Umurzoqov Bahriddin Safarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: «Aliy Safiy Hiraviyning «Rashahot» asari: matn tarixi, tarjimalari, manbashunoslik va germenevtik tadqiqi»,10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Fil264.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Islomov Zohidjon Mahmudovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rahimov Komiljon Rahmatovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Aliy Safiy Hiraviyning asarlari ro‘yxatini qayta shakllantirish, «Rashahot ayn al-hayot» («Hayot bulog‘idan tomchilar») asari mo‘’tabar qo‘lyozmalarini, asar tarjimasi qo‘lyozmalarini tadqiq etish, asarning qadimiy nusxalari matni bilan Eron nashri matnini o‘zaro chog‘ishtirish, «Rashahot» avtografi va nodir nusxalari asosida asarning mukammal ilmiy matnini tayyorlash, «Rashahot»ning badiiy jihatdan e’tiborga loyiq ijod namunasi sifatida sharq mumtoz adabiyoti va tasavvuf manbalari orasida tutgan o‘ziga xos o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Aliy Safiyning faoliyati va ilmiy-adabiy merosiga doir yangi ma’lumotlar topilib, «Faxriy» taxallusi bilan ham ijod qilgani, mohir xattot bo‘lgani dalillangan hamda uning shu kungacha ma’lum bo‘lmagan asari - «Tuhfa-i Xoniy» («Sulton Xoniyga tuhfa)» qo‘lyozmasi, «Deh» (ato qil) radifli g‘azali ilmiy muomalaga kiritilgan;
xorij (Turkiya) hamda yurtimiz (O‘zR FAShI) elektron-kutubxonalarida berilgan «Rashahot» asarining elektron-tavsiflariga ko‘ra mavjud xatoliklar ko‘rsatilgan hamda «Rashahot» asarining chet el kutubxonalaridan (Eron, Turkiya, Misr, Hindiston, Fransiya, AQSh) 14 ta yangi qo‘lyozmasi aniqlanib, asar avtografi matnini tasdiqlaydigan yangi nodir qo‘lyozma topishga erishilgan;
«Rashahot»ning ilmiy-tanqidiy matni (A.A. Mu’iyniyon, 1977) asar avtografi hamda boshqa nodir qo‘lyozmalari bilan qiyoslanib, mazkur Tehron nashrining asar avtografi matniga muvofiq emasligi isbotlangan;
«Rashahot» tarkibidagi manzumalarda she’riy san’atlar, nasriy o‘rinlarda esa balog‘at va fasohat, saj’ning barcha turlari muvaffaqiyatli qo‘llangani jihatidan asarning badiiy jihatdan yuksak darajadagi ijod namunasi ekanligi, Aliy Safiyning adabiy va she’riy san’atlar borasida yuksak iste’dod egasi bo‘lgani isbotlangan;
«Rashahot» matni yaralish tarixiga ko‘ra asar yozilishi jarayonida eng ko‘p qaysi manbaning ta’siri bo‘lgan, degan muammoning ilmiy yechimi ochiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aliy Safiyning faoliyati, ilmiy-adabiy merosi va uning «Rashahot» asarining manbashunoslik va germenevtik tadqiqi, ijodkorning badiiy mahoratini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
«Rashahot» asarining yangi aniqlangan qo‘lyozmalari tavsiflari va tadqiqi bilan bog‘lik ilmiy tadqiqot natijalaridan PZ-20170920167 «Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan toshbosma asarlarning elektron katalogini yaratish va nashrga tayyorlash» amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi FAning 2020 yilning 13-yanvardagi 3/1255-101-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘zR FA Davlat Adabiyot muzeyi fondidagi tasavvufiy, jumladan «Rashahot» asarining bosma nusxalarini samarali ilmiy tavsif qilishga va Davlat Adabiyot muzeyi fondidagi bosma kitoblar katalogini nashrga tayyorlashga xizmat qilgan;
«Rashahot» tarjimalarining til xususiyatlari va matn tuzish an’analariga doir ma’lumotlar va natijalaridan OT-F1-71 raqamli «Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etno-lingvistik vaziyat (2017-2020)» mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9-dekabridagi 89-03-5140-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdagi ma’lumotlar Markaziy Osiyo bo‘yicha yozma manbalardagi ma’lumotlar va ularning mintaqa adabiy jarayonlariga ta’siri, o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda kechgan etnik jarayonlar, sharq tillarining o‘zaro ta’siri va turkiy tilda matn tuzish an’analarining shakllanishi kabi masalalarni yoritib berishga xizmat qilgan;
