshqaruv ob’ekti sifatida axborot va algoritmik modellari ishlab chiqilgan;
bojxona ekspertizasining tovarlarini masofaviy sertifikatlashtirish jarayoni bilan integrallashgan parametrlari beliglandi hamda polimer, paxta va poliesterdan tayyorlangan aralash matolarni bojxona ekspertizasidan o‘tkazish metodologiyasi algoritmlari yaratilgan;
tashqi savdo tovarlarini sertifikatlanishi to‘liqligi ta’minlashning «Kengaytirilgan TIF TN»ga asoslangan axborot va matematik modeli tuzilgan;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi xavfini boshqarish mezonlarining mamlakatlar, xalqaro yuk tashuvchilar va sanitariya-epidemiologiya nazorati ostidagi tovarlar bilan bog‘liq xavflarni aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
taklif etilayotgan model va usullarni interfaol rejimda ishlovchi idoralararo «Yagona darcha» bojxona axborot-texnik majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tashqi savdo tovarlarini masofaviy sertifikatlashni tashkil etish jarayonlarini axborot matritsalari asosida avtomatlashtirilgan boshqarishning algoritmik usullari, modellari va idoralararo «Yagona darcha» bojxona axborot-texnik majmuasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan tashqi savdoni notarif tartibga solish choralari sifatida tovarlarni sertifikatlashning «Yagona darcha» mexanizmi etalon modeli asosida ishlab chiqilgan idoralararo «Yagona darcha» bojxona axborot-texnik majmuasi O‘zbekiston Bojxona brokerlar uyushmasi va unga a’zo korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Bojxona brokerlar uyushmasining 2022 yil 16 fevraldagi dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasining 2022 yil 3 martdagi 6/05-23-00073-son ma’lumotnomasi). Natijada, masofadan turib boshqarish orqali tovarlarni sertifikatlash uchun sarflanadigan vaqtni 75 kundan 28 kunga kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan idoralararo «Yagona darcha» bojxona axborot-texnik majmuasi tarkibida tashqi sado tovarlari sertifikatlanishi to‘liqligini ta’minlashning matematik modeli, bojxona ekspertizasining tovarlarini masofaviy sertifikatlashtirish jarayoni bilan integrallashgan parametrlari hamda polimer, paxta va poliesterdan tayyorlangan aralash matolarni bojxona ekspertizasidan o‘tkazish metodologiyasi Bojxona qo‘mitasi tarkibiy tuzilmalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasining 2023 yil 16 fevraldagi 12/04-23-00301-son ma’lumotnomasi). Natijada, tovarlarni sertifikatlashga ketadigan vaqtni 2,67 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
«Yagona darcha» dasturiy majmuasi bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasining 2022 yil 3 martdagi 6/05-23-00073-son ma’lumotnomasi). Natijada, tovarlarni sertifikatlashga ketadigan vaqtni 75 kundan 28 kunga qisqartirish imkonini bergan.