Jumaniyazov Anvarbek Bekchanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport menejmenti yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1450.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01. 
Ilmiy rahbar: Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Rasmiy opponentlar: Dadaboyev Odiljon Jalolidinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Arziqulov Muqum O‘ralovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport menejmenti yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy harakat tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun mashg‘ulot yuklamalarni rejalashtirish, ratsional taqsimlash, umumiy hamda maxsus tayyorgarlik vositalarini maqsadli tanlashga qaratilgan uslubiyat “Loyihalash” modelini ishlab chiqish hisobiga takomillashtirilgan; 
talabalarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun organizmni harakatga bo‘lgan ehtiyojini qoplash va ortiqcha toliqishini keltirib chiqarmaydigan vosita va usullarni ratsional tanlashga qaratilgan “Besh kurash” mashg‘ulotlarini ishlab chiqish hisobiga musobaqa dasturlari bo‘yicha jamoa bo‘lib ishlash imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligidagi katta farqlarni muvofiqlashtirish uchun mashg‘ulot va musobaqa jarayonlari modellashtirilib, maxsus harakatlarni dominantligini aniqlashda “ko‘p funksiyali shkala”ni ishlab chiqish hisobiga ortda qolayotgan jismoniy sifatlarni maqsadli tanlash hamda oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarning jismoniy ko‘rsatkichlarini amalga oshirish uchun shiddatli yuklamalarni yuqori darajada bajarishda – sifat bosqichini, amaliy jismoniy tarbiya vositalarini tarkibini aniqlashga, ularni maqsadli va vaqt bo‘yicha ketma-ketlikda taqsimlashga hamda mashg‘ulotlarning tegishli shkalalarini tanlashga imkon beradigan – texnologik bosqichini, natijalarni tahlil qilish uchun - nazorat turlarini o‘zida jamlagan “Amaliy jismoniy tayyorgarlik modeli”ni ishlab chiqish hisobiga kasbiy mahorat darajasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport menejerlarida amaliy mashg‘ulot jarayonlaridagi faoliyatlarini takomillashtirish, keng mulohazaga tayangan holda harakat qilish tizimini yaratish, mavjud muammolarga nisbatan kreativ yondashuv qobiliyatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun mashg‘ulot yuklamalarni rejalashtirish, ratsional taqsimlash, umumiy hamda maxsus tayyorgarlik vositalarini maqsadli tanlashga qaratilgan “Loyihalash” modeli ishlab chiqilib, uslubiyatni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar Mirzo ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ta’lim jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 22 dekabrdagi 06-01/06/13/9486-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning 100 m ga yugurish ko‘rsatkichlari 0,91 soniyaga va 2 kg to‘ldirma to‘pni uloqtirish ko‘rsatkichlari 1,3 m ga yaxshilangan;
talabalarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun organizmni harakatga bo‘lgan ehtiyojini qoplash va ortiqcha toliqishini keltirib chiqarmaydigan vosita va usullarni ratsional tanlashga qaratilgan “Besh kurash” mashg‘ulotlari ishlab chiqilib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ta’lim jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 22 dekabrdagi 06-01/06/13/9486-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya va sport menejmenti ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning 3000 m ga yugurish natijalari 102,2 soniyaga yaxshilangan;
talabalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligidagi katta farqlarni muvofiqlashtirish uchun mashg‘ulot va musobaqa jarayonlari modellashtirilib, maxsus harakatlarni dominantligini aniqlashda “ko‘p funksiyali shkala” ishlab chiqilib, “Yengil atletikani o‘rgatish metodikasi” fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 22 dekabrdagi 06-01/06/13/9486-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 14,3% ga yaxshilangan;
talabalarning jismoniy ko‘rsatkichlarini amalga oshirish uchun shiddatli yuklamalarni yuqori darajada bajarishda – sifat bosqichini, amaliy jismoniy tarbiya vositalar tarkibini aniqlashga, ularni maqsadli va vaqt bo‘yicha ketma-ketlikda taqsimlashga hamda mashg‘ulotlarning tegishli shkalalarini tanlashga imkon beradigan – texnologik bosqichini, natijalarni tahlil qilish uchun - nazorat turlarini o‘zida jamlagan “Amaliy jismoniy tayyorgarlik modeli” ishlab chiqilib, portlovchi kuch sifatini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar Urganch davlat universitetida talabalarning amaliy mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 22 dekabrdagi 06-01/06/13/9486-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning joyidan turib uzunlikka sakrash ko‘rsatkichlari 38,7 smga va joyidan turib uch xatlab sakrash ko‘rsatkichlari 109,8 smga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish