Jamahmatov Karomiddin Aynillo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hoji Muhammad Shahdiy devonining tarkibi va badiiyati”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1597.
Ilmiy rahbar: Abdullayev Ramazon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Vosieva Ruxshona Qurbonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Muhammadiev Ahadxon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Hoji Muhammad Shahdiyning hayoti, uning davr adabiy muhitida tutgan o‘rni, shoir lirik devonining kompozision tuzilishi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, she’riyatidagi diniy-irfoniy talqinlar, o‘zbekcha g‘azallaridagi orifona talqinlarini hamda uning an’anaviy va novatorlik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Amir Umarxon hukmronligi davrida Qo‘qon adabiy muhitida fors-tojik adabiyotining shakllanishi, genezisi, siyosiy-tarixiy va madaniy-ijtimoiy shart-sharoitlari, Istaravshan adabiy havzasida klassik adabiyot tendensiyalari va bu adabiy jarayonda Hoji Muhammad Shahdiyning ijodkorlik maqomi ochib berilgan; 
Shahdiy lirik devonining kompozision tuzilishi va tarkibi, devonda g‘azal, soqiynoma, muxammas, mustazod, masnaviy turkumidagi lirik janrlar xususiyatlari, ularning g‘oyaviy mundarijasi, shoirning badiiy timsollar yaratishdagi mahorati aniqlangan; 
shoir ijodidagi forscha va o‘zbekcha g‘azallarning irfoniy-badiiy sintezi, bu borada Xoja Ahmad Yassaviy, Xojanazar Huvaydo, Muhyi Qo‘qandiy, G‘oziy ijodlaridan ta’sirlanganligi va shoirning individual mahorati isbotlangan;
Shahdiy lirikasida islomiy-irfoniy g‘oyalarning o‘rni, peyzaj tasvirida so‘fiyona qarashlarining uyg‘unligi, Quron oyatlari mazmunini g‘azallarida iqtibos va talmeh etganligi, poyetik vositalar orqali Muhammad alayhissalom va tariqat peshvolarining siymosini tasvirlagani, shuningdek “Sangi siyoh” ramzida ruhiy holatini ko‘rsatib berilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Qo‘qon adabiy muhiti hamda shoir Shahdiyning ijodiy merosini tadqiq etish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
Amir Umarxon hukmronligi davrida Qo‘qon adabiy muhitida fors-tojik adabiyotining shakllanishi, genezisi, siyosiy-tarixiy va madaniy-ijtimoiy shart-sharoitlari, Istaravshan adabiy havzasida klassik adabiyot tendensiyalari va bu adabiy jarayonda Hoji Muhammad Shahdiyning ijodkorlik maqomi ochib berilganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 2018–2020-yillar mobaynida bajarilgan
P3-20170925213: “O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qo‘lyozma devonlar katalogini tuzish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining 2021-yil 15-iyuldagi 457-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir qator mumtoz Sharq adabiyoti namoyandalari adabiy merosini o‘rganish, she’riy devon nusxalari sonini aniqlash, adabiy manbalarni tavsiflash va ularni tadqiq etishga yo‘l ochilgan;
shoir ijodidagi forscha va o‘zbekcha g‘azallarning irfoniy-badiiy sintezi, bu borada Xoja Ahmad Yassaviy, Xojanazar Huvaydo, Muhyi Qo‘qandiy, G‘oziy ijodlaridan ta’sirlanganligi taqqoslangan va shoirning individual mahorati isbotlab berilganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017–2020-yillarda loyiha doirasida bajarilgan 
OT-FI-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik (7 jild) monografiya mazmuniga singdirilgan (Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining OT-FI-030-son ma’lumotnomasi). Natijada, Amir Umarxon davrida vujudga kelgan bir qator adabiy an’analar va ularning badiiy ahamiyati, shoirlar o‘rtasidagi ilmiy-adabiy aloqalar shuningdek, tasavvuf ahli bo‘lgan ijodkorlar merosi haqidagi ma’lumotlarni kengaytirishga erishilgan; 
Shahdiy lirik devonining kompozision tuzilishi va tarkibi, devonda g‘azal, soqiynoma, muxammas, mustazod, masnaviy turkumidagi lirik janrlar xususiyatlari, ularning g‘oyaviy mundarijasi, shoirning badiiy timsollar yaratishdagi mahoratiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021-yil 29-oktyabrdagi 01-13-1694-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, muxlislarning mumtoz she’riyatimiz haqidagi ma’lumotlarini kengaytirishga, ma’naviy-axloqiy, badiiy-estetik bilimlarini oshirishga erishilgan;
Shahdiy lirikasida islomiy-irfoniy g‘oyalarning o‘rni, peyzaj tasvirida so‘fiyona qarashlarining uyg‘unligi, Quron oyatlari mazmunini g‘azallarida iqtibos va talmeh etganligi, poyetik vositalar orqali Muhammad alayhissalom va tariqat peshvolarining siymosini tasvirlagani shuningdek “Sangi siyoh” ramzida ruhiy holatini ko‘rsatib berilganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlangan “Buyuk Termiziylar” rukni ostidagi “So‘fi Ollohyor”, “Xoja Samandar Termiziy”, “Adib Sobir Termiziy” nomli risolalar mazmuniga singdirilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-yil 1-avgustdagi 01.07-154-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiya mavzusidagi xulosalar va takliflaridan allomalar merosini chuqur tadqiq etish, Sharqda yaratilgan nazmiy asarlar asosida tasavvuf ta’limotining badiiy timsollarini o‘rganish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish