Maxmudova Diyora Jamol qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Arab tilida morfologik usulda so‘z yasalishi”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1291.
Ilmiy rahbar: Shomusarov Shorustam Giyazovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Akmalxonov Akmalxon Ahmadjon o‘g‘li, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arab tilida morfologik usul bilan ot, sifat va sifatdoshlarning yasalishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arab tili leksikasining ichki imkoniyatlar asosidagi rivojida affiksal so‘z yasalish o‘rni asoslanib, arab tilshunosligida so‘z yasalishining 3 bosqichi (1-bosqich VIII-IX asrlar; 2-bosqich IX-XIX asrlar; 3-bosqich XIX asrdan hozirga qadar) aniqlangan;
arab tilida ismlarning yasalishida affikslar ishtirokida hosil bo‘luvchi 72 ta so‘z yasovchi modellarning borligi, ulardan 35 tasi prefiks, 13 tasi infiks, 16 tasi suffiks, 6 tasi transfiks, 2 tasi sirkumfiks ishtirokida yasalgani dalillangan;
arab tilida infikslarning 4 ta (فعيل fa’īl, فاعل fā’il, فعال fi’āl, فاعول fā’ūl), transfikslarning 4 ta (فَعَل fa’al, فُعْل fu’l, فِعْل fi’l, فُعُل fu’ul) omonimik qatori mavjud ekani hamda so‘z yasovchi 14 xil model (فَاعِلٌ fā’il va فَعِيلٌ fā’īl, فَاعِلٌ fā’il va فَعُولٌ fa’ūl, فَعُولٌ fa’ūl va فَعِلٌ fā’il, فَعَلٌ fa’l va مَفْعُولٌ maf’ūl, فِعْلٌ fi’l va مَفْعُولٌ maf’ūl, فَعُولٌ fa’ūl va مَفْعُولٌ maf’ūl, فَعِيلٌ fā’il va مَفْعُولٌ maf’ūl) sinonimlik xususiyatiga egaligi isbotlangan;
so‘z yasash jarayonida affiks vazifasini bajarib keluvchi 5 ta harfdan alif, mīm, yā sermahsul, hamza va wāw kammahsul so‘z yasovchi affiks ekanligi va ular vositasida so‘z yasalayotgandaالإعلال al-’i’lāl – “illatli harflar mutatsiyasi”, الإمالة al-’imālah – “palatalizatsiya”, urg‘uning ko‘chishi, الحذف al-hazf – “eliziya”, النقل al-naql – “qisqa unlilar metatezasi”, الإدغام al-’idghām – “assimilyasiya” kabi 6 xil morfonologik o‘zgarish sodir bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arab tilida morfologik usulda so‘z yasalishi tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
arab tili leksikasining ichki imkoniyatlar asosida affiksal so‘z yasalishi o‘rni, arab tilshunosligida so‘z yasalishining tadqiq qilish bosqichlari, xususan, milodiy X asrdan boshlab Movarounnahr va Xuroson tilshunoslari: Zamaxshariy, Sakkokiy, Azhariy, Jurjoniy, Amir Xoqoniy, Amir Ubaydullaxon kabi olimlarning arab tilida so‘z yasalishi borasida bildirgan ilmiy qarashlari tadqiqiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan ma’lumotlar va ilmiy tadqiqotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-yil 7-sentyabrdagi 02/435-son ma’lumotnomasi). Natijada, musulmon dunyosi buyuk mutafakkirlarining merosini o‘rganish bo‘yicha yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etishga yordam bergan;
arab tilida morfologik usulda so‘z yasalishi, so‘z yasalishida morfologik vositalarning qo‘llanishiga oid tahliliy fikrlari va xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot” va “Millat va ma’naviyat” radioeshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022-yil 16-fevraldagi 04-36-389-son ma’lumotnomasi). Natijada arab tilidagi so‘z yasash usullari va modellari haqidagi ma’lumotlar radioeshittirishlar ta’sirchanligi va xalqchilligini oshirishga xizmat qilgan.
arab tilida prefiksatsiya, infiksatsiya, suffiksatsiya, transfiksatsiya va sirkumfikatsiya usullarida ismlarning yasalishiga oid tahliliy fikrlari va xulosalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali muntazam efir setkasidan o‘rin olgan ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil 19-oktabrdagi 02-06-1759-son ma’lumotnomasi). Natijada arab tilidagi so‘z yasashning affiksal usuli va uning modellari haqidagi ma’lumotlar “Taqdimot” ko‘rsatuvi ta’sirchanligi va xalqchilligini oshirishga xizmat qilgan.