ZIYaMUXAMEDOVA Umida Alijonovnaning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T311.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Kompozision polimer qoplamalarning paxta bilan o‘zaro ta’sirlashuvida strukturaviy moslashuvining o‘ziga xos jihatlari va ularni olish texnologiyasi», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: –
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.T/FM.02.02.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Pedagogik ish tajribasiga qo‘yilgan talabning bajarilgani: 2009 yildan Toshkent davlat texnika universiteti Neft` va gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi dotsenti.
Malakaviy imtihonlar topshirilgan sana va natijasi: O‘zbekistonning eng yangi tarixi (02.05.2013) – 69 (qoniqarli); ingliz tili (31.05.2013) - 56 (qoniqarli); matematik modellashtirish va matematik statistika asoslari (17.05.2013) – 83 (yaxshi); mashinasozlikda materialshunoslik (28.11.2013) – 80 (yaxshi).
II. Nashr ishlari. Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:
a) O‘zbekiston Respublikasi OAK nashrlari ro‘yxatiga kiritilgan 5 ta milliy ilmiy jurnalda 9 ta ilmiy maqola, 2 ta xorijiy ilmiy jurnalda 3 ta ilmiy maqola nashr qilingan, 2 ta O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtirolik patenti olingan (31.01.2013 IAP №04645; 10.10.2013IAP №04774).
b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida 10 ta ma’ruza tezisi e’lon qilingan (jumladan: 2005, Moskva; 2005, Sankt –Peterburg, Saratov; 2005, Turkiya; 2009, Toshkent).
III. Tadqiqot maqsadi kompozision polimer qoplamalarning paxta bilan o‘zaro ta’sirlanishuvida strukturaviy moslashuvni hisobga olgan holda samarali material va ularni olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
IV. Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:
tabiatan har xil polimer materiallarning o‘zaro friksion ta’sirlanishuvida geometrik va termodinamik parametrli strukturaviy moslashuvlarning takomillashgan mexanizmi taklif etilgan;
paxta tolasini muhofazalashning strukturaviy moslashuvga son va sifat jihatdan ta’siri ochib berilgan;
strukturaviy moslashuv jarayonida to‘ldiruvchining laminar strukturasi tufayli elektr o‘tkazuvchi zanjirchalar hosil bo‘lishi oqibatida friksion tribomoslashuv tribozaryad zichligi, ishqalanish koeffisienti va paxtaning nisbiy mexanik jarohatlanishi miqdorlari kamaytirilishi aniqlangan;
aktivatsion-geliotexnologiya usulida geterokompozit polimer qoplamalar olishda gossipol smolasining samarali strukturalovchi modifikator ekanligi aniqlangan;
to‘ldiruvchi zarrachalarning qoplama qalinligi bo‘yicha og‘irlik kuchi tufayli gradientli tarqalishini bartaraf etib, optimal strukturalashni ta’minlaydigan yangi usul taklif etilgan;
aktivatsion-geliotexnologiya usulida olingan geterokompozit qoplamalarni mexanik-kimyoviy modifikatsiyalashda nanokompleks birikmalar hosil bo‘lish mexanizmi ilk bor taklif etilgan.
V. Dissertatsiyani amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari. Kompozit polimer qoplamalarni paxta bilan o‘zaro tasirlashuvida strukturaviy moslashuvchanlikni tadqiqotlash natijasida:
O‘zbekiston Davlat standarti O‘zDSt 2822:2014 ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy xujjatlar davlat fondiga kiritilgan («O‘zstandart» agentligining 2014 yil 25 dekabrdagi 1886/09-sonli dalolatnomasi);
«O‘zpaxtasanoat» uyushmasi tizimidagi korxonalar, jumladan «Qo‘rg‘ontepa paxta tozalash zavodi» AJ, «So‘fiqishloq paxta tozalash zavodi» AJ va «Namangan 3-son paxta tozalash» AJ (2002-2009 yillar) korxonalarida O‘zR IAP04645-sonli va IAP04774-sonli patentlari bilan himoyalangan kompozitlar joriy etilgan. Ishlab chiqilgan yangi tarkibli qoplamalarning texnologik jihozlar ishchi sirtlarida qo‘llanib joriy etilishi natijasida paxta jarohatlanishi 0,35-0,85 foizga va chigitning ezilishi 1,5-2,0 martaga kamaygan, mashinalar unumdorligi 10-15 foizga oshgan, energiya iste’moli esa 8-10 foizga kamaygan. («O‘zpaxtasanoat» uyushmasining 2014 yil 28 oktyabr` 20/2242-sonli dalolatnomasi).
«O‘zpaxtamash» OAJga taqdim etilgan texnologik reglament asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayoni bir batareyali paxta tozalash zavodida yiliga 78,8 mln. so‘m iqtisodiy samara beradi («O‘zpaxtamash» OAJning 2011 yil 26 oktyabr` 525/680-sonli dalolatnomasi).