Dadamuxamedov Bobir Fasixitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shrifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX – XXI asr boshlari O‘zbekiston zargarlik maktablarining mahalliy xususiyatlari”, 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/San117.
Ilmiy rahbar: Xakimov Akbar Abdullayevich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Aliyeva Surayyo Sharipovna, san’atshunoslik fanlari doktori; Abdullayeva Shaxlo Qurbonbo‘riyevna, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston zargarlik san’ati maktablarining tarixiy, badiiy, texnik-texnologik kabi bir qator omillari hamda an’anaviy zargarlik maktablarini bir-biridan farqlash, ularning mahalliy xususiyatlari, asosiy rivojlanish bosqichlari va badiiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning 30-80-yillarida sanoatlashgan tizimga asoslangan, qolipdan chiqarilgan, “quyma” texnikasiga oid bir xil turdagi taqinchoqlarning yasalishi kabi salbiy hamda aholining barcha qatlami uchun mo‘ljallangan, “naqshi girdob”, “chirmovuq”, “bodom”, “band” kabi an’anaviy naqshlardan iborat “Shibirma” sirg‘asi, “Tapishi dil” bo‘yin bezagining yaratilishi va keng muomalaga kiritilishi kabi ijobiy jihatlari aniqlangan;
XIX-XX asrlarda “simkori”, “sovotkori”, “shabaka”, “minokori”, “tagnishin”, “qadama”, “tillahal” kabi texnikalar yetakchilik qilgan bo‘lsa, XXI asrga kelib ularning safiga “mokume-gane”, “dili kaptar” (“kaptar bo‘yin”), “rodiylash”, “lazerli payvandlash”, “lazerli o‘ymakorlik”, “frezerli o‘ymakorlik”, “3D o‘stirish” (vaks, polimer, metall) kabi innovatsion texnikalar kirib kelganligi dalillangan;
XX asrning 30-yillariga kelib Xorazm va Surxondaryo zargarlik maktablarining faoliyati butkul to‘xtab qolganligi, mustaqillikning ilk yillaridan boshlab mazkur maktablarning an’analari Buxoro va Toshkent maktablar zargarlarining ijodida aks etayotganligi isbotlangan; 
Zamonaviy zargarlik san’ati ustalari ijodida bezak naqshlaridagi ramzlar va mifopoetik semantika uyg‘unligi bilan bog‘liq majoziylik hamda dekorativ ekspressivlikka yo‘g‘rilgan zamonaviy uslub asosidagi zargarlik buyumlari dizayni kabi ikki tendensiyadagi taqinchoqlarni mustaqil san’at ob’yekti sifatida shakllanganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX – XXI asr boshlari O‘zbekiston zargarlik maktablarining mahalliy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XX asrning 30-80-yillarida sanoatlashgan tizimga asoslangan, qolipdan chiqarilgan, “quyma” texnikasiga oid bir xil turdagi taqinchoqlarning yasalishi kabi salbiy hamda aholining barcha qatlami uchun mo‘ljallangan, “naqshi girdob”, “chirmovuq”, “bodom”, “band” kabi an’anaviy naqshlardan iborat “Shibirma” sirg‘asi, “Tapishi dil” bo‘yin bezagining yaratilishi va keng muomalaga kiritilishi kabi ijobiy jihatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Etno” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanildi (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 22 fevraldagi 01-45-439-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvda XIX – XXI asr boshlari O‘zbekiston zargarlik san’atiga oid to‘liq o‘rganilmagan badiiy jarayonlar, xususan an’anaviy zargarlik maktablaridagi mavjud maishiy, madaniy, tarixiy, etnik, ijodiy o‘zgarishlar keng yoritilishiga xizmat qilgan;
XIX-XX asrlarda “simkori”, “sovotkori”, “shabaka”, “minokori”, “tagnishin”, “qadama”, “tillahal” kabi texnikalar yetakchilik qilgan bo‘lsa, XXI asrga kelib ularning safiga “mokume-gane”, “dili kaptar” (“kaptar bo‘yin”), “rodiylash”, “lazerli payvandlash”, “lazerli o‘ymakorlik”, “frezerli o‘ymakorlik”, “3D o‘stirish” (vaks, polimer, metall) kabi innovatsion texnikalar kirib kelganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Etno” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 22 fevraldagi 01-45-439-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv zargarlikdagi mavjud an’anaviy va innovatsion texnikalar zargarlik taqinchoqlarida o‘zaro uyg‘un qo‘llanilayotganligini ochib berilishiga xizmat qilgan;
XX asrning 30-yillariga kelib Xorazm va Surxondaryo zargarlik maktablarining faoliyati butkul to‘xtab qolganligi, mustaqillikning ilk yillaridan boshlab mazkur maktablarning an’analari Buxoro va Toshkent maktablar zargarlarining ijodida aks etayotganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalardan “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyidagi noyob eksponatlarning 3D animatsiyali virtual galereyasini yaratish” amaliy loyihasida ko‘zda tutilgan ashyolarning ilmiy tavsiflarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2022 yil 16 dekabrdagi PZ75008106-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan Xorazm maktabiga xos bo‘lgan zargarlik namunalarining ilmiy tavsiflarini yozishga va ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
zamonaviy zargarlik san’ati ustalari ijodida bezak naqshlaridagi ramzlar va mifopoetik semantika uyg‘unligi bilan bog‘liq majoziylik hamda dekorativ ekspressivlikka yo‘g‘rilgan zamonaviy uslub asosidagi zargarlik buyumlari dizayni kabi ikki tendensiyadagi taqinchoqlarni mustaqil san’at ob’yekti sifatida shakllanganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Etno” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 22 fevraldagi 01-45-439-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv zamonaviy zargarlikda faoliyat yuritayotgan zargarlarning ijodiy izlanishlarida asarlarning innovatsion yo‘nalishlari bilan bog‘liq ilmiy ma’lumotlar orqali yoritilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish