Kayumov Nodir Nayimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fors-tojik adabiyotida tashxis san’atining tarixiy shakllanish tamoyillari va uning nazariy xususiyatlari” (Qadimgi davrdan XII asrgacha), 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1974.
Ilmiy rahbar: Hamroev Jumaqul, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Misbohiddin Mahmudzoda Narziqul, filologiya fanlari doktori, professor; Muxibova Ulfatxon Uchqunovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tashxis san’atining nazariy va poetik xususiyatlari, shakllanish tarixi va rivojlanish omillari, shakliy va mazmuniy jihatlari, shuningdek, qadimgi Eron xalqlari adabiyoti va fors-tojik mumtoz she’riyatining badiiy tuzilishidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashxis san’ati antropomorfik, totemistik, animistik va allegorik qarashlar natijasida shakllanganligi, bu san’at ibtidoiy insonlarning tabiatga, uni o‘rab turgan muhitga nisbatan qarashlari natijasida vujudga kelganligi isbotlangan. 
nazariy poetikada tashxis san’ati istiora, majoz va tashbih san’atining maxsus bir turi sifatida qayd etilgan, ishda tashxisning mazkur so‘z san’atlaridan butunlay farqlanishi va bu san’at jahon adabiyoshunosligida mavjud personifikatsiya, jonlantirish, intoq kabi so‘z san’atlarining maxsus shakli ekanligi asoslangan.
 “Avesto” kitobining badiiy tuzilishida tashxis asosiy tasvir vositasi ekanligi, u orqali tabiat unsurlari, moddiy jismlar, mavhum tushunchalar, hayvonot va o‘simlik olami vakillari inson qiyofasiga kirib, Mitra, Tishtar, Ozar, Haum kabi ta’sirchan va xayoliy obrazlar yaratilganligi dalillangan. 
 tashxis san’ati Somoniylar va G‘aznaviylar davri shoirlari ijodida tabiat manzaralarini tasvirlash, sharob tayyorlash jarayoni badiiy talqini hamda qadimgi davr adabiyotining badiiy obrazlar yaratish an’analarini davom ettirish uchun qo‘llanilganligi ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fors-tojik poeziyasida tashxis san’atining tarixiy shakllanish tamoyillari, nazariy masalalari va mumtoz she’riyatda tashxis san’atining qo‘llanish omillarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tashxis san’ati antropomorfik, totemistik, animistik va allegorik qarashlar natijasida shakllanganligi, bu san’at ibtidoiy insonlarning tabiatga, uni o‘rab turgan muhitga nisbatan qarashlari natijasida vujudga kelganini isbotlab o‘tilganligi, nazariy poetikada tashxis san’ati istiora, majoz va tashbih san’atining maxsus bir turi sifatida qayd etilgani, ishda tashxisning mazkur so‘z san’atlaridan butunlay farqlanishi va bu san’at jahon adabiyoshunosligida mavjud personifikatsiya, jonlantirish, intoq kabi so‘z san’atlarining maxsus shakli ekanligi to‘g‘risidagi asoslangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qaraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 17-iyundagi 17-01/185-son ma’lumotnomasi). Natijada tashxis san’atining jahon adabiyoti va xalq og‘zaki ijodida shakllanish omillari ko‘rsatilgan, jonlantirish san’atining shakllanish jarayonida miflar va eroniy xalqlarning qadimiy yozma manbalari kontekstida tahlil qilinganligi badiiy obrazlar yaratilishida tashxis san’atining o‘rnini aniqlash imkonini bergan;
“Avesto” kitobining badiiy tuzilishida tashxis asosiy tasvir vositasi ekanligi, u orqali tabiat unsurlari, moddiy jismlar, mavhum tushunchalar, hayvonot va o‘simlik olami vakillari inson qiyofasiga kirib, Mitra, Tishtar, Ozar, Haum kabi ta’sirchan va xayoliy obrazlar yaratilganligi, tashxis san’ati Somoniylar va G‘aznaviylar davri shoirlari ijodida tabiat manzaralarini tasvirlash, sharob tayyorlash jarayoni badiiy talqini hamda qadimgi davr adabiyotining badiiy obrazlar yaratish an’analarini davom ettirish uchun qo‘llanilganligi dalillangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qaraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 17-iyundagi 17-01/185-son ma’lumotnomasi). Natijalar eroniy xalqlar adabiyotida vujudga kelgan asotir va miflarning mazmun va mundarijasi, mumtoz poetikada tashxis orqali yaratilgan badiiy timsollarning xususiyatlari va mohiyatini o‘rganish imkonini bergan;
Ro‘dakiy “Modari may” qasidasini ijod qilishi orqali may-sharob tayyorlash an’anasiga asos solganligi, keyinchalik mazkur badiiy uslub Bashshor Marg‘aziy, Farruxiy va Manuchehriy asarlarida ijodiy yondashuv asosida davom ettirilib, adabiy maktabga aylanganiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalining “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Ranginkamon” turkumidagi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda Sharq mumtoz she’riyatidagi yuksak g‘oyaviy mazmun, ta’lim va tarbiyaga yo‘naltirilgan mavzular va nuktalarni tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali davlat unitar korxonasining 2022-yil 10-oktyabrdagi 04-36-1700-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, hamda tamoshobinlarni tojik mumtoz she’riyati bilan tanishtirishda, ma’naviy-axloqiy, badiiy-estetik bilimlarini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish