Abdieva Gulnora Alievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sindrom klinikasi va yurak ishemik kasalligining avj olib borishi patogenezida COVID-19», 14.00.05-Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1498.
Ilmiy raxbar: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Alyavi Anis Lyutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, akademik; Xusinova Shoira Akbarovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi metabolik sindrom va yurak ishemik kasalligining beqarorlashuvida COVID-19 ning patogenetik ahamiyatini o‘rganish, tashxis qo‘yishning molekulyar genetik mezonlarini, yurak-qon tomir asoratlarining prognozini va ushbu bemorlarni olib borish taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda metabolik sindrom fonida rivojlangan YuIKda lipid spektrining holati (aterogen indeksning o‘sishi, TG darajasi, zichligi yuqori lipoproteinlar (ZYuLP) konsentratsiyasining pasayishi) kasallikning prognozi va beqarorlashuvi xavfini baxolash uchun prognostik marker ekanligi aniklangan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda MS fonida rivojlangan YuIKning gemodinamik ko‘rsatkichlarining taxlili natijasida bemorlarda asosan chap qorincha geometrik modelining konsentrik turini ko‘proq uchrashi aniqlangan;
ilk bor COVID-19 va metabolik sindrom fonida YuIK bilan og‘rigan bemorlarda birinchi marta qandli diabetning rivojlanishi TCF7L2(rs12255372) va PPARG (rs1801282) genlarining T/T genotip polimorfizmi bilan yuqori bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor COVID-19 va YuIK mavjud bemorlarda NOS3 geni polimorfizmining T alleli va G/T genotipini tashuvchilarida MS rivojlanish xavfini yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
COVID-19 bilan kasallangan YuIK bilan og‘rigan bemorlarda molekulyar-genetik va klinik-biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
COVID-19 bilan og‘rigan metabolik sindrom fonida YuIKni klinik-genetik xususiyatlari va erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "COVID-19 bilan kasallangan shaxslarda metabolik sindrom fonida yurak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni olib borish" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 avgustdagi 8n-r/851-son
ma’lumotnomasi) Mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID-19 bilan og‘rigan metabolik sindrom fonida YuIK bor bemorlarni erta bosqichlarda aniqlash, yurak-qon tomir asoratlarini tashxislash va ularni olib borish taktikasini takomillashtirish imkonini bergan;
COVID-19 bilan og‘rigan metabolik sindrom fonida YuIKni bashorat qilish va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Yurak ishemik kasalliklarini metabolik sindrom fonida COVID-19 bo‘lgan shaxslarda davolashning optimallashtirish" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 avgustdagi 8n-r/852-son ma’lumotnomasi) Mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID-19 bilan og‘rigan metabolik sindrom fonida YuIK bor bemorlarni erta bosqichlarda davolash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan;
COVID-19 bilan og‘rigan metabolik sindrom fonida YuIKni kechishi xususiyatlari va erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni
saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati Oqdaryo va Urgut tibbiyot birlashmalarining sog‘lig‘ini saqlash amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 05 sentyabrdagi 08n-3/457-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi dislipidemiya va genetik omillar bilan bog‘liq xavf omillarining ta’sirini erta baholash orqali COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda MS ning rivojlanishi va YuIK ning beqarorlashishini erta taxmin qilish imkonini bergan.