Ergashev Ikrom Abdurasulovichning
yuridik fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi imoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soliq intizomini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02. – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Yu139.
Ilmiy rahbar: Xayitov Hushvaqt Saparbaevich, yupidik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Otaxonov Foziljon Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xamedov Isa Axlimanovich yuridik, fanlari doktori, professor; Ziyodullaev Muzaffar Ziyodullaevich, yuridik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda soliq intizomini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini ochib berish hamda mazkur munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan tavsiya va takliflarni ilgari surishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jismoniy shaxs sanalgan soliq to‘lovchining soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyati, agar bankda hisobvaraq ochmasdan tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘iga byudjet tizimiga o‘tkazish uchun bank kassasiga naqd pul mablag‘lari topshirilgan paytdan e’tiboran bajarilgan deb e’tirof etilishi asoslangan;
soliqni bir yo‘la to‘lashi oqibatida manfaatdor shaxsning nochorligi (bankrotligi) alomatlari paydo bo‘lishi xavfini mavjudligi soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berishga xizmat qilishi asoslangan;
agar soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi bo‘yicha berilgan bo‘lsa, qarz summasiga foizlar hisoblanmasligi asoslab berilgan;
soliq to‘lovchining soliq majburiyatini bajarishini ta’minlash chorasi sifatida mol-mulkni xatlash faqat soliq to‘lovchining arizasiga ko‘ra amalga oshirilishi zarurligi asoslangan;
rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) ekanligi asoslab berilgan;
jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi qaytarib olinishida shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklari fiskal belgili onlayn nazorat-kassa mashinalari cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
Jismoniy shaxs sanalgan soliq to‘lovchining soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyati, agar bankda hisobvaraq ochmasdan tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘iga byudjet tizimiga o‘tkazish uchun bank kassasiga naqd pul mablag‘lari topshirilgan paytdan e’tiboran bajarilgan deb e’tirof etilishi haqidagi taklif 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–599-son Qonunning 
89-moddasi uchinchi qismi ikki bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021-yil 12-yanvardagi 06/1-05/3704-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi fuqarolarning soliq to‘lash majburiyatini bajarilgan davrini aniqlashga xizmat qilgan;
soliqni bir yo‘la to‘lashi oqibatida manfaatdor shaxsning nochorligi (bankrotligi) alomatlari paydo bo‘lishi xavfining mavjudligi soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berishga xizmat qilishi haqidagi taklif 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–599-son Qonunning 
100-moddasi ikkinchi qismi uchinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021-yil 12-yanvardagi 06/1-05/3704-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini yaratishga asos bo‘lgan holatlarni belgilashga xizmat qilgan;
agar soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi bo‘yicha berilgan bo‘lsa, qarz summasiga foizlar hisoblanmasligi haqidagi taklif 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–599-son Qonunning 100-moddasi beshinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021-yil 
12-yanvardagi 06/1-05/3704-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshipilishi soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash natijasida qarz summasiga foizlarni hisoblamaslik holatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
soliq to‘lovchining soliq majburiyatini bajarish bo‘yicha ta’minlash chorasi sifatida mol-mulkni xatlash faqat soliq to‘lovchining arizasiga ko‘ra amalga oshirilishi zarurligi haqidagi taklif 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–599-son Qonunning 106-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021-yil 
12-yanvardagi 06/1-05/3704-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshipilishi soliq majburiyatini bajarish bo‘yicha ta’minlash chorasi sifatida mol-mulkni xatlash shaxsning roziligiga asoslanishi belgilashga xizmat qilgan;
rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) ekanligi haqidagi taklif 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–599-son Qonunning 223-moddasi uchinchi qismi to‘rtinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021-yil 
12-yanvardagi 06/1-05/3704-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshipilishi soliq majburiyatini bajarish bo‘yicha ta’minlash chorasi sifatida 
mol-mulkni xatlash shaxsning roziligiga asoslanishi belgilashga xizmat qilgan;
jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi qaytarib olinishida shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklari fiskal belgili onlayn nazorat-kassa mashinalari cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi kerakligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 
12-maydagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi 2023-yil 20-fevraldagi 12-15-17-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshipilishi soliq intizomini ta’minlashda fuqarolarning ishtirokini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish