Ibatova Amira Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida non va non mahsulotlari bilan bog‘liq lug‘aviy birliklar tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2376.
Ilmiy rahbar: Abdiyev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03. 
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘rayeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek tilida non va non mahsulotlari bilan bog‘liq leksemalarning o‘ziga xos lingvistik xususiyatlarini, jumladan, soha leksikasining sistem-struktur, lingvokulturologik hamda konseptual xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek xalqining milliy an’ana va qadriyatlarini aks ettiruvchi non va non mahsulotlari bilan bog‘liq non sindirish, non tishlatish, patirjedi kabi etnografizmlari, noni butun, nonini yarimta qilmoq, non ko‘r qilmoq singari frazeologizmlarining ma’nolari lingvokulturologik tomondan asoslangan;
non va non mahsulotlari terminlaridan novvoy, zuvalachi, kunjutli, jizzali leksemalari affiksatsiya, novvoyxona, unxona, noniosiyo esa kompozisiya, yupqa, shapati kabilar semantik usulda yasalganligi dalillangan;
non va non mahsulotlari bilan bog‘liq leksemalar yigirmadan ortiq mikroguruhlarga bo‘linib, ularning giponimik, partonimik, graduonimik, sinonimik, antonimik munosabatlari hamda lingvokulturologik, konseptual xususiyatlari ochib berilgan.
non va non mahsulotlari terminlarini qo‘llashdagi chalkashliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berilib, sohaning terminologik apparati shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining non va non mahsulotlari bilan bog‘liq lug‘aviy birliklar tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
non va non mahsulotlari terminlaridan novvoy, zuvalachi, kunjutli, jizzali leksemalari affiksatsiya, novvoyxona, unxona, noniosiyo esa kompozisiya, yupqa, shapati kabilar semantik usulda yasalganligiga doir fikr-mulohazalardan 2017-2020-yillarda bajarilgan A-F1-GOO3-raqamli “Qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQBning 2021-yil 11-oktabrdagi 284/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tiliga xos non bilan bog‘liq lug‘aviy birliklari hosil bo‘lishining o‘ziga xos jihatlari leksikologiyada o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, tadqiqotda nonga xos lug‘aviy birliklarning affiksatsiya usuli bilan yasalishi ancha unumdor ekanligi ko‘rsatib berilgan. Shu jihatdan o‘zbek nonlari nomlanishi hududlarga xos xususiyatlari bilan xilma-xilligi ilmiy va amaliy jihatdan ko‘rsatib berilgan;
non va non mahsulotlari bilan bog‘liq leksemalar yigirmadan ortiq mikroguruhlarga bo‘linib, ularning giponimik, partonimik, graduonimik, sinonimik, antonimik munosabatlari hamda lingvokulturologik, konseptual xususiyatlarining qo‘llanishiga oid materiallar xulosa va tavsiyalaridan 2021-2022- yillarda bajarilgan PZ-2019062124-raqamli “Tabiiy dekontaminantlardan foydalanib ommaviy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik texnologiya institutining 2022-yil 9-fevraldagi ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari novvoychilik terminlari asosida o‘zbek tili terminlarining boyish yo‘llari ochib berilgan, hamda o‘zbek tilida non va non mahsulotlari bilan bog‘liq terminlarning paydo bo‘lish tarixi va amalda qo‘llanishiga doir bildirilgan fikrlardan non va non mahsulotlarini ishlab chiqarishda terminlarning muqobil variantini tanlashda qo‘llanishiga oid materiallardan Buxoro muhandislik texnologiya instituti 70720101 – Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari) bo‘yicha magistratura mutaxassisligi uchun “Mahsulot sifati va raqobatbardoshligini boshqarish” nomli modulini tayyorlashda foydalanilgan;
o‘zbek xalqining milliy an’ana va qadriyatlarini aks ettiruvchi non va non mahsulotlari bilan bog‘liq non sindirish, non tishlatish, patirjedi kabi etnografizmlari, noni butun, nonini yarimta qilmoq, non ko‘r qilmoq singari frazeologizmlarini to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash orqali ta’lim tizimini yaxshilash tavsiyalaridan 2015-2017-yillarda bajarilgan A-1-057-raqamli “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini modulli o‘qitishda pedagoglarni kompetentli tayyorlashning psixologik-pedagogik asoslari” mavzusidagi amaliy davlat granti tadqiqotida foydalanilgan (Muhammad-al Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialining 2021-yil 16-noyabrdagi 638/0101-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilida non bilan bog‘liq lug‘aviy birliklar tadqiqi materiallaridan dialektik yondashuv asosida talabalarning tanlangan mutaxassisliklari bo‘yicha soha terminlarini to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish orqali ta’lim sifatining oshirilishiga erishilgan;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limida tashkil etilgan “Sadoqat” ijodiy to‘garagi faoliyatida ushbu tadqiqotning xalq tarixining boy merosini o‘zida mujassam etgan non va u bilan bog‘liq leksemalarni xalq og‘zaki va badiiy asarlarda qo‘llanishining mazmuni doirasida ularning lingvistik mohiyati milliy mafkura g‘oyalari bilan singdirilganligi bo‘yicha berilgan xulosalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limining 2022-yil 18-yanvardagi 08-son ma’lumotnomasi). Natijalardan xalq tarixining boy merosini o‘zida mujassam etgan non bilan bog‘liq leksemalar badiiy nutq hamda so‘zlashuv nutqida qo‘llanishi ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etgan;
non va non mahsulotlari terminlarini qo‘llashdagi chalkashliklarni bartaraf etish yuzasidan berilgan tavsiyalar, non va non mahsulotlari bilan bog‘liq lug‘aviy birliklar, jumladan, novvoy, obi non, shirmoy non, ko‘mach, kulcha, xamir, zuvala singari terminlarning o‘zbek milliy terminologiyasida ifodalanishi, hamda unga oid nazariy va amaliy xulosalaridan kelajakda tilshunoslik hamda oziq-ovqat sanoati, o‘zbek tilida non bilan bog‘liq lug‘aviy birliklar tadqiqi bo‘yicha amaliy va nazariy xulosalari, tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri “Master media production and broadcast” ma’suliyati cheklangan jamiyatining “STV”.uz sayti tomonidan reportaj tayyorlashda foydalanilgan va natijalarga erishilgan (O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri “Master media production and broadcast” ma’suliyati cheklangan jamiyatining “STV”.uz sayti 2021-yil 27-sentabrdagi 27/09-son ma’lumotnomasi). Natijada non va non mahsulotlariga oid ko‘plab leksemalarning izohlari mukammallashgan. Ushbular asosida reportaj tayyorlanib, “STV”.uz sayti elektron platformalarida namoyish etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish