Fayzieva Mavluda Xudayarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ixtimoiy-etnik asoslari», 19.00.05 –Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2020.4.DSc/P41.
Ilmiy maslahatchi: Jabborov Azim Meliqulovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Farfieva Kamola Atxamjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy etnik asoslarini tadqiq qilish asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
shaxs psixologik himoya mexanizmining strukturaviy funksional holatini differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra «o‘rnini egallash», «rad etish», «loyihalashtirish» himoya dizaynining qiyinchiliklarni nazorat qilishga intilishga bog‘liq ravishda pasayishi tufayli talabalarda «kompensatsiya», «giperkompensatsiya», «ratsionalizatsiya» mexanizmining kamroq kuchlanishda ifodalanishi dalillangan;
shaxsdagi ibtidoiy mexanizmlardan foydalanish chastotasini kamayishi faoliyatning kognitiv tahlili proektiv tafakkurga bog‘liq talaba profiliga integrativ rivojlanishi tufayli psixologik himoyaning yuksak mexanizmlarini qo‘llashning kuchlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan;
talabalarda psixologik himoya mexanizmining konstruktiv va destruktiv tarzda ifodalanishi “muammodan qochish”, “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash”ning kasbiy refleksiyaga bog‘liq ravishda rivojlanishi tufayli shaxsdagi koping xulq-atvor strategiyasini namoyon bo‘lishiga identiv ekanligi asoslangan;
konstruktiv psixologik himoyani dizaynini modellashtirishda kasbiy va milliy o‘z-o‘zini anglashning “baholash”, “faoliyat” integral xususiyatlarini o‘zaro uyg‘un rivojlanishi muhimligiga ko‘ra “tabiiy”, “empirik”, “nazariy” darajaviy mezonni differensiatsiyalash zarurati asoslangan; 
shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirish modeli ijtimoiy ta’sir mexanizmlarini anglanilishi, vaziyatga pozitiv munosabat va o‘z hatti-harakatlarini refleksiv nazorat qilishning sotsial adaptatsiyani ta’minlashiga asoslanib, konstruktiv psixologik himoya mexanizmning diagnostik-aniqlovchi, prognostik-yo‘naltiruvchi, konstruktiv-loyihalovchi, axborotni anglovchi (sharhlovchi), kommunikativ-rag‘batlantiruvchi, tahliliy-baholovchi, ijodiy-tadqiqiy faoliyat shakllarini kiritish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ixtimoiy-etnik asoslari yuzasidan olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
shaxs psixologik himoya mexanizmining strukturaviy funksional holatini differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra «o‘rnini egallash», «rad etish», «loyihalashtirish» himoya dizaynining qiyinchiliklarni nazorat qilishga intilishga bog‘liq ravishda pasayishi tufayli talabalarda «kompensatsiya», «giperkompensatsiya», «ratsionalizatsiya» mexanizmining kamroq kuchlanishda ifodalanishini dallilashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-sonli buyrug‘iga binoan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda psixologik himoya mexanizmi shakllanishining ijtimoiy-psixologik hamda ijtimoiy etnik xususiyatlarini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
shaxsdagi ibtidoiy mexanizmlardan foydalanish chastotasini kamayishi faoliyatning kognitiv tahlili proektiv tafakkurga bog‘liq talaba profiliga integrativ rivojlanishi tufayli psixologik himoyaning yuksak mexanizmlarini qo‘llashning kuchlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligini dalillashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-sonli buyrug‘iga binoan “Ontogenez psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllanishiga doir ijtimoiy etnik asoslar takomillashtirilgan;
talabalarda psixologik himoya mexanizmining konstruktiv va destruktiv tarzda ifodalanishi “muammodan qochish”, “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash”ning kasbiy refleksiyaga bog‘liq ravishda rivojlanishi tufayli shaxsdagi koping xulq-atvor strategiyasini namoyon bo‘lishiga identiv ekanligi asoslashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-sonli buyrug‘iga binoan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda psixologik himoya mexanizmining ijtimoiy etnik asoslarini shakllanishi imkoniyati oshirilgan;
konstruktiv psixologik himoyani dizaynini modellashtirishda kasbiy va milliy o‘z-o‘zini anglashning “baholash”, “faoliyat” integral xususiyatlarini o‘zaro uyg‘un rivojlanishi muhimligiga ko‘ra “tabiiy”, “empirik”, “nazariy” darajaviy mezonni differensiatsiyalash zaruratini asoslashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-sonli buyrug‘iga binoan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologik himoya mexanizmi shakllanishining konstruktiv jihatlari rivojlantirishning amaliy imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan; 
shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirish modeli ijtimoiy ta’sir mexanizmlarini anglanilishi, vaziyatga pozitiv munosabat va o‘z hatti-harakatlarini refleksiv nazorat qilishning sotsial adaptatsiyani ta’minlashiga asoslanib, konstruktiv psixologik himoya mexanizmning diagnostik-aniqlovchi, prognostik-yo‘naltiruvchi, konstruktiv-loyihalovchi, axborotni anglovchi (sharhlovchi), kommunikativ-rag‘batlantiruvchi, tahliliy-baholovchi, ijodiy-tadqiqiy faoliyat shakllarini kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-sonli buyrug‘iga binoan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-91-a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslarini aniqlash imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish