Qayumova Gavhar Abdushukurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Raqamli ta’lim muhitda talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish», 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3273. 
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Toshtemirov Doniyor Eshbayevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli ta’lim muhitda talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni individual qiziqishlar xilma-xilligi va ijodiy qobiliyatlar o‘zgaruvchanligi shaxsda o‘zini o‘zi anglash komponentlariga didaktik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan qayta ishlashga o‘rgatuvchi mantiqiy topshiriqlar mazmuniga produktiv darajalarda transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitda talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi ta’lim sub’ektlarining ijodiy pedagogik hamkorligini sifatli tashkil etish, ta’limni produktiv individuallashtirish va jadal texnologiyalashtirish hamda hisob-grafik topshiriqlarni izchil bajarish va o‘quv faoliyatini baholashda kognitiv mustaqillikni taminlash asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish modeli individual tayyorgarlik darajasini qiyosiy tahlil qilish, raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini xolis aniqlash hamda onlayn platformalardan vizual vositalar orqali foydalanish mazmunini o‘quv-kognitiv faoliyatning integrativ usullari bilan adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish mezonlari kognitiv-vizual yondashuv sharoitida animatsion-interaktiv slaydlar yaratish hamda raqamli ta’lim platformasida ortogonal ichki o‘zgarishlar va sertifikatlashtirish testlarini murakkabligiga ko‘ra maqsadli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni individual qiziqishlar xilma-xilligi va ijodiy qobiliyatlar o‘zgaruvchanligi shaxsda o‘zini o‘zi anglash komponentlariga didaktik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan qayta ishlashga o‘rgatuvchi mantiqiy topshiriqlar mazmuniga produktiv darajalarda transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YOA–1–22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grand doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28 yanvardagi 02-07-256/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada raqamlashtirilgan ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoniyati yaratilgan;
raqamli ta’lim muhitda talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi ta’lim sub’ektlarining ijodiy pedagogik hamkorligini sifatli tashkil etish, ta’limni produktiv individuallashtirish va jadal texnologiyalashtirish hamda hisob-grafik topshiriqlarni izchil bajarish va o‘quv faoliyatini baholashda kognitiv mustaqillikni taminlash asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ–2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taminlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28 yanvardagi 02-07-256/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ta’lim sifatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish modeli takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish modeli individual tayyorgarlik darajasini qiyosiy tahlil qilish, raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini xolis aniqlash hamda onlayn platformalardan vizual vositalar orqali foydalanish mazmunini o‘quv–kognitiv faoliyatning integrativ usullari bilan adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YoA–1–22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grand doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28 yanvardagi 02-07-256/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
raqamli ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish mezonlari kognitiv-vizual yondashuv sharoitida animatsion-interaktiv slaydlar yaratish hamda raqamli ta’lim platformasida ortogonal ichki o‘zgarishlar va sertifikatlashtirish testlarini murakkabligiga ko‘ra maqsadli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ–2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taminlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28 yanvardagi 02-07-256/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish mezonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish