Qayumov Xolmurod Nayimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reproduktiv yoshdagi ayollarning salomatligini yaxshilashda xalk tabobatini qo‘llanilishini optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ilmiy asoslash”, 14.00.41 - Xalq tabobati; 14.00.33 - Jamiyat salomatligi. Sog‘likni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Tib642.
Ilmiy maslahatchilar: Ergasheva Nargiza Obidjonovna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent, Rustamova Hamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Isakov Hayotillo, texnika fanlari doktori, professor; Brinza Natal`ya Semenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligini mustahkamlashda xalq tabobatining tashhislash, davolash va profilaktik usullarini qo‘llash holatini tahlil qilish va optimallashtirish borasida ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
reproduktiv yoshdagi ayollardagi surunkali vertebrogen kasalliklarni davolashda xalq tabobatining manual terapiya, akupunktura, xijoma va fitoterapiya (“Shifo” eritmasi) usullarini ushbu ketma- ketlikda qo‘llash umurtqalararo to‘qimada qon aylanishini yaxshilash, reproduktiv tizim faoliyatini oshirish, yallig‘lanishni kamaytirishi oqibatida  regeneratsiyani kuchaytirishi  va xalq tabobati xizmat usullarini qo‘llashni kengaytirish imkoniyati mavjudligi isbotlangan;
surunkali vertebrogen kasalliklarni akupunktura usulida davolashda mahalliy V24, V30, V54, VG3, VG4, PC74, periferik V37, V39, V40, V60, V63, VB30, VB34, VB36, VC4 va boshqa biologik faol nuqtalarni birgalikda kombinatsiyalarining tinchlantiruvchi usulning ikkinchi variantida elektrostimulyasiya qilish kuchli ogriksizlantiruvchi  va yalliglanishga karshi ta’sirga ega ekanligi isbotlangan;
tarkibi suli, dala choy va kashnichdan iborat “Shifo” tabiiy qo‘shilmasidan yuqori konsentratsiyali quyuq eritma tayyorlanib, ayollardagi vertebrogen kasalliklarni davolashda mahalliy qo‘llaniladigan surtma shakli yaratilib, uning mahalliy fitoterapevtik ta’siri aniqlangan;
vrach-mutaxassislarni o‘z faoliyatida xalq tabobati usullaridan foydalanishi, ko‘rsatilayotgan yordam hajmi va sifati asosida kompitentlik darajasi aniqlangan, zamonaviy menejment konsepsiyalari asosida xalq tabobati usullaridan foydalanishni doimiy takomillashtirish, yagona tartibga solish, tibbiy yordam sifatini oshirish, davolash protokollarini optimallashtirish uchun xalq tabobati mutaxassisining integratsion faoliyati asoslangan;
reproduktiv yoshdagi ayollardagi surunkali kasalliklar rivojlanishida tibbiy - biologik omillardan hayz boshlanish muddati, nikoh yoshi, tug‘ish yoshi, homiladorlik kechishi, davolashda xalq tabobatidan foydalanish, tibbiy ko‘riklarda faolligi, ijtimoiy-gigienik omillardan  turmush sharoiti, mehnat faoliyati sohasi kabi omillar yetakchi o‘rinlarni egallashi aniqlangan, qo‘llanilgan xalq tabobatining turli usullari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalaring joriy qilinishi. 
Reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligini yaxshilashda xalq tabobatini qo‘llanilishini optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ilmiy asoslashda olingan ilmiy natijalar asosida: 
reproduktiv yoshdagi ayollarning kasallanish darajasini aniqlash va shakllanish istiqbolini belgilash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Respublikaning arid zonasida yashovchi reproduktiv yoshdagi ayollarning kasallanish ehtimolligini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2022 yil 18 maydagi 8n-r/499-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma respublika arid zonasida yashaydigan reproduktiv yoshdagi ayollar kasallanish dajasi ehtimolligini aniqlashga, har bir ayol uchun induvidual profilaktik chora-tadbir ishlab chiqishga va salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon bergan;
davolash ishlarini olib borishda xalq tabobati usullarini zamonaviy sog‘likni saqlash tizimiga uyg‘unlashtirish imkonini bergan “Reproduktiv yoshdagi ayollarni davolashda xalq tabobati usullarini zamonaviy sog‘likni saqlash tizimiga uyg‘unlashtirish” usslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2022 yil 19 maydagi 8n-r/505-son ma’lumotnomasi). Mazkur usulubiy tavsiyanoma kasalliklar profilaktikasi va davosida zamonaviy usullar bilan birgalikda xalq tabobatining kasalliklarni oldini olishga va qaytalanmasligiga erishilishiga zamin yaratgan;
ilmiy tadqiqot natijalari sog‘likni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati Buxoro, Vobkent va Kogon tumanlari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2022 yil 13 iyundagi 8n-r/291-son ma’lumotnomasi). Zamonaviy konservativ davolash, fizioterapevtik va xalq tabobati usullari uyg‘unlashuvi asosida tibbiy yordam samaradorligi, davolash chora-tadbirlar natijalarining ta’sir etish muddati ortishi kuzatilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish