Kutlimuradov Karamaddin Allabayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish texnologiyalari (texnologik ta’lim yo‘nalishi misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped2556
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘rayev Xusniddin Oltinboyevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirov Baxtiyor Eshmurzayevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirishning ilmiy metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarning milliy qadriyatlar asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish omillariga ustuvorlik berish asosida “ta’limiy qadriyatlar mazmuni + qadriyarlarning rivojlanish piramidasi + talabalarning ijtimoiy salohiyatining identivligi”ni ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik modeli pedagogik jarayonlarning qonuniyatlariga ustuvorlik berish asosida maqsadli, jarayonli va natijaviy bloklarning ichki integratsiyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan kognitiv (bilish), affektiv (hissiy-qadriyatli) va psixomotorik (harakatli) o‘quv maqsadlariga mos tayanch, kasbiy va maxsus kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish tendensiyalari orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik tizimi hunarmadchilikka oid kasbiy kompetensiyalarni Blum taksonomiyasi bilan adaptivligini ta’minlash orqali xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash fanini o‘qitish jarayonida loyihalash metodi, clever portfolio va “Eminbar” texnologiyalarini modifikatsiyalash asosida optimallashtirilgan;
nazariy va amaliy ta’lim jarayonida auditoriya (nazariy, amaliy, ko‘rgazmali) va auditoriyadan tashqari (“Crafs” to‘garagi, ustoz-shogird an’anasi, malakaviy amaliyot) o‘qitishga doir mashg‘ulotlarni kasbiy kompetlentikning komponentlari bilan uyg‘unlashtirish orqali bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini qoraqalpoq milliy qadriyatlari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ichlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarning milliy qadriyatlar asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlarini psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish omillariga ustuvorlik berish asosida “ta’limiy qadriyatlar mazmuni + qadriyarlarning rivojlanish piramidasi + talabalarning ijtimoiy salohiyatining identivligi”ni ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan hamda qaror ilovasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta’minlash” deb atalgan 4-bandining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022 yil 11-yanvardagi 03-05-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar texnologiya fanining mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar hamda metodik qo‘llanmalarni yaratishga xizmat qilgan;
nazariy va amaliy ta’lim jarayonida auditoriya (nazariy, amaliy, ko‘rgazmali) va auditoriyadan tashqari (“Crafs” to‘garagi, ustoz-shogird an’anasi, malakaviy amaliyot) o‘qitishga doir mashg‘ulotlarni kasbiy kompetlentikning komponentlari bilan uyg‘unlashtirish orqali bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini qoraqalpoq milliy qadriyatlari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun texnologiya fanlari bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiyalar ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (texnologik ta’lim)” (2014 y) mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 4-avgustdagi 178-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish texnologiyalarining sifat va samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik modelini pedagogik jarayonlarning qonuniyatlariga ustuvorlik berish asosida maqsadli, jarayonli va natijaviy bloklarning ichki integratsiyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan kognitiv, affektiv va psixomotorik o‘quv maqsadlariga mos tayanch, kasbiy va maxsus kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish tendensiyalari orqali takomillashtirish hamda uning metodik tizimini xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash fanini o‘qitish jarayonida loyihalash metodi, clever portfolio va “Eminbar” texnologiyalarini modifikatsiyalash asosida optimallashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universitetining Yevropa Ittifoqining ERASMUS+dasturi doirasidagi 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER-xududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat xamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 2-noyabrdagi 02-07-3864/04-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-metodik ta’minot bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirishga xizmat qilgan.