Norqo‘zieva Dilrabo Sheralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktab o‘quvchilarida konstruktiv xulqni shakllantirish dinamikasi», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Psi90.
Ilmiy rahbar: To‘laganova Gulchehra Qo‘chqarovna, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Tojiboeva Gulxumor Raxmonjonovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab o‘quvchilarida konstruktiv xulqni shakllantirish dinamikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab o‘quvchilarida konstruktiv xulqni shakllantirishda agressiya (jismoniy, verbal) va rigidlik, frustratsion sifatlarning xulqda integrativ namoyon bo‘lishi tufayli shaxsning «Men» strukturasiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi dalillangan;
o‘quvchilar konstruktiv xulq-atvoridagi differensial farqlarning mavjudligiga ko‘ra, shaxslararo munosabatlar tizimida «qochish», «moslashish», «kelishuv», «raqobat» strategiyalarining xulqqa integrativ namoyon bo‘lish tufayli nizoli vaziyatlarda ota-ona-o‘qituvchi-o‘quvchi poliadik hamkorligining ustuvor xarakterga egaligi asoslangan;
o‘quvchilar konstruktiv xulqini shakllantirishda o‘quv faoliyati motivatsiyasining kognitiv, kommunikativ, hissiy bilish jihatlarini o‘quvchi pozisiyasiga ustuvorlik berish orqali rivojlanishi tufayli shaxslararo munosabatlar tizimi integrativ ta’sir xususiyatga egaligi dalillangan;
maktab o‘quvchilarida konstruktiv xulqni shakllantirish modeli konativ, emotsional, kognitiv boshqaruvchanlikning agressiv, nizoli, affektiv qo‘zg‘aluvchan xulq-atvorni dinamik o‘zgarishiga integratsiyasi muhimligi tufayli xulq-atvor strategiyasini modifikatsiyalashning «kognitiv-bixevioral» komponentini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab o‘quvchilarida konstruktiv xulqni shakllantirish dinamikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
maktab o‘quvchilarida konstruktiv xulqni shakllantirishda agressiya (jismoniy, verbal) va rigidlik, frustratsion sifatlarning xulqda integrativ namoyon bo‘lishi tufayli shaxsning “Men” strukturasiga korresion-adaptiv ta’sir etish muhimligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 atdhfklfub PM-09-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 11 fevraldagi PM-09-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘quvchilarida konstruktiv xulqni shakllantirishda «Men» strukturasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi psixik holatlarni korreksion-adaptiv usullardan foydalanishning ustuvorlik imkoniyatlari asoslangan.
o‘quvchilar konstruktiv xulq-atvoridagi differensial farqlarning mavjudligiga ko‘ra, shaxslararo munosabatlar tizimida «qochish», «moslashish», «kelishuv», «raqobat» strategiyalarining xulqqa integrativ namoyon bo‘lish tufayli nizoli vaziyatlarda ota-ona-o‘qituvchi-o‘quvchi poliadik hamkorligining ustuvor xarakterga egaligi asoslanganligiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 atdhfklfub PM-09-sonli buyrug‘i bilan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 11 fevraldagi PM-09-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning konstruktiv xulq-atvor strategiyalarini namoyon bo‘lishi jarayonida hamkorlik usulining ustuvor xarakterga egaligini dalillash imkoniyati yaratilgan.
o‘quvchilar konstruktiv xulqini shakllantirishda o‘quv faoliyati motivatsiyasining kognitiv, kommunikativ, hissiy bilish jihatlarini o‘quvchi pozisiyasiga ustuvorlik berish orqali rivojlanishi tufayli shaxslararo munosabatlar tizimi integrativ ta’sir xususiyatga egaligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 atdhfklfub PM-09-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 11 fevraldagi PM-09-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchining o‘quv faoliyatiga oid pozisiyasini rivojlantirishda shaxslararo munosabatlar tizimining integrativ ta’sir xususiyatlari tasniflangan.
maktab o‘quvchilarida konstruktiv xulqni shakllantirish modeli konativ, emotsional, kognitiv boshqaruvchanlikning agressiv, nizoli, affektiv qo‘zg‘aluvchan xulq-atvorni dinamik o‘zgarishiga integratsiyasi muhimligi tufayli xulq-atvor strategiyasini modifikatsiyalashning “kognitiv-bixevioral” komponentini kiritish asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 atdhfklfub PM-09-sonli buyrug‘i bilan “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 11 fevraldagi PM-09-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘quvchilarida konstruktiv xulqni shakllantirishda kognitiv, emotsional, konativ boshqaruvchanlik modelini yaratish orqala uslubiy taviyalar takomillashtirilgan.