Omonov Faxriddin Berdiyor o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reaktiv quvvatni rostlash qurilmasini ishlab chiqish asosida paxta tozalash korxonasining energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3334 
Ilmiy rahbar: Raxmonov Ikromjon Usmonovich, DSc, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Muzaffarov Shavkat Mansurovich texnika fanlari doktori, professor; Xaliknazarov Urolboy Abduraxmanovichlar tayinlansin. PhD, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tozalash korxonasi energiya samaradorligini reaktiv quvvat manbalarini rostlash qurilmasini ishlab chiqish va joriy etish asosida oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
paxta tozalash korxonasi qurilmalarining ishonchli ishlashida kuchlanishning nominal qiymatini ta’minlash uchun reaktiv quvvatni kontaksiz kuchlanish relelari yordamida rostlaydigan qurilma yaratilgan;
paxta tozalash korxonasida kompensatsiyalanuvchi reaktiv quvvatning optimal qiymatlari aktiv quvvat isrofining minimalligini ta’minlash asosida aniqlangan;
paxta tozalash korxonasining o‘zgaruvchan ish rejimida ishlovchi qurilmalarida rostlanuvchan reaktiv quvvat manbalarini qo‘llashning imitatsion modeli kuchlanishning nominal qiymatini ta’minlashni hisobga oligan holda ishlab chiqilgan;
reaktiv quvvatni avtomatik rostlash qurilmasi elementlarini tanlashda eng kichik xatolik mezonini hisobga olgan holda qurilma elementlarini tanlash va hisoblash usuli takomillashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxta tozalash korxonasi energiya samaradorligini reaktiv quvvatni rostlash qurilmasini ishlab chiqish asosida oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
reaktiv quvvatni kuchlanish bo‘yicha avtomatik rostlash qurilmasi “BCT Cluster Agrokompleks” paxta tozalash korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023-yil 13-fevraldagi №02/22-63 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kuchlanishning nominalligini ta’minlash asosida kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik yiliga 71295750 (yetmish bir million ikki yuz to‘qson besh ming yetti yuz ellik) so‘mni tashkil etgan; 
paxta tozalash korxonalarida reaktiv quvvatni avtomatik rostlash qurilmasi elementlarini tanlash va hisoblash algoritmi “BCT Cluster Agrokompleks” paxta tozalash korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023-yil 13-fevraldagi №02/22-63 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud hisoblash usullari bilan taqqoslanganda taklif etilgan usul hisoblash ishlari aniqligini 3% ga oshirish imkonini bergan;
paxta tozalash korxonalarida aktiv quvvat isrofining minimalligini ta’minlash modeli va algoritmi “BCT Cluster Agrokompleks” paxta tozalash korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023-yil 13-fevraldagi №02/22-63 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rilayotgan vaqt intervallari uchun elektr energiya isrofini
389,84 kVt·soatga kamaytirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish