Maxamatjanova Nodira Maxamadamin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizimli qizil bo‘richada xavotir-depressiv buzilishlar va unda tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish», 19.00.04– Tibbiy psixologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1033.
Ilmiy rahbar: Ibodullaev Zarifboy Rajabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Vasila Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: tizimli qizil bo‘richada xavotirli-depressiv buzilishlarni aniqlash va ularda tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tizimli qizil bo‘richa kasalligidagi psixoemotsional buzilishlar bemor turmush tarziga bo‘lgan nigohini va ichki salohiyatini ishga tushishini o‘zgartirishga olib kelishi tufayli kasallik klinik kechuvini avjlanishi va uning davosiga yo‘naltirilgan standart davo samarasiga salbiy ta’sirini tibbiy-psixologik va maxsus testlarni qo‘llash orqali aniqlash imkoniyati isbotlangan;
psixoemotsional o‘zgarishlar strukturasida qo‘rquv, havotir, vahima va depressiya kabi buzilishlar ustuvor uchrab, kasallikning dastlabki davrlarida aniqlanganligi, hamda shaxs modelining motivatsion, kommunikativ, intelektual va boshqa komponetlarini ham buzilishi tufayli bemor hayot sifatiga ta’sir etuvchi asosiy psixologik omil ekanligi va kompleks psixoterapevtiik korreksiyani taqozo etishi aniqlangan;
xavotirli-depressiv buzilishlarni dastlabki namoyon bo‘lish davrlarida bemor ongini kengaytirish, anglash qobiliyatini oshirish, hissiy muammolarni engib o‘tish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan Geshtal`t-terapiya usuli yordamida korreksiya qilish orqali tizimli qizil bo‘richa davo chora-tadbirlari samaradorligini yaxshilash imkoniyati aniqlangan;
tizimli qizil bo‘richa kasalligi standart davosida Geshtal`t terapiya usuli hamda psixofarmakoterapiya usulini qo‘llash orqali kasallik kechuvi va uning davosida ijobiy natijalarga erishilganligi hamda bu bemor hayot sifatidagi ruxiy komponentning sezilarli darajada oshirganligiga asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizimli qizil bo‘richada xavotirli-depressiv buzilishar va unda tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tizimli qizil bo‘richada kuzatiladigan xavotirli-depressiv buzilishlarni aniqlash, ularni Geshtal`t-terapiya va psixofarmakoterapiya usullarini qo‘llash orqali korreksiya qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida “Tizimli qizil bo‘richa kasalligidagi psixoemotsional buzilishlarni korreksiya qilish algoritmi” nomli ratsionalizatorlik taklifi ishlab chiqilgan (№941 03.09.2022).
tizimli qizil bo‘richada kuzatiladigan xavotirli-depressiv buzilishlarni aniqlash, ularni Geshtal`t-terapiya va psixofarmakoterapiya usullarini qo‘llash orqali korreksiya qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Tizimli qizil bo‘richa kasalligidagi psixoemotsional buzilishlarni korreksiya qilish algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-r/512-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tizimli qizil bo‘richa kasalligida xavotirli-depressiv buzilishlarni erta aniqlash, ularni Geshtal`t-terapiya usuli bo‘yicha korreksiya qilish imkonini bergan;
tizimli qizil bo‘richada bazis terapiya, psixoterapiya va psixofarmakoterapiyaning birgalikda o‘tkazilishi asnosida psixoemotsinal buzilishlarni samarali korreksiya qilish va bemorlar hayoti sifatini sezilarli darajada oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Tizimli qizil bo‘richa kasalligining tibbiy-psixologik diagnostika algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 yanvardagi 8n-r/85-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma TQB bilan og‘rigan bemorlarning klinik-psixologik ko‘rsatkichlari, suisidal fikrlar va hayot sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini bergan;
tizimli qizil bo‘richa kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni korreksiya qilishdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 3-son shahar klinik shifoxonasi va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-r/512-son ma’lumotnomasi). Natijada xavotirli-depressiv buzilishlar bilan namoyon bo‘luvchi tizimli qizil bo‘richada bemorlarning hayot sifatini aniqlash imkoniyati kengaytirilgan;
tizimli qizil bo‘richa kasalligini tibbiy-psixologik diagnostika qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi va Buxoro viloyati 4-son oilaviy poliklinika amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 8n-r/85-son ma’lumotnomasi). Natijada tizimli qizil bo‘richadagi psixoemotsional buzilishlarni, bemorlarning hayot sifatini erta tibbiy-psixologik diagnostika qilish va ularda xavotirli-depressiv buzilishlarni psixokorreksiya qilishda Geshtal`t-terapiya usulini qo‘llash orqali bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.