Odilova Dilnozaxon Barnayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari misolida)», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2083
Ilmiy rahbar: Xajiyev Baxtiyor Dushaboyevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Nabiyev Elshod Ganiyevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Kurolov Kobiljon Kulmanovich iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotga xizmat ko‘rsatish sohasini, hususan oliy ta’lim xizmatlarini integratsiyalashning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiyotning to‘rt sektorli tasnifiy modeli iqtisodiy faoliyatning moddiyligini pasayishi va xizmat ko‘rsatish sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati darajasini o‘sishi belgilariga ko‘ra takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra milliy innovatsion tizimda fan va ta’lim subektlari o‘rtasida ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan instrumentlar tizimi marketing, raqamli texnologiya, innovatsion faoliyatni motivatsiyalash, innovatsion madaniyat, biznes-hamjamiyatlarni innovatsion faoliyatga jalb etishning o‘zaro aloqalari majmui sifatida takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra milliy innovatsion tizimda yangi ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etishning virtual ta’lim klasteri modeli oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish drayveri sifatida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimi xizmatlarining milliy iqtisodiyot hamda yalpi xizmatlar hajmiga bo‘lgan ta’sirining ko‘p variantli ssenariylarga asoslangan 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
iqtisodiy faoliyatning moddiyligini pasayishi va xizmat ko‘rsatish sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati darajasini o‘sishi belgilariga ko‘ra, iqtisodiyotning to‘rt sektorli tasnifiy modeli oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Ekonomicheskaya teoriya” nomli o’quv qo’llanma tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-291-sonli nashr ruxsatnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida bo‘lajak mutaxassislarda iqtisodiyot tarmoqlarining zamonaviy yangi tasniflagichi hamda xizmatlar sohasining ahamiyati darajasining o‘sishi bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
milliy innovatsion tizimda fan va ta’lim subektlari o‘rtasida ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan instrumentlar tizimi marketing, raqamli texnologiya, innovatsion faoliyatni motivatsiyalash, innovatsion madaniyat, biznes-hamjamiyatlarni innovatsion faoliyatga jalb etishning o‘zaro aloqalari majmui sifatidagi uslubiy yondashuv oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Ekonomika” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356/7-350-sonli nashr ruxsatnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida bo‘lajak mutaxassislarda milliy innovatsion tizimda fan va ta’lim subektlari o‘rtasida strategik sheriklik aloqalari asosida ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan instrumentlar tizimi bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
milliy innovatsion tizimda yangi ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etishning virtual ta’lim klasteri modeli oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish drayveri sifatidagi uslubiy yondashuv oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Ekonomika” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356/7-350-sonli nashr ruxsatnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida bo‘lajak mutaxassislarda milliy innovatsion tizimda yangi ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etishning virtual ta’lim klasteri modeli bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tizimi xizmatlarining milliy iqtisodiyot hamda yalpi xizmatlar hajmiga bo‘lgan ta’sirining ko‘p variantli ssenariylarga asoslangan 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning istiqbolli dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 dekabrdagi 89-04-379-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim xizmatlarining milliy iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotini hamda yalpi xizmatlar hajmini o‘sishiga bo‘lgan ta’sirining uzoq muddatli istiqboldagi qiymatlarini o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.