Mustafoev Shaxboz Shuxratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Islom me’morchiligida girix va muqarnaslarni tuzish xamda ularni tiklash muammolari», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/A62.
Ilmiy rahbar: Yusupova Mavlyuda Aminjonovna, me’morchilik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Salimov Orifjon Muslimovich, me’morchilik fanlari doktori, professor; Xudoyarova Mavlyuda Baxrievna, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston islom me’morchiligida girih va muqarnaslarning kelib chiqishi tarixi, tadrijiy rivojlanishi, o‘ziga xosligini ochib berish, turlarini aniqlash, geometrik modulini shakllantirish, grafik rekonstruksiya takliflari hamda zamonaviy arxitektura ob’ektlari uchun loyihalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston islom davriga qadar arxitekturasida girih va muqarnaslarning tadrijiy rivojlanishi, hususiyatlari, ularning ilk “proto” ko‘rinishlari – “bag‘al” hamda “izora”(devorning bezakdor paneli) qismlarida shakllanganligi isbotlangan;
ⅤⅢ-ⅩⅣ asrlarda girih va muqarnaslar uch bosqichda shakllanganligi, girihlarning ikki (“xazorbof”, “doira” asosli), muqarnaslarning bitta (“to‘rtburchak asosli”) turi aniqlanib, ⅩⅠⅤ-ⅩⅩ asr boshlarida girihlarning asosiy ikki (“Bannoi”, “Poligonal” asosli), muqarnaslarning uch (“Muqarnas”, “Iroqi” va “Chorzamin yoki Aralash”) guruhlari va turlarining mavjudligi O‘rta Sharq mamlakatlari qo‘lyozmalari bilan qiyosiylash asosida isbotlangan;
O‘zbekiston me’moriy yodgorliklari bezagidagi girih va muqarnaslarni mumtoz qoidalar bo‘yicha ta’mirlash, tuzish va zamonaviy arxitektura inshootlarida to‘g‘ri foydalanishda “poligonal” usuldan foydalanish yaxshi samara berishi ochib berilgan;
zamonaviy arxitekturada girih va muqarnaslarni geometrik mutanosiblikdan chiqmagan holda qo‘llash muammolarini bartaraf etish, mavjud tarixiy qo‘lyozma manbalardagi taxbinlardan amaliyotda samarali foydalanish bo‘yicha taklif loyihalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston Islom me’morchiligida girih va muqarnaslarni tuzish hamda ularni tiklash muammolari” mavzusidagi tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar asosida:
girih va muqarnaslarning tarkibiy qisimlarining kelib chiqishi, ko‘rgazmali lug‘ati arxiv manbalari asosida ishlab chiqilgan, ularning to‘liq tadqiq etilmagan turlarining geometrik tahlillari, grafik rekonstruksiyalari raqamlashtirilib, tiklash loyihalari YUNESKOning Markaziy Osiyo Xalqaro Tadqiqot Instituti (MOXTI) va Buyuk Britaniyaning London Universiteti (UCL) loyihasi ARCADIA jamg‘armasi granti doirasida foydalanilgan (“YUNESKO”ning MOXTI tomonidan 2022 yil 13 noyabrda berilgan 323-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro “Daftar-i girih” qo‘lyozmalarining me’moriy yodgorliklar bezaklarida to‘liq tadqiq etilmagan manbalari ilmiy muomalaga kiritilgan, mazkur qo‘lyozmalarni saqlab qolishda va asl ko‘rinishini tiklashda xizmat qiluvchi elektron nusxalari yaratilgan;
ⅤⅢ-ⅩⅣ asrlarda girih va muqarnaslar uch bosqichda shakllanganligi, girihlarning ikki (“xazorbof”, “doira” asosli), muqarnaslarning bitta (“to‘rtburchak asosli”) turi aniqlanib, ⅩⅠⅤ-ⅩⅩ asr boshlarida girihlarning asosiy ikki (“Bannoi”, “Poligonal” asosli), muqarnaslarning uch (“Muqarnas”, “Iroqi” va “Chorzamin yoki Aralash”) guruhlari va turlarining mavjudligi O‘rta Sharq mamlakatlari qo‘lyozmalari bilan qiyosiylash asosida isbotlangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 2 iyuldagi 01-05/2323-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur agentlik tomonidan loyihalar me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash va mamlakatimizning turizm salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi tasdiqlangan;
me’moriy yodgorliklar bezaklaridagi girih va muqarnaslarni ilmiy asosda ta’mirlash, ularni an’anaviy usullarda tuzish va zamonaviy arxitektura ob’ektlarida to‘g‘ri foydalanishda “poligonal” usuldan foydalanish yaxshi samara berishi, mazkur usul vositasida girix va muqarnaslarini tuzish taklif loyihalaridan Toshkent shahrida bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy kirish peshtoqida foydalanilgan (“Usto” Respublika Uyushmasining 2020 yil 02 noyabrdagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada “Usto” Respublika Uyushmasi direktori, O‘zbekiston halq ustasi, akademik M.N. Murodov tomonidan amalietda loyihalar va modul tizimi amaliyotda yaxshi samara berishi tasdiqlangan; 
hozirda girih va muqarnaslarni zamonaviy arxitekturada amaliy to‘g‘ri qo‘llashda vujudga kelayotgan muammolardan biri – bu geometrik mutanosiblikning buzilishi ekanligi, bunda an’anaviy mavjud usullarga tayangan holda, tarixiy qo‘lyozma manbalardagi taxbinlardan samarali va to‘g‘ri foydalanish usullari yuzasidan taklif loyihalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida bunyod etilayotgan Buxoro shahridagi Islom sivilizatsiyasi institutining kirish peshtoqi, “Qur’on zali” hamda Samarqanddagi Imom al-Buxoriy maqbarasining “Go‘rxona” shifti bezaklarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 09-06/9897-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar nafaqat girix va muqarnaslarni tuzishda, balki ta’mirlashda ham o‘z samarasini berishi xalqaro IKOMOS uyushmasi a’zosi, ustazoda Baxtiyor Bobomurodov amaliyotida tasdiqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish