Asrayev Zafar Rizakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumkasbiy fanlarni o‘qitishda elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va foydalanish metodikasi (Oliy ta’lim muassasalarida “Amaliy mexanika” fani misolida)”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1506
Ilmiy rahbar: Bibutov Narzullo Salimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01. 
Rasmiy opponentlar: Mamatov Dilmurod Normurodovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Himmataliyev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy fanlar bo‘yicha (“Amaliy mexanika” fani misolida) ta’lim sifatini rivojlantirish maqsadida elektron resurslarini ishlab chiqish va undan foydallanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va foydalanish, raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanib o‘quv dasturlarini o’zlashtirish, individual va jamoaviy ehtiyojlar asosida o‘qitishga yo’naltirilgan mashg‘ulotlarning adaptivlik darajasini umumkasbiy bilimlarning ehtiyojlari va xususiyatlariga bosqichma-bosqich moslashtirib borish asosida takomillashtirilgan;
Amaliy mexanika” fanidan elektron ta’lim resurslarini yaratish va foydalanish modeli o‘quv jarayonini individuallashtirish, axborot-ta’lim muhitini hamda talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, protsessual-metodik, texnologik hamda mezonli baholovchi bloklarni virtual muhit sharoitiga mazmunli-maqsadli moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
axborot-ta’lim muhitida elektron ta’lim resurslaridan foydalanib “Amaliy mexanika” fanidan talabalarning yangi o‘quv materialini o‘rganishi, bilimlarini umumlashtirishi va tizimlashtirishi, shuningdek malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasi aralash ta’limning (Blended Learning) “Online Driver”, “Flipped learning” va “Online Lab” modellariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
“Amaliy mexanika” fanining amaliy va tajriba ishlarini bajarishda virtual borliq muhitida H5P, learningapps pedagogik vositalar, immitatsion va bulutli texnologiyalardan maqsadli foydalanish asosida sub’ektlarning interfaol muloqotini va talabalarning axborot o‘quv faoliyatini ta’minlaydigan elektron ta’lim resurslari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim sifatini ta’minlashda elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va undan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik, amaliy taklif va tavsiyalar asosida: 
elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanib o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish individual va jamoaviy ehtiyojlar asosida o‘qitishga yo‘naltirishga oid metodik tavsiyalar “Amaliy mexanika” hamda “Texnik mexanika” o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i). Mazkur o‘quv qo‘llanmalar OTM o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
axborot-ta’lim muhitida elektron ta’lim resurslaridan foydalanib “Amaliy mexanika” fanidan talabalarning yangi o‘quv materialini o‘rganishi, bilimlarini umumlashtirishi va tizimlashtirishi, shuningdek malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasini aralash ta’limning (Blended Learning) “Online Driver”, “Flipped learning” va “Online Lab” modellariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar “AIF 2/20-Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2021 yy.) mavzusidagi xalqaro loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 7 noyabrdagi 89-05-151-son ma’lumotnoma). Mazkur taklif va tavsiyalar OTM uchun o‘qitish mazmunini takomillashtirishga yordam bergan;
bulutli texnologiyalar, Web 2.0 servis xizmatlari va H5P tizimining multimediali axborot tizimida yaratilgan elektron ta’lim resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq metodik tavsiyalar va takliflaridan 610170-EPP-1-2019-1-ES-EPPKA2-CBFIEJP ELBA – “Markaziy Osiyoda “BigData Intelligent Analysis” bo‘yicha o‘quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarni ishlab chiqish” (2019-2022 yy.) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 7 noyabrdagi 89-05-151-son ma’lumotnoma). Mazkur materiallar talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish