Juliboy o‘g‘li Oybekning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion rivojlanish sharoitida turizm sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash jarayonlarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2703
Ilmiy rahbar: Turayev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01 
Rasmiy opponentlar: Mirzayev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizm sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat bozorining turizm sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda qo‘shimcha turizm ta’limini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib turizm, madaniy meros, muzeyshunoslik va arxeologiya sohalarida tadqiqot olib borayotgan olimlar o‘rtasida o‘zaro aloqani o‘rnatish, ma’lumotlar bilan doimiy almashish tizimini shaklantirishda www.silkroadscience.uz internet portalini tashkil etish afzalliklari dalillangan;
turizm sohasida bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha yaratilgan onlayn «tourism-jobs.uz» veb-platformasini takomillashtirish orqali ishga joylashishga ko‘maklashuvchi elektron tizimni joriy etish bo‘yicha takliflar ilmiy asoslangan;
turizm sohasidagi mutaxassislarning malakasini zamonaviy xalqaro talablar asosida oshirish imkonini beruvchi HoReCa (Hotel Restaurant Catering) akademiyasi va «Restavratsiya va arxeologiya sohasida mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash innovatsion o‘quv metodik markazi»ni tashkil etish afzalliklari asoslangan;
mamlakatimizda turistik-rekreatsion soha infratuzilmasining takomillashuvi, turizm sohasida inson kapitalining o‘sishi va rivojlanishi natijasida jami turistik oqim hajmining 2026 yilgacha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm sohasi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda qo‘shimcha turizm ta’limini rivojlantirish asosida turizm, madaniy meros, muzeyshinoslik va arxeologiya sohalarida tadqiqot olib borayotgan olimlar o‘rtasida o‘zaro aloqani o‘rnatish, ma’lumotlar bilan doimiy almashish tizimini shakllantirishda www.silkroadscience.uz internet portalini tashkil etish bo‘yicha taklif Turizm va sport vazirligining 2021-yil 2-noyabrdagi 723 ICh-sonli buyrug‘idagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi «Turizm, madaniy meros, muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5270 sonli qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023-yil 16-yanvardagi 04-18/235-sonli dalolatnomasi). Natijada «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xodimlar tomonidan internet portal yaratilgan hamda turizm sohasida mutaxassislar malakasi va ko‘nikmalariga bo‘lgan talabni xalqaro talablar asosida uzluksiz takomillashtirib borish va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash mumkin bo‘lgan;
turizm sohasida bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha yaratilgan onlayn «tourism-jobs.uz» veb-platformani takomillashtirish orqali joylashishiga ko‘maklashuvchi elektron tizimni joriy etish bo‘yicha taklif Turizm va sport vazirligining 2021-yil 2-noyabrdagi 723 ICh-sonli buyrug‘idagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi «Turizm, madaniy meros, muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5270 sonli qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023-yil 16-yanvardagi 04-18/235-sonli dalolatnomasi). Natijada mamlakatimizda turizm sohasida mutaxassislar bozoridagi talabni 100%ga qondirish bo‘yicha amaliy ishlar bajarilgan hamda kollej va texnikum bitiruvchilariga qo‘shimcha informatsion baza yaratilgan;
«Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshida HoReCa akademiyasi va «Restavratsiya va arxeologiya sohasida mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash innovatsion o‘quv metodik markazi»ni tashkil etishi bo‘yicha taklif Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 222 sonli “2022-2026 yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidagi nazorat rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023-yil 16-yanvardagi 04-18/235-sonli dalolatnomasi). Mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash asosida ularga professional ko‘nikma va bilim berish natijasida madaniy meros obyektlarni restavratsiya qilish va ularni saqlash samaradorligi 20%ga oshgan;
mamlakatimizda turistik-rekreatsion soha infratuzilmasining takomillashuvi, turizm sohasida inson kapitalining o‘sishi va rivojlanishi natijasida jami turistik oqim hajmining 2026-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari “Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «2022-2023 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023-yil 16-yanvardagi 04-18/235-sonli dalolatnomasi). Natijada turizm sohasida mutaxassislarni tayyorlash strategiyasini tuzish va istiqbolini prognozlash parametrlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish