Sultonova Kumush Ruzimurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Lagochilus inebrians Bunge o‘simligini in vitro sharoitda mikroklonal ko‘paytirish, saqlash va patogensiz ko‘chatlarini olish», 03.00.12 - Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B767.
Ilmiy rahbar: Qo‘shiyev Habibjon Hojiboboyevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Murodova Sayyora Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Toxirov Baxtiyor Baxshilloyevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: istiqbolli dorivor o‘simlik - Lagochilus inebrians Bungeni in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirish biotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk marta har-xil sharoitda (tabiiy, issiqxona va laboratoriya) o‘sishga moslashgan Lagochilus inebrians Bungeni biotexnologik (in vitro) ko‘paytirishning optimal sharoiti ishlab chiqilgan hamda ozuqa muhitidagi fitogormonlarning maksimal stimulyasion konsentratsiyasini optimal nisbatlari aniqlangan;
L.Inebriansni in vitro sharoitda mikroklonlash va rizogenez-organogenez jarayonlari intensivligini oshirish uchun Murasiga-Skuga ozuqa muhiti tarkibining optimal kombinatsiyasi ishlab chiqilgan;
in vitro sharoitida mikroklonlash uslubi yordamida olingan va tuproqqa ko‘chirib o‘tqazilgan L.Inebriansda transpiratsiya jarayoni hamda fotosintetik pigmentlar miqdori o‘zgarishiga ko‘ra adaptatsiya dinamikasi aniqlangan; 
Lagochilus inebrians Bungening biotexnologik usullar asosida yaratilgan patogensiz ko‘chatlari tuproqqa ko‘chirib o‘tqazish asosida optimal sharoit tanlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Lagochilus inebrians Bungening farmakologik xususiyatlari va mikroklonlash hamda olingan patogensiz ko‘chatlarini mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
in vitro sharoitida yetishtirilgan Lagochilus inebrians Bungening patogensiz ko‘chatlaridan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani “Uyshun tong zamini” fermer xo‘jaligining bo‘z tuproqli dalalariga ekilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 12 oktyabrdagi 07/27-04/7427-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaligining ekin maydonlarida Lagochilus inebrians Bunge dorivor o‘simligining ko‘chatzorlarini tashkil qilish imkonini bergan; 
L.Inebriansning in vitro sharoitida olingan patogensiz ko‘chatlari Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Bog‘bon” in vitro laboratoriyasi asosida amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 12 oktabrdagi 07/27-04/7427-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Bog‘bon” agrokompleksi issiqxonasida Lagochilus inebrians Bunge dorivor o‘simligining ko‘chatzori tashkil etish va rentabellik darajasini 25% oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish