Jo‘raev Baxtiyor G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Seysmoizolyasiya elementlari yordamida kam qavatli g‘ishtli binolar zilzilabardoshligini oshirish va baholash”, 05.09.01 – “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T956.
Ilmiy rahbar: Razzaqov Sobirjon Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Shaumarov Said Sanatovich, texnika fanlari doktori, professor Ibragimov Baxrom Toshmuratovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Seysmoizolyasiya elementlari yordamida kam qavatli g‘ishtli binolar zilzilabardoshligini oshirish va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kam qavatli g‘ishtli binolar seysmoizolyasiya elementi uchun tayyorlangan namunalarining (k1)-gorizontal, (k2)-vertikal yo‘nalishlardagi bikrligi, G-siljish moduli, Es-siqilishdagi elastiklik moduli va
γ-siljish deformatsiyasi aniqlangan hamda kam qavatli binolar uchun seysmoizolyasiya energiya so‘ndiruvchi elementi eksperimental-nazariy yondoshuv asosida ishlab chiqilgan;
seysmoplatformada seysmoizolyasiyali va seysmoizolyasiyasiz bino modellarini seysmik kuch ta’sirlariga sinash asosida tezlanish, tezlik, ko‘chishlari bo‘yicha ilmiy natijalar olingan hamda konstruksiyalardagi kuchlanganlik - deformatsiyalanuvchanlik holati bo‘yicha seysmoizolyasiyali bino konstruksiyalarida normal va urinma kuchlanishlarni hamda zo‘riqishlarni kamayishi aniqlangan;
amaliy tadqiqotlar asosida g‘ishtli binolarda seysmoizolyasiya elementli konstruksiyalardan foydalanish loyihaviy seysmik yukni
2-3 barobar kamaytirishi ya’ni, qurilish maydonining seysmiklik darajasini 1-1,5 ballga pasaytirishi aniqlangan;
seysmoizolyasiya elementining chiziqli deformatsiyalarini hisobga olgan holda, ETABS dasturi yordamida binolarning kuchlanganlik-deformatsiyanuvchanlik holati, mustahkamligi yuqori aniqlikda nazariy aniqlangan va baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Seysmoizolyasiya elementlari yordamida kam qavatli g‘ishtli binolarning zilzilabardoshligini oshirish va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
2021-yil 13-sentyabrdagi O‘RQ-713 sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ilovasida keltirilgan seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan II toifa ob’ektlari ro‘yxatiga kiruvchi kam qavatli binolarning zilzilabardoshligini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan eksperimental sinov ishlarida g‘ishtli binolarni seysmik kuchlar ta’sirida kuchlanganlik-deformatsiyalanuvchanlik holati aniqlangan, sinov usullari va ilmiy tadqiqot natijalari, nazariy hisoblashlar va eksperimental tadqiqotlar asosida olingan ilmiy yangiliklari foydalanish uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 3-fevraldagi №19-sonli ma’lumotnomasi). Bu ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalari asosida QMQ 2.03.01-19 “Seysmik hududlarda qurilish” ga aktiv seysmik himoya usullarini qo‘llash bo‘yicha asosli ravishda yangi band kiritish imkoniyatini beradi;
seysmik hududlarda quriladigan kam qavatli g‘ishtli binolarning zilzilabardoshligini oshirishdagi ETABS dasturiy ta’minoti asosida olingan nazariy ilmiy tadqiqot natijalari foydalanish uchun joriy qilingan (“O‘zog‘irsanoatloyiha instituti”AJ ning 2023-yil 1-fevraldagi №7/098- sonli ma’lumotnomasi). Bu natija ixtiyoriy konfiguratsiyadagi bino va inshootlarni zamonaviy ETABS kompleks hisoblash dasturida loyihalash va real zilzilalarning akselerogrammalari asosida binolarni seysmik kuch ta’siriga hisoblash natijadorligini ko‘rsatadi;
bino modellarini seysmik ta’sirlarga eksperimental sinash va dinamik xarakteristikalarini aniqlash usullari, g‘ishtli binolarning zilzilabardoshligini oshirish asosidagi tadqiqotlarda foydalanish uchun joriy qilingan (Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshidagi “Turin invest test” MChJning 2022-yil 24-avgustdagi dalolatnomasi). Bu o‘z navbatida binolarni modellashtirish asosida dinamik sinovlarga kam mablag‘ sarflab bir nechta variantlarda sinash imkoniyati samaradorligini belgilaydi;
seysmoizolyasiya elementlari yordamida kam qavatli g‘ishtli binolarning zilzilabardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy yangiligi, xulosalari va olingan ilmiy tadqiqot natijalari qurilish va loyihalash ishlari uchun joriy qilingan (Namangan viloyati qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasining 2022-yil 15-sentyabrdagi dalolatnomasi). Bu seysmoizolyasiya elementini qo‘llash orqali seysmik hududlarda quriladigan g‘ishtli binolarning zilzilabardoshligini oshirib, zilzila kuchini 18-22 foizga kamaytiradi;
aktiv seysmik himoya elementlari qo‘llanilgan kam qavatli g‘ishtli binoning konstruksiyalarida hosil bo‘ladigan tebranishlar darajasini aniqlash imkonini beruvchi hisoblash dasturi seysmik ta’sirlarga hisoblash ishlari uchun joriy etilgan (Namangan “Kommunalta’mirloyiha” MChJ ning 2021-yil 7-yanvardagi ma’lumotnomasi va Namangan “Kelajak-S” ko‘p tarmoqli xususiy korxonasining 2022-yil 22-iyundagi dalolatnomasi). Natijada loyihalash va hisoblash jarayonlariga sarflanadigan vaqtni 15% gacha tejalishiga erishilgan.