Begmatov Raximkul Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda tajovuzkorlik hissi namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P165.
Ilmiy rahbar: Ro`ziqulov Faxriddin Rasulovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Karshiyeva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda tajovuzkorlik hissi namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini tahlil etish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda tajovuzkorlikni differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra hissiy kechinmalarni faoliyatda, ijtimoiylashuvda shaxs xususiyatlariga integrativ kuchayishi tufayli emotsional o‘zini-o‘zi nazorat qilish ustuvor omil ekanligi dalillangan;
talabalar tajovuzkorligini faoliyatda namoyon bo‘lishiga ko‘ra jizzakilik, ta’sirchanlikning ijtimoiylashuv jarayonida xulq-atvorga intensiv proeksiyalanishi tufayli shaxs xususiyatlarining emotsional konstruktlari muhim omil ekanligi isbotlangan;
talabalardagi tajovuzkorlikning shaxs xususiyatlariga bog‘liqligiga ko‘ra shaxslararo munosabatlarda asabiylik, o‘z-o‘ziga yo‘naltirilgan agressiya reaksiyalari, tortinchoqlikning faoliyat yo‘nalishiga bog‘liq ravishda differensiatsiyalashuvi tufayli negativizm, aybdorlik hissining ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
talabalarda tajovuzkorlik hissini rivojlanishi, shaxs xususiyatlaridagi emotsional komponentning muloqotda differensial reprezentatsiyalanishi ijtimoiylashuv bilan bog‘liq o‘zini nazorat qilishdagi psixologik to‘siqlarni kuchaytirganligi tufayli dushmanlik va agressiya indeksining integrativ shakllanishiga identiv ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda tajovuzkorlik hissi namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari mavzusidagi olib borilgan tadqiqot natijalari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda tajovuzkorlikni differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra hissiy kechinmalarni faoliyatda, ijtimoiylashuvda shaxs xususiyatlariga integrativ kuchayishi tufayli emotsional o‘zini-o‘zi nazorat qilish usutuvor omil ekanligi dalillanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-yanvardagi PM-04-sonli buyrug‘i bilan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 17-yanvardagi 17-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz laboratoriyalari ilmiy-metodik ta’minoti yanada boyishi ta’minlanishiga xizmat qilgan;
talabalar tajovuzkorligini faoliyatda namoyon bo‘lishiga ko‘ra jizzakilik, ta’sirchanlikning ijtimoiylashuv jarayonida xulq-atvorga intensiv proeksiyalanishi tufayli shaxs xususiyatlarining emotsional konstruktlari muhim omil ekanligi isbotlanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-yanvardagi PM-04-sonli buyrug‘i bilan “Rivojlanish psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 17-yanvardagi 17-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida talabalarda tajovuzkorlik hissini oldini olishni aniqlashning psixodiagnostik jihatlari takomillashtirilgan;
talabalardagi tajovuzkorlikning shaxs xususiyatlariga bog‘liqligiga ko‘ra shaxslararo munosabatlarda asabiylik, o‘z-o‘ziga yo‘naltirilgan agressiya reaksiyalari, tortinchoqlikning faoliyat yo‘nalishiga bog‘liq ravishda differensiatsiyalashuvi tufayli negativizm, aybdorlik xissining ustuvor harakterga ega ekanligi dalillanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-yanvardagi PM-04-sonli buyrug‘i bilan “Rivojlanish psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 17-yanvardagi 17-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar o‘quv faoliyatida tajovuzkor xulq-atvorga xos xususiyatlar bilan bog‘liq ilmiy-amaliy natijalarning boyitilishiga erishilgan;
talabalarda tajovuzkorlik hissini rivojlanishi shaxs xususiyatlaridagi emotsional komponentning muloqotda differensial reprezentatsiyalanishi ijtimoiylashuv bilan bog‘liq o‘zini nazorat qilishdagi psixologik to‘siqlarni kuchaytirganligi tufayli dushmanlik va agressiya indeksining integrativ shakllanishiga identiv ekanligi asoslanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-yanvardagi PM-04-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 17-yanvardagi 17-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi oliy ta’lim sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar va amaliyotchi psixologlarning tajovuzkor xulqli yoshlar bilan ishlash kompetensiyalarining takomillashuviga keng xizmat qilgan.