Abdurasulov Abdullajon Abdukarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida OTMlarda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etishning zamonaviy tashkiliy-pedagogik asoslari”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1634.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03. 
Rasmiy opponentlar: Choriev Ruzimurat Kungratovich, pedagogika fanlari doktori; Narzullaev Nozimjon Sobirjonovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Oliy ta’lim muassasalarida korporativ boshqaruv tizimini joriy etishning ilmiy-pedagogik jihatlari va ta’lim menejmentini optimal variantlariga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida tashkiliy boshqaruv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari tarbiyaviy munosabatlar va rahbarlik uslublari, ta’lim muassasalarining tashkiliy tuzilishi, strategik boshqaruv va rejalashtirish, personalni boshqarish oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash kabi maqsadli yondashuvlarning funksional aloqadorligini konsentrli strukturalash asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida rahbar-xodimlar boshqaruvining funksional jihatlari o‘zlashtirish, mehnat unumdorligiga erishish, ishga mas’uliyat bilan yondashish, jamoani maqsad sari yo‘naltira olish, ta’lim muassasasi boshqaruvini ichki va tashqi o‘zgarishlarga moslashtirishgan optimal innovatsion yangiliklarni joriy etish barqarorligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarini boshqarishning taksonomik darajalari ta’lim muammolarini hal qilish orqali ijtimoiy, shaxsiy va kasbiy vakolatlarni ta’minlashga qaratilgan murabbiylar va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning pedagogik jarayonlariga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarini korporativ boshqarish mexanizmlari ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni oshirish, motivatsion-qiymat, kognitiv-prakseologik, emotsional-protsessual, kognitiv-integral kabi tarkibiy qismlari bilan kasbiy faoliyat jarayonida bilim va ko‘nikmalarni oshirish natijasida shakllanadigan kasbiy kompetensiya darajasini intensiv rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida OTMlarda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etishning zamonaviy tashkiliy-pedagogik asoslari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida tashkiliy boshqaruv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari tarbiyaviy munosabatlar va raxbarlik uslublari, ta’lim muassasalarining tashkiliy tuzilishi, strategik boshqaruv va rejalashtirish, personalni boshqarish oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash kabi maqsadli yondashuvlarning funksional aloqadorligini konsentrli strukturalash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan “Ta’limda korporativ boshqaruv” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 12 dekabrdagi 02/01-01-102-son ma’lumotnomasi). Natijada,O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida oliy ta’lim muassasalarining tashkiliy boshqaruv tuzilmasining mavjud holati, tamoyillari va o‘ziga xoc xususiyatlarini tahlil qilish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida rahbar-xodimlar boshqaruvining funksional jihatlari o‘zlashtirish, mehnat unumdorligiga erishish, ishga mas’uliyat bilan yondashish, jamoani maqsad sari yo‘naltira olish, ta’lim muassasasi boshqaruvini ichki va tashqi o‘zgarishlarga moslashtirishgan optimal innovatsion yangiliklarni joriy etish barqarorligini xisobga olish asosida takomillashtirilgan oid taklif va tavsiyalardan “Ta’limda korporativ boshqaruv” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 12 dekabrdagi 02/01-01-102-son ma’lumotnomasi). Natijada OTMlarda boshqaruviga innovatsion yondashuvni olib kirish va korporativ boshqaruv modeliga o‘tish zaruratini ilmiy-pedagogik jihatdan asoslash imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarini boshqarishning taksonomik darajalari ta’lim muammolarini hal qilish orqali ijtimoiy, shaxsiy va kasbiy vakolatlarni ta’minlashga qaratilgan murabbiylar va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir ko‘rsatisshning pedagogik jarayonlariga ustivorlik berish asosida aniqlashtirishga hamda oliy ta’lim muassasalarini korporativ boshqarish mexanizmlari ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni oshirish, motivatsion-qiymat, kognitiv-prakseologik, emotsional-protsessual, kognitiv-integral kabi tarkibiy qismlari bilan kasbiy faoliyat jarayonida bilim va ko‘nikmalarni oshirish natijasida shakllanadigan kasbiy kompetensiya darajasini intensiv rivojlantirish asosida takomillashtirishga doir takliflardan 2018-2020 yillarda bajarilgan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Vazirligi tomonidan olingan PZ-2017093020 raqamli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 19 iyuldagi 02-07-1912/04-son dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimidagi ma’muriy-byurokratik boshqaruv usulidan vorisiylik tamoyili asosida korporativ boshqaruvga o‘tishning istiqboldagi vazifalarini tahlil qilishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish