Pardayev Sultonmurodning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasi va uning evolyusiyasi», 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal794.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Nigina Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Niyazimbetov Marat Qudiyarovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Davronov Ziyod, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tabiiy-ilmiy bilimlar evolyusiyasining zamonaviy fan taraqqiyotining poydevori sifatidagi ahamiyati va dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasining yo‘nalishlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mifologik va diniy ong darajasidagi tabiiy-ilmiy bilimlarning dunyoni bilish va uni anglashning dastlabki usuli sifatida kelajak taraqqiyotini ta’minlashdagi strukturaviy, epistemologik, kognitiv jihatlari, inson tafakkuri mahsuli sifatidagi ontologik va gnoseologik ahamiyati asoslangan;
kosmosentrizm g‘oyalarining XX asrda koinot haqidagi fundamental bilimlarning shakllanishiga ta’sirining ijtimoiy taraqqiyotning ilmiy asoslarini ta’minlash, inson umri va sog‘lig‘ini asrash omili sifatidagi gnoseologik jihatlari ochib berilgan;
dunyoning mumtoz tabiiy-ilmiy manzarasi mahsuli sifatidagi mexanisizmning termodinamik manzara shakllanishiga ta’siri dunyoning super-xolonom manzarasida, ezoterik va tabiiy-ilmiy bilimlarning metamorfozasi, katta hajmli va tezligi kamroq bo‘lgan kashfiyotlar o‘rniga kichik hajmli va juda tez ishlaydigan mexanizmlarning yaratilishi XXI asrda dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasiga yangicha yo‘nalishda rivojlanayotganligi isbotlangan;
tabiiy-ilmiy bilimlardan nanotexnologiyalar, biotexnologiyalar, farmokologik mahsulotlarni yaratish, ekologik inqiroz, oziq-ovqat va energiyaning tanqisligini bartaraf etish, ijtimoiy taraqqiyotga erishish maqsadlarida foydalanishning dunyo tabiiy-ilmiy mazarasi insoniyatni asrash va saqlashga xizmat qilishida namoyon bo‘lishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasi va uning evolyusiyasi davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
mifologik va diniy ong darajasidagi tabiiy-ilmiy bilimlarning dunyoni bilish va uni anglashning dastlabki usuli sifatida kelajak taraqqiyotini ta’minlashdagi strukturaviy, epistemologik, kognitiv jihatlari, inson tafakkuri mahsuli sifatidagi ontologik va gnoseologik ahamiyatiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali» DM «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Ta’lim va taraqqiyot», «Adabiy jarayon», «Jahon adabiyoti» radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 23-noyabrdagi 04-36/1947-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning mifologik bilimlarning ilmiy bilimlar bilan mutanosibligini tushunishi, olam haqidagi har qanday nazariy bilimlar amaliy hayot tajribasiga tayanish mumkinligi haqida tasavvurga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
kosmosentrizm g‘oyalarining XX asrda koinot haqidagi fundamental bilimlarning shakllanishiga ta’sirining ijtimoiy taraqqiyotning ilmiy asoslarini ta’minlash, inson umri va sog‘lig‘ini asrash omili sifatidagi gnoseologik jihatlariga oid ilmiy xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan «Aholining Internetdagi jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga oid chora-tadbirlar» 31-bandi «Buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi, ularning ibratli hayot yo‘li hamda jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari bo‘yicha ma’lumotlar bilan xalqaro Internet tarmog‘ini boyitib borish»da foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 12-dekabrdagi 381-son ma’lumotnomasi). Natijalar, aholini ongida tabiiy-ilmiy bilimlarning ijtimoiy taraqqiyot omili sifatidagi rolini to‘liq anglash va har qanday kashfiyot va ixtirolardan ijobiy maqsadlarda foydalanishning zarurligini tushunishga xizmat qilgan;
dunyoning mumtoz tabiiy-ilmiy manzarasi mahsuli sifatidagi mexanisizmning termodinamik manzara shakllanishiga ta’siri dunyoning super-xolonom manzarasida, ezoterik va tabiiy-ilmiy bilimlarning metamorfozasida namoyon bo‘lishiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining «Yoshlarga oid davlat siyosati targ‘iboti oyligi» loyihasini o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 2-martdagi 4-13-21-546-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalari tabiiy-ilmiy bilimlarning genezisi, ilmiy bilim va tafakkur uslubining shakllanishidagi roli, ilmiy qadriyatlarga ta’sirini oshirishga xizmat qilgan;
tabiiy-ilmiy bilimlardan nanotexnologiyalar, biotexnologiyalar, farmokologik mahsulotlarni yaratish, ekologik inqiroz, oziq-ovqat va energiyaning tanqisligini bartaraf etish, ijtimoiy taraqqiyotga erishish maqsadlarida foydalanishning tabiiy-ilmiy mazarasi insoniyatni asrash va saqlashga xizmat qilishida namoyon bo‘lishiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining konferensiya, seminar, davra suhbatlari shuningdek madaniy-gumanitar sohalardagi tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023-yil 23-yanvardagi 14-07-54-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda tabiiy-ilmiy bilimlarni rivojlantirishga xizmat qilgan.