Axatov Lutfillo Karamatilloyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Abdurahmon Jomiyning ijtimoiy-axloqiy qarashlari», 09.00.03 – Falsafa tarixi, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika) (Falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.1.PhD/Fal.159.
Ilmiy rahbarlar: Amanov Baxtiyor Axtamovich, siyosiy fanlari doktori, dotsent; Xolmo‘minov Ja’far Muhammadiyevich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullayeva Nasiba Bo’ronovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Masharipova Gularam Komilovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdurahmon Jomiy axloqiy qarashlarining falsafiy qarashlar tizimidagi o‘rni, yoshlar tafakkur tarzini shakllantirishdagi ilmiy-nazariy ahamiyati va zaruriyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdurahmon Jomiy badiiy-adabiy va ilmiy-falsafiy asarlaridagi adolatli jamiyat va uning boshqaruvi haqidagi qarashlar, axloqiy mezonlar va qadriyatlar uyg‘unligiga oid ma’lumotlarning yangilanayotgan O‘zbekiston jamiyatida yosh avlodni vatanparvar, fidoiy, sadoqatli, kreativ tafakkurga, o‘zining mustaqil fuqaroviy pozisiyasiga ega shaxslar sifatida shakllantirishdagi ijtomoiy-falsafiy ahamiyati ilmiy asoslangan;
Abdurahmon Jomiy tomonidan ilgari surilgan har bir zamon va makonda axloqiy muhit shakllanishi oid ijtimoiy-axloqiy qarashlarining ilmiy tavsifi yangilanayotgan jamiyat taraqqiyoti asoslari va istilohlari mufassal bayon qilingan muhim badiiy obrazlarni ijtimoiy taraqqiyotga bog‘lab asoslanishiga oid akseologik qarashlari ochib berilgan;
ijtimoiy-axloqiy ta’limotlar dialektikasining namoyon bo‘lish xususiyatlari Jomiy asarlaridagi jamiyat taraqqiyotiga qaratilgan munozaralar ijtimoiy-axloqiy qarashlarining dunyoviy-diniy negizlarini fundamental jihatdan takomillashtirilgan holda tolerantlik tendensiyalari va ularning yaxlit borliq manzarasini shakllantirishdagi kommunikativ jihatdan o‘rni isbotlangan;
jamiyat barqarorligini ta’minlashda mutafakkirning jamiyat-davlat boshqaruvi, shaxslararo muloqot va zamonaviy boshqaruv salohiyatini shakllantirish hamda ularning ongiga milliy qadriyatlar ruhini singdirish kabi ijtimoiy-siyosiy g‘oyalari ta’sirchan vosita ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdurahmon Jomiy ijtimoiy-axloqiy qarashlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Abdurahmon Jomiy badiiy-adabiy va ilmiy-falsafiy asarlaridagi adolatli jamiyat va uning boshqaruvi haqidagi qarashlar, axloqiy mezonlar va qadriyatlar uyg‘unligiga oid ma’lumotlarning yangilanayotgan O‘zbekiston jamiyatida yosh avlodni vatanparvar, fidoiy, sadoqatli, kreativ tafakkurga, o‘zining mustaqil fuqaroviy pozisiyasiga ega shaxslar sifatida shakllantirishdagi amaliy ahamiyatiga oid taklif va xulosalardan “Falsafa” nomli o‘quv qo‘llanmaning 7- mavzu (“Axloq ilmining amaliy falsafa sohasidagi o‘rni” nomli) hamda 11, 13 va 14 (“Din-madaniyat fenimini”, “Islom dini tarixi va falsafasi”, “Islom qadriyarlari” nomli) mavzularda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan 302-0029 raqamli ruxsatnomasi). Natija Oliy ta’lim muassasasi fan dasturiga oid mavzularni o‘tish orqali ta’lim sifatini oshirishga hamda OTM talabalarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
Abdurahmon Jomiy ijtimoiy-axloqiy qarashlarining ilmiy tavsifi yangilanayotgan jamiyat taraqqiyoti asoslari va istilohlari mufassal bayon qilingan muhim badiiy, axloqiy manba tarzida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyaldan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi faoliyati samaradorligiga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 23 martdagi 04-01/04/20/2568-son ma’lumotnomasi). Natija O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi faoliyati orqali milliy ma’naviyatimizni boyitishga qaratilgan ma’rifiy ishlari yosh avlodning ma’naviy tarbiyasini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish uchun amaliy xizmat qilgan.
ijtimoiy-axloqiy ta’limotlar dialektikasining namoyon bo‘lish xususiyatlari Jomiy asarlaridagi munozaralar yordamida ilmiy tadqiq etilib, ijtimoiy-axloqiy qarashlarining dunyoviy-diniy negizlari takomillashtirilgan holda tolerantlik tendensiyalari va ularning yaxlit borliq manzarasini shakllantirishdagi o‘rniga oid xulosa va amaliy tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi”, “Avlodlarga munosib voris bo‘laylik”, “Biz buyuk allomalar farzandlarimiz”, “Ma’rifatli yoshlar - millat faxri” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 07 martdagi 02-22/194-son ma’lumotnomasi). Natija ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini yanada mazmunli bo‘lishiga xizmat qilgan.
Jomiy ilmiy merosi va milliy ma’naviyat o‘rtasidagi vorisiylik dialektik tamoyillar asosida o‘rganilib, jamiyat barqarorligini ta’minlashda mutafakkirning jamiyat-davlat boshqaruvi, shaxslararo muloqot va zamonaviy boshqaruv salohiyatini shakllantirish hamda ularning ongiga milliy qadriyatlar ruhini singdirish kabi ijtimoiy-siyosiy g‘oyalari ta’sirchan vosita ekanligiga oidxulosa va takliflardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining “Yoshlarni ma’naviy tafakkurini boyitish”, “Ma’rifiy merosni anglash” mavzusidagi targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023 yil 06 martdagi 01-23-06/03-23-son ma’lumotnomasi). Natija jamoat tashkiloti a’zolari va yosh avlod ma’naviy tarbiyasini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish uchun amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda namoyon bo‘lgan.