Djurakulova Elmira Suyunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shoyim Bo‘tayev romanlarida sujet va kompozision yaxlitlik”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1950.
Ilmiy rahbar: Nasirov Azimidin Normamatovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Damin To‘rayev, filologiya fanlari doktori, professor; Islomjon Yoqubov, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shoyim Bo‘tayev romanlari poetikasini zamonaviy o‘zbek nasrida o‘ziga xosligi, tasvir va talqindagi ijodiy o‘zgarishlar natijasida sujet va kompozisiyada yuzaga chiqish holatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sujet va kompozisiya yaxlitligini ta’minlashdagi ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy singari hayotiy va xarakterlararo ziddiyatlar hamda shahar, qishloq, xona, yo‘l, yil, oy, kun kabi xronotoplarning badiiy obraz evolyusiyasidagi ma’naviy evrilish, tushkinlik, quvonch, baxsizlik kabi individual xususiyatlari asoslangan;
Shoyim Bo‘tayev ijodiy konsepsiyasida yuzaga kelgan qahramon ruhiyati, intellekti, mehr, oqibat, muhabbat kabi umuminsoniy qadriyatlar, e’tiqodsizlik, ishonchsizlik, befarqlik singari muammolar mohiyati Murtoza, Hotam, Qulmahmud kabi zamonaviy obrazlar va oy, shox, sayg‘oq singari timsollar vositasida dalillangan;
romandagi mifopoetik tafakkur chegarasining kengayishi, psixologik tahlilning ijodiy mayl asosi ekanligi, yozuvchining falsafiy - estetik idrok olami va badiiy talqinlaridan biri bo‘lib, muallif va kitobxon o‘rtasidagi haqqoniylik, emotsionallik tomonlari ochib berilgan;
“Qo‘rg‘onlangan oy”, “Shox” romanlarida kompozision yaxlitlikni yuzaga keltiruvchi epigraf, peyzaj, portretlarning xarakterlarni yuzaga chiqaruvchi muhim omil ekanligi hamda obrazlarda mujassamlashgan yovuzlik, ezgulik, yaxshilik kabi tushunchalarining milliy qadriyatlar asosida yoritilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek nasrida sujet va kompozision yaxlitlik sintezi hodisasini talqin etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
syujet va kompozisiya yaxlitligini ta’minlashdagi ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy singari hayotiy va xarakterlararo ziddiyatlar hamda shahar, qishloq, xona, yo‘l, yil, oy, kun kabi xronotoplarning badiiy obraz evolyusiyasidagi ma’naviy evrilish, tushkinlik, quvonch, baxsizlik kabi individual xususiyatlari haqidagi xulosalaridan 2012-2016-yillarda bajarilgan FA-F1-G002raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQBning 2021-yil 11-noyabrdagi 17.01/26-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qaraqalpog‘iston bo‘limi Qaroqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning ilmiy salohiyati oshishiga erishilgan;
Shoyim Bo‘tayev ijodiy konsepsiyasida yuzaga kelgan qahramon ruhiyati, intellekti, mehr, oqibat, muhabbat kabi umuminsoniy qadriyatlar, e’tiqodsizlik, ishonchsizlik, befarqlik singari muammolar mohiyati Murtoza, Hotam, Qulmahmud kabi zamonaviy obrazlar va oy, shox, sayg‘oq singari timsollar vositasida dalillanganligi haqidagi xulosalardan 2017-2020 - yillarda amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021-yil 3-dekabrdagi 17.01/293-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
romandagi mifopoetik tafakkur chegarasining kengayishi, psixologik tahlilning ijodiy mayl asosi ekanligi, yozuvchining falsafiy-estetik idrok olami va badiiy talqinlaridan biri bo‘lib, muallif va kitobxon o‘rtasidagi haqqoniylik, emotsionallik kabi ilmiy qarashlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy badiiy eshittirishlar” muharririyati ijodkorlari manbalar asosida “Adabiy jarayon”, “Bedorlik” (2020-yil 17-avgust, 2021-yil 28-oktabr, 2022-yil 09-sentabr va 7-oktabr) eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali” telekanali davlat muaasasasining 2022-yil 25-oktyabrdagi 02-04-1779-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv va eshittirishlarning rang-barng va ommoviyligi ta’minlangan;
“Qo‘rg‘onlangan oy”, “Shox” romanlarida kompozision yaxlitlikni yuzaga keltiruvchi epigraf, peyzaj, portretlarning xarakterlarni yuzaga chiqaruvchi muhim omil ekanligi hamda obrazlarda mujassamlashgan yovuzlik, ezgulik, yaxshilik kabi tushunchalarining milliy qadriyatlar asosida yoritilishi badiiy ijod jarayoni, adabiy jarayon bilan bog‘liq kategoriya ekanligi haqidagi tahlillardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Onajonim she’riyat” to‘garagi faoliyatida, adabiy kechalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 22-iyundagi 01-03/816-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar yosh ijodkorlarning Shoyim Bo‘tayev asarlarini teranroq anglashlariga, tasavvurlarini kengaytirishda foydalanilgan.