Abdraimova Barno Baxtiyarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda pedagogik diagnostika metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3136. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Norbo‘taev Xo‘shboq Bobonazarovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda pedagogik diagnostika metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda muntazam diagnostik tizim, uning invariant va variativ tarkibiy qismlari, bilish sub’ektlarining diagnostik munosabatlarini tartibga solish prinsiplariga va pedagogik diagnostikaning yaxlitlik, uyushganlik, ekvifinallik xususiyatlari hamda kompetensiyaviy talablarga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda pedagogik diagnostika metodikasini takomillashtirish modeli tashkiliy, faoliyatli-jarayonli, baholash, natija komponentlarini darajali va ko‘p omilli diagnostik modullarini integratsiyalash hamda talabalar bilim va malakalarini ekspert baholash parametrlari o‘xshashligini korreksiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining diagnostik, axborotli-motivatsiyali va metodik yo‘nalishlarda o‘zaro bir-biriga mos tushadigan kasbiy faoliyat aspektlari dignostik tayyorgarlik bosqichlari (savodxonlik, kompenetnlilik, faoliyat) uzviyligini ta’minlash hamda ichki va tashqi omillarni muntazam diagnostika tizimlari asosida tartibga solish, texnologik diagnostikalash metodikalari vositasida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining pedagogik amaliyot jarayonida diagnostik vositalarni amaliy qo‘llash, korreksiyalash, diagnostik kompetentlilikni rivojlanganlik darajasini aniqlashda test-retest reliability metodidan foydalanish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda pedagogik diagnostika metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar, ishlab chiqilgan metodik va amaliy tavsiyalar asosida: 
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda muntazam diagnostik tizim, uning invariant va variativ tarkibiy qismlari, bilish sub’ektlarining diagnostik munosabatlarini tartibga solish prinsiplariga va pedagogik diagnostikaning yaxlitlik, uyushganlik, ekvifinallik xususiyatlari hamda kompetensiyaviy talablarga ustivorlik berishga doir tavsiyalaridan “Biologiya o‘qitish metodikasi (laboratoriya ishlari)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-sonli buyrug‘i, № 434-053 nashr ruxsatnomasi). Natijada, mazkur takliflar biologiya mutaxassisliklari malakaviy talablari va bakalavrlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda pedagogik diagnostika metodikasini takomillashtirish modeli tashkiliy, faoliyatli-jarayonli, baholash, natija komponentlarini darajali va ko‘p omilli diagnostik modullarini integratsiyalash hamda talabalar bilim va malakalarini ekspert baholash parametrlari o‘xshashligini korreksion tahlil qilish asosida takomillashtirishga doir tadqiqot natijalaridan ITD-1-164 «Kadrlarni tayyorlash va ularni ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha sohalararo integratsiya mazmunini ishlab chiqish va joriy qilish» amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 89-03-2173-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan tashxis vositalari biologiya o‘qituvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish metodik ta’minotini mustahkamlashga xizmat qilgan; 
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining diagnostik, axborotli-motivatsiyali va metodik yo‘nalishlarda o‘zaro bir – biriga mos tushadigan kasbiy faoliyat aspektlari diagnostik tayyorgarlik bosqichlari (savodxonlik, kompenetnlilik, faoliyat) uzviyligini ta’minlash hamda ichki va tashqi omillarni muntazam diagnostika tizimlari asosida tartibga solish, texnologik diagnostikalash metodikalari; pedagogik amaliyot jarayonida diagnostik vositalarni amaliy qo‘llash, korreksiyalash, diagnostik kompetentlikni rivojlanganlik darajasini aniqlashda test-retest reliability metodidan foydalanishga oid metodik tavsiyalar “Biologiya o‘qitish metodikasi (laboratoriya ishlari)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-sonli buyrug‘i, № 434-053 nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarining pedagogik amaliyot jarayonida diagnostik faoliyatiga tayyorlashning uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish