Muminjonova Muxayyo G‘ulomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quv materiallari mazmunini loyihalash texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3831.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmonov Abdunazar Toshboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; O‘roqov Sherzod Rahmonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida o‘quv materiallarini loyihalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida fanlardan tuzilmaviy, tashkiliy va integrativ qamrov doirasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladigan o‘quv materiallari mazmuni talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodoligik yondashuvlari va didaktik tamoyillarini shakllantirish, kasbiy ta’lim sifatini oshiruvchi axborotli-kommunikatsion mobil muhitni tashkillashtirish hamda o‘quv jarayonining axborot-metodik ta’minotini mazmunan takomillashtirish asosida aniqlashtirilgan;
innovatsion yondashuvlar asosida yangi avlod o‘quv materiallarining integrativ-modulli tuzilmasiga asoslangan tashkiliy tuzilmaviy modeli motivasion maqsadli, mazmunli-texnologik va baholovchi-natijaviy bloklari mazmuniga o‘quv materiallari tarkibiy komponentlarini loyihalash usullari (evristik, eksperimental va rasmiylashtirish) va bosqichlarini (mazmunni tanlash, o‘quv maqsadlarni aniqlash va topshiriqlarni rejalashtirish) singdirish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv materiallari mazmunini loyihalash texnologiyasini takomillashtirish metodikasi differensial yondashuv orqali mobil va raqamli texnologiyalarni umumlashtiruvchi texnik apparatni ta’lim metodlari va pedagogik texnologiyalardan iborat metodik apparatga birlashtirish hamda fanlardan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajalariga (o‘qish, idrok qilish, bayon qilish, muhokama qilish va ijodiy tafakkur) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalar o‘quv materiallari mazmunini loyihalashining vazniy va sifatiy ko‘rsatkichlari (ko‘rgazmalilik, ixchamlik, mobillik, mantiqiylik va mavzulararo aloqadorlik) hamda ularni adekvat baholash darajalarini modulli texnologiyalar asosida ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni kreativ yondashuv asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida fanlardan tuzilmaviy, tashkiliy va integrativ qamrov doirasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladigan o‘quv materiallari mazmuni talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodoligik yondashuvlari va didaktik tamoyillarini shakllantirish, kasbiy ta’lim sifatini oshiruvchi axborotli-kommunikatsion mobil muhitni tashkillashtirish hamda o‘quv jarayonining axborot-metodik ta’minotini mazmunan takomillashtirish hamda innovatsion yondashuvlar asosida yangi avlod o‘quv materiallarining integrativ-modulli tuzilmasiga asoslangan tashkiliy tuzilmaviy modeli motivasion maqsadli, mazmunli-texnologik va baholovchi-natijaviy bloklari mazmuniga o‘quv materiallari tarkibiy komponentlarini loyihalash usullari (evristik, eksperimental va rasmiylashtirish) va bosqichlarini (mazmunni tanlash, o‘quv maqsadlarni aniqlash va topshiriqlarni rejalashtirish) singdirish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 fevraldagi “Xalqaro Rivojlantirish Assotsiyasi” ishtirokidagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasidagi Akademik innovatsiyalar fondining grant loyihalarini moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 166-sonli buyrug‘iga asosan moliyalashtirishga tavsiya etilgan AIF 2/20 – “SHaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifati” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2022 yil 15 maydagi 87-04-3244-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning o‘quv adabiyotlari, manbalari va resurslari mazmunini takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv materiallari mazmunini loyihalash texnologiyasini takomillashtirish metodikasi differensial yondashuv orqali mobil va raqamli texnologiyalarni umumlashtiruvchi texnik apparatni ta’lim metodlari va pedagogik texnologiyalardan iborat metodik apparatga birlashtirish hamda fanlardan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajalariga (o‘qish, idrok qilish, bayon qilish, muhokama qilish va ijodiy tafakkur) ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid xulosa va tavsiyalardan Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining “Dolzarb mavzu” va “Ustozlar haqida” kabi ko‘rsatuvlarning senariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 8 noyabrdagi 1/293-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni kreativ yondashuv asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.