«Rashahot» asarining xorij fondlaridagi qo‘lyozmalari tavsiflari tadqiqi bilan bog‘lik ilmiy tadqiqot natijalaridan BA-1-047 raqamli «Termizlik allomalar asarlari katalogini tayyorlash va nashr qilish» amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi FAning 2020 yilning 13-yanvardagi №3/1255-101-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dissertatsiya natijalari va ma’lumotlari O‘zbekiston qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan termizlik olimlar (umumiy hisobda 34 nafar) asarlari qo‘lyozmalarining nusxalarini tavsiflashda, mazkur qo‘lyozmalarni matnshunoslik va manbashunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etishda, termizlik allomalar asarlari nusxalari matnlarini qiyosiy-tekstologik tahlil etishda qo‘l kelgan hamda loyiha ishining samarali bo‘lishiga xizmat qilgan;
«Rashahot» nusxalarini tavsiflash va nodir qo‘lyozmalari matnlarini o‘rganishga doir ma’lumotlar va natijalaridan PZ-20170930393 raqamli «Alisher Navoiyning «G‘aroyib us-sig‘ar» devonidagi g‘azallarning o‘zbek va ingliz tillarida ilmiy izoh va sharhlarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9-dekabridagi 89-03-5140-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot ma’lumotlari va natijalari Navoiy ijodiga oid qo‘lyozma asarlar nusxalarini tavsiflash va g‘azaliyot qo‘lyozma nusxalari matnini o‘rganishga va nashrga tayyorlash ishida yordamchi manba bo‘lib xizmat qilgan;
tadqiqotning «Rashahot» tarjimalari qo‘lyozmalari, asar manzumalari va Xojagon tariqati asos-qoidalarining germenevtik tadqiqiga doir ilmiy ma’lumotlaridan, «Rashahot» asarining qadimiy nusxalari tadqiqi ilmiy tahlili natijalaridan O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining «Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi 2017 yil 11 iyuldagi F-4988-son Farmoyishining ijrosi yuzasidan Buxoro shahrida barpo etilgan Xoja Muhammad Bahouddin ziyoratgohi majmuasi ilmiy-tadqiqot markazi ishlarini samarali yuritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning 2022 yil 26 iyuldagi 02-06/6013-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchining naqshbandiya tariqati asos-qoidalari talqinlariga doir ilmiy kuzatishlari mazkur ilmiy-tadqiqot markazi pavilonlarida foto-ekspozisiya ishlari hamda qo‘lyozma manbalarga oid materiallar ko‘rgazmalarining yuqori samaradorlini ta’minlagan va yoshlarimizni milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularga ajdodimiz ishlaridan faxrlanish imkonini bergan;
«Rashahot» asarining matn tarixi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, tadqiqotchi tomonidan nashr etilgan monografiyalardagi ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashrga tayyorlangan «Movarounnahrlik o‘n mutasavvif» turkumidagi risolalarni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 29-iyulidagi 01/146-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ilmiy natijalarining amaliyotda qo‘llanilishi keng jamoatchilikda yurtimiz tasavvuf tarixi, tariqatlar hamda ular namoyandalarining tasavvufiy-axloqiy qarashlari, tasavvufning bugungi kunda yosh avlod tarbiyasidagi amaliy ahamiyati haqidagi tushunchalarning to‘laqonli va ijobiy tomonga shakllanishiga imkon yaratgan; 
Xojagon tariqatiga doir ma’lumotlar, Xojagon mashoyixlari hikmatlari hamda asardagi manzuma (she’r)larning o‘ziga xosligi va ularning manbalari, talqinlari yuzasidan olingan xulosalardan «Madaniyat va ma’rifat» telekanalida efirga uzatilgan «Buxorolik yetti pir» maxsus teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda, «Mahalla» radiokanalida efirga uzatilgan «Ma’rifiy suhbatlar» turkum eshittirishlarida foydalanilgan va takroriy efir sifatida foydalangan (O‘zbekiston milliy tele-radiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» davlat unitar korxonasining 2020 yil 16-sentyabrdagi 01-40/860-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularnining ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan, radio-eshituvchilarga sharq adabiyotida keng tarqalgan ma’naviy-axloqiy va tasavvufiy yo‘nalishdagi asarlar mazmun-mohiyati, xususan, efir orqali xalqimiz o‘rtasida tariximizning mumtoz jihatlarini, sharqona va milliy qadriyatlarimizni ta’sirchan, keng targ‘ibot qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish