Seydabullaeva Nargiza Tangirbergenovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda siyosiy kommunikatsiyaning rivojlanish tendensiyalari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ss291.
Ilmiy rahbar: Bayrieva Almagul Kurbanovna, siyosiy fanlar doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Baxodir Xojikurbonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Isanova Gulbaxor Taxirovna, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda siyosiy kommunikatsiyaning rivojlanish tendensiyalarini baholash hamda ularning jamiyat va davlat taraqqiyotiga ta’siri yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
jamiyat  modernizatsiyasi sharoitida “xalq bilan muloqot” mexanizmi siyosiy muloqotning muhim kanali sifatida kompetentlik boshqaruviga erishish va  jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan;
milliy manfaatlarni ruyobga chiqarishda davlat organlari rahbarlari faoliyatining shaffofligini doimiy ravishda ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar bilan doimiy muloqot kanallarini yo‘lga qo‘yish zaruriyati takomillashtirilgan; 
siyosiy kommunikatsiyaning ta’sir qilish darajasi jamiyatda, shaxsda shakllangan siyosiy ong, madaniyat, tafakkurning darajasiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, uning real hayotda aks etishiga va siyosiy immunitetni shakllantirishga asos bo‘lishi isbotlangan; 
ta’lim soxasida ma’naviy-mafkuraviy masalalarni targ‘ib qilish va mediata’limning samaralarini oshirish orqali yoshlarni siyosiy jarayonlarni to‘g‘ri anglashlariga erishish ilmiy asoslantirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda siyosiy kommunikatsiyaning rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida olingan  xulosa va takliflar asosida: 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning hal qilinishi hamda yoshlarni siyosiy jarayonlarni ongli anglashlari va sog‘lom turmush tarziga erishishlari maqsadida ma’naviy-mafkuraviy masalalarni targ‘ib qilish va mediata’limning samaralarini uzluksiz tarzda oshirib borishga oid tavsiyalari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil uchun yo‘l xaritasiga kiritilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 22 noyabrdagi 01/13-307-1-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy-nazariy xulosa bugungi kunda respublikada bu boradagi muammolarning ilmiy asosga tayanib, ijobiy hal qilinishiga hissa qo‘shmoqda;
demokratik jamiyatning muhim omillaridan bo‘lgan fuqarolarning fuqarolik pozisiyasi, siyosiy ongi, madaniyati darajasi jamiyatda siyosiy kommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanish darajasiga proporsionalligi bois markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida siyosiy bahslar, jamiyatdagi siyosiy jarayonlarga sharhlar va siyosiy axborotlar beruvchi ko‘rsatuv va eshittirishlar soni hamda sifatini oshirishga oid tavsiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi faoliyatida foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi majlisining 2021 yil 27 dekabrdagi 9-sonli bayonnomasi). Natijada, mazkur taklif ushbu yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligini oshirishga hissa qo‘shgan; 
jamiyat  modernizatsiyasi sharoitida “xalq bilan muloqot” mexanizmi siyosiy muloqotning muhim kanali sifatida kompetentlik boshqaruviga erishishni takomillashtirishga, shuningdek, milliy manfaatlarni ruyobga chiqarishda davlat organlari rahbarlari faoliyatining shaffofligini doimiy ravishda ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar bilan doimiy muloqot kanallarini yo‘lga qo‘yishga oid taklif va tavsiyalar O`zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan 2022 yil  fevraldagi 3-sonli chora tadbirlar dasturining 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O`zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2021yil 27 dekabrdagi 01-31/291-sonli dalolatnomasi). Natijada, O`zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan partiya faoliyatini rivojlantirishda, targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida qo‘llanilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish