Mamatqulov Olimjon Eshankulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qizil-ola golshtin va angler zotli buqalarni mahsuldorligi bo‘yicha tanlash va baholashning ilmiy asoslari”, 06.02.03 - Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Qx977
Ilmiy rahbar: Dosmuxamedova Muxayyo Xusnitdinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Shaptakov Erkin Suyunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Karimov Sherali Allaberdiyevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Germaniyadan import qilingan qizil-ola golshtin va angler zotli naslli buqalardan sun’iy urug‘lantirish tizimida foydalanishda ularning genotipi nasldorligi va kompleks belgilari asosida tanlash va baholashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mamlakatimizga import qilingan naslli buqalarning zamonaviy saqlash tizimi hamda optimallashtirilgan oziqlantirish texnologik sharoitlarida buqalarning ekstereri, tana tuzilish indekslari, urug‘ (sperma) mahsulotini berish xususiyatlari o‘rganilib, urug‘ mahsuldorligining 10-12%ga oshganligi aniqlangan;
ilk bor import qilingan qizil-ola golshtin va angler zotli buqalarning issiqqa chidamlilik indeksi bo‘yicha angler zotining qizil-ola golshtin zotiga nisbatan “2” birlikka ustunlik qilishi aniqlangan
hududiy va konstitusiya tiplarining import qilingan qizil-ola golshtin va angler zotlarning turli nasldorlik, mahsuldorlik va biologik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish asosida eksterer ko‘rsatkichlarining 2,4 – 22,0 sm darajalarida o‘zgarishi aniqlangan;
tanlab olingan buqalarning seleksiya belgilarining genotip-muhit turli sharoitda bog‘lanuvchanlik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Import qilingan qizil-ola golshtin va angler zotli buqalar urug‘i (sperma) mahsulotini naslchilik fermer xo‘jaliklarida sermahsul sigirlarni iqlimga moslashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
Germaniyadan import qilingan qizil-ola golshtin va angler zotli buqalar sperma urug‘ mahsuldorligi bo‘yicha “OZNASLCHILIK” davlat korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 27.12.2022 - y., 02/23-2990-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona iqtisodiy samaradorligi sof foyda o‘rtacha bir bosh nasldor buqadan 1800 000 - 5900 000 so‘m, rentabellik 14,9 % ga oshgan;
Toshkent viloyati Qibray tumani “Halol baraka nur” naslchilik fermer xo‘jaligida nasldor buqalar sperma mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 27.12.2022 - y., 02/23-2990-son ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jalikda iqtisodiy samaradorlik - bir so‘m xarajatga 1,41 - 2,10 so‘mdan daromad olingan, rentabellik 34% ga ko‘tarilgan. Shu bilan birga birinchi tug‘im yuqori fenotipli guruhdagi sigirlarda sof foyda bir bosh sigirdan 1465,7 - 1835,3 ming so‘mni tashkil etgan;
Qizil daniya va qizil cho‘l zotli sigirlarning sut mahsuldorligi, ularning yoshi, eksterer va konstitusiyasi, tirik vazni ko‘rsatkichlariga bog‘liqlik ko‘paytirish ishlari Xorazm viloyatidagi “Yusuf tuyachi” va “Tolib Akmal” naslchilik fermer xo‘jaliklarida joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 27.12.2022 - y., 02/23-2990-son ma’lumotnomasi). Natijada laktatsiya davomida sog‘ib olingan sut miqdori, xo‘jalik ko‘rsatkichidan 195,9 - 216,8 kg ortiq bo‘lgan. Sutni sotishdan olingan sof foyda bir bosh sigirdan 1090,5 - 1697,5 ming so‘mni, rentabellik darajasi 32,0% ni tashkil etgan